просмотров
Birinchi elektron soatlar - 1972-yil
Dunyodagi birinchi elektron soatlar unvonini Hamilton Watch Comany ishlab chiqargan Pulsar Time Computer qurilmasi egallagan. Bu qurilma 1972-yilda ishlab chiqarilgan. Ishlab chiqaruvchi kompaniya qurilmaga bergan nomning o'zidayoq uning cho'ntak kopyuteri ekanligini bildirgan. 1972-yil uchun bu texnologik jarayonlarning yuqori bosqichi edi. Albatta, bunday soatlarning narxi osmonda - 2100$, o'sha davrdagi oddiy avtomobil qiymatiga teng bo'lgan. Bu soatlar omma e'tiborida juda mashhur bo'lgan, hatto kinomatografiyada ham undan foydalanishgan - "Jeyms Bond" filmida Bond bilagida Pulsar Time Computerni ko'z-ko'z qilgan.
Ehtimol bugungi kundagi eng ommabop elektron soat - Casio G Shock. Ular zarbga qarshi, suvdan yaxshi muhofazalangan va ko'plab funksiyalarga ega: bir necha soat aylanalari, sekundomer, orqaga hisoblash taymeri, Oy fazali kalendar, ko'payib borish va orqaga qaytish. Ba'zi zamonaviy modellar kompyuterga Bluetooth orqali ulanishi mumkin.
Сообщения из Facebook