23,536
просмотров
просмотров
Ko’p odamlar uchun taom tayyorlash jarayoni – bu ancha kuch va vaqtni egallaydigan harakatdir. Lekin bugungi kunda uy bekasining oshxonadagi hayotini ancha yengillashtiradigan bir qancha foydali uskunalar mavjud.
Taom tayyorlash jarayonini ancha yengillashtiruvchi bir nechta qiziqarli oshxona jihozlari.
Bu quvnoq narsalar yordamida anchagina vaqtni tejash mumkin va sevimli taomlar tayyorlanishi jarayonini yengil va oson qilish, hamda bir varakayiga oshxonani xilma-xil yorqin rangli uskunalar va aksessuarlar bilan jihozlash ham mumkin.
1. Tuxumlar uchun separator
Tuxum sarig’ini oqidan xilma-xil hayvonchalar ko’rinishidagi quvnoq separatorlar yordamida ajratish mumkin.
Ko’pincha turli xil taomlar retseptlari tuxum sarig’i va oqini alohida ishlatilishini talab qiladi. Ingredientlarni bir-biridan tezroq ajratish uchun, maxsus ovqat uchun ishlatiladigan rezinali separatorlardan foydalanish mumkin.
Pushti rang cho’chqacha shaklidagi tuxum sarig’ini oqidan ajratuvchi separator.
Bu xilma-xil rangdagi baliqchalar, qurbaqalar va cho’chqachalar shaklidagi uskunalar shunchaki tuxum sarig’ini so’rib oladi, va keyinchalik uni tovoqchaga “tuflaydi”.
2. Taxta-transformer
Moslashuvchan biqinli oshxona taxtachasi – mahsulotlarni maydalash va darrov pishirishga yuboradigan ajoyib uskuna.
Agar taom tayyorlash jarayoni mahsulotlar maydalanib, darhol tovaga yoki idishga uzatilishini talab qilsa, oshxonada bukiladigan biqinli taxta-transformer juda yaxshi uskuna bo’la oladi. U maydalangan mahsulotlarni biron bo’lakchasini yiqitmasdan solishga imkon beradi.
3. Ko’kat uchun qaychi
Bir nechta qichoqli maxsus qaychi ko’katni maydalash vazifasini tezgina o’tashga yordam beradi.
Ko’k piyoz, ukrop, petrushka va boshqa o’tlarni oddiy pichoq bilan maydalash unchalik qulay emas. Maxsus qaychilar esa, ko’p sonli lezviyalari borligi sababli, sevimli taomlarni bezash va ta’mini yaxshilash uchun darhol maydalab bera oladi.
Maxsus qaychilar yordamida ko’k piyozni, ukrop, petrushka va boshqa o’tlarni tog’ridan-to’g’ri tovoqcha yoki tova ustida maydalash mumkin.
Shuningdek, ular ishlatish uchun juda qulay: ko’katlarni to’g’ridan-to’g’ri, taxtachani ishlatmasdan, tovoq, yoki tova ustida maydalasa bo’ladi.
4. Axlat idishli taxta
Maydalash uchun maxsus axlat uchun idishli taxta – oshxonani iflos qilmasdan ovqat tayyorlashning ajoyib imkoniyati.
Oziq-ovqat chiqindilari uchun maxsus konteynerli maydalash taxtasi ingredientlarni maydalash va axlatlarni bir joyga to’plashga imkon beradi. Bunday uskuna bilan tayyorlash uchun vaqt ham tejaladi, hamda oshxona deyarli toza saqlanadi.
5. Damlash chashkalari
Damlash chashkalari zerikarli choynaklarsiz toza choyni rohat bilan ichishga yordam beradi.
Ko’p odamlar bargli choyni paketlangan choydan ko’ra ko’proq xush ko’rishadi, chunki zavarka doimo ancha boy ta'mli’va hidli bo’ladi. Ammo damlanadigan choyning muammosi – har doim ham to’lig’icha chashka tubida turmaydigan barglarida. Lekin zavarka uchun maxsus bo’limli idish yaratildi, va u muammoni butunlay yechib beradi hamda sevimli ichimlik bilan erkin rohatlanishingizga qulay sharoit yaratadi.
Сообщения из Facebook