просмотров
Ba'zida shunday tuyiladiki yomon bo'lib qolgan narsalarni qutqarib bo'lmaydigandek. Lekin bunday holatlardan qutilib qolish uchun bir oz tajriba kerak bo'ladi.
Odam.uz sahifasi sizga yomon bo'lib qolgan narsalarni qayta ishlaydigan qilishingiz uchun bir necha ma'lumotlar yig'ib qoygan.
Saqich va muz
Jinsi matolarga yopishib qolgan saqichni olib tashlash juda ham oson. Buning siz muz bo'lakchasini saqich tushib ketmaguncha ustiga qo'yib turishingiz kerak. Bundan keyin saqich osonlikcha tushib ketadi.
Kola va zang
Zangni hech qanday urinishlarsiz ham yo'q qilish mumkin. Bular uchun sizga kola va bir necha vaqt kerak bo'ladi. Zanglab qolgan asbobni kola quyilgan idishga solib 24 soat kuting va zang yo'q bo'lib yangiday bo'lib qoladi.
Aerozol va etiketka
Idishlarda qolib ketgan etiketlar g'ashiga tegmaydigan odamni topish qiyin menimcha. Buni ketqazish oson, buning uchun "yopishqoqning" ustiga WD-40ni surting, keyin esa idishni yaxshilab gupkada ishqalang. Bunday keyin idishni shunchaki yuvib tashlang.
Uksus va dush
Agar suv dushning teshikchalarida yaxshi oqmayotgan bo'lsa demak teshikchalarda izvestok yig'ilmalari qolib ketgan. Buni 90% li sirka bilan olib tashlasa bo'ladi. Idishga sirkani quyib ichiga dushni solib qo'ying va 2 soatlardan olib tashlasangiz ham bo'ladi.
Nevidimka va yomon bo'lib qolgan sviter
Sviterdagi bilmasdan chiqib ketgan ipni nevidimka zakolkasi bilan to'g'irlasa bo'ladi. Shunchaki zakolka quloqchasi bilan ipni ilib uni sviterni ichki tomonidan chiqarasiz.
Aerozol va markerdan qolib ketgan izlar
Kojali divanlardan marker chiziqlarini o'sha WD-40da olib tashlash mumkin. Aerozolni chiziq ustiga sepib oddiy lattada artib tashlash mumkin. Bundan keyin WD-40ning izlarini oddiy suvda ketkazib yuborsa bo'ladi.
Rezina lentasi va chiqib ketgan shlits
Samorezni shlits bilan birga burab chiqarish uchun bizga rezina lentasi yordam beradi. Uni samorez ustiga qoyib, so'ngra sekinlik bilan kerak bo'lmagan qotirgichni olib tashlang.
Kalitlar uchun bo'lgan uzukcha va yopilmaydigan kiyim molniyasi
Hamma biladiki jinsi shimining molniyasi doyimo ochilib ketadigan hususiyatiga ega. Bunday hol bo'lmasligi uchun molniya taqadiganiga kalitlar uzukchasini taqib tugmachaga ilib qo'ying. Molniya taqilganidan keyin uzukcha ko'rinmay qoladi.
Termoo'tkizgich trubkachasi va yomon bo'lib ketgan sim
Quvvat qurilmalarining ingichka simlari ko'pchiliklarda yomon bo'lib ketadi. Doyim bukilib yomon bo'lib ketgan simning usti qismini kesib tashlab ustiga termoo'tkizgichni sim ustiga joylashtiring. Shundan keyin trubkachani sim bilan bir hil bo'lmaguncha fen bilan qizdirib turing.
Tuz, sirka va zanglamas idishlar ustidagi dog'lar.
Hattoki zanglamas idishlarga yaxahi etibor qaratmasa bu idishlarda ham dog'lar paydo bo'ladi. Ularni olib tashlash qiyin emas: boshlanishiga ustki qismiga tuz sepasiz keyin 9% li sirka quyasiz. Endi gubka bilan yaxshilab ishqalash qoldi, Shundan keyin qozon va boshqa idishlaringiz yangiday bo'ladi.
Plastik butilka va lampochkadan qolib ketgan tsokol
Patronda qolib ketgan tsokolni olib tashlashga bizga oddiy plastik butilka yordam beradi. Butilka bo'ynichasini olovda ozgina kuydirib tiqilib qolgan tsokolga joylashtirasiz. Bundan keyin plastmas joylashvoladi va lampochkaning qolib ketgan qismini osonlikcha olib tashlash mimkin bo'ladi.
Сообщения из Facebook