Har yili yozda dunyoning turli burchaklarida katta talafotlar keltirayotgan hamda yuzlab odamlarning umriga zomin bo’layotgan kuchli o’rmon yo’ng’inlari sodir bo’lmoqda. Joriy 2017 yilda haddan tashqari jazirama issiq hamda odamlarning ehtiyotsizliklari tufayli rekord darajadagi o’rmon yong’inlari ro’y berdi.
1.Amerikaning Kaliforniya shtatida bu yili oxirgi paytlardagi eng kuchli o’rmon yong’ini sodir bo’ldi – bir hafta davomida 630 ta joyda o’t chiqdi.
2.O’rmonchilarning aytishlariga qaraganda, usbu hududda 14 ming gektar o’rmon yonmoqda.
3.Yong’inlarni havoning yuqori haqorati va namgarchilikning kamligi keltirib chiqargan.
4. Ba’zi hududlarda favqulodda holat rejimi e’lon qilingan.
5.16 ta turar joy binolari yong’indan zararlangan.
6.2017 yil 11 iyul kuni Kaliforniyada ro’y bergan yong’in.
7. Buryatiya o’t o’chiruvchilari mana ikkinchi oydirki yong’in bilan kurashib, uni o’chirishga harakat qilib kelmoqdalar.
8.FVV (MCHS) ning bergan ma’lumotlariga qaraganda, yong’in ikki ming gektar o’rmon hududini qurshab olgan, mintaqada favqulodda vaziyat holati e’lon qilingan.
9.Oxirgi yog’ingarchilik fevral oyida kuzatilgan Italiyaning janubi ham olov qurshovida qoldi.
10.Vezuviy vulqonining yonbag’irlarini ham olov qamrab oldi. Italiyaning OAV ning xabar berishlaricha, yong’inlarning bir qismi – yer maydonlari uchun kurash olib borayotgan mahalliy jinoiy guruhlar tomonidan atayin yondirilgan.
11.Frantsiyadagi o’rmonlar ham olov qurshovida qoldi. Frantsiya FVV yong’inni bartaraf etishga bor kuchini sarfladi. Ushbu vazirlikning xabar berishicha, yong’in kelib chiqishiga o’chirilmagan sigareta qoldig’i sabab bo’lgan.
12.Portugaliyaning ham to’rtta hududida iyun oyining oxirlarida anomal darajadagi issiq sababli kuchli o’rmon yong’inlari sodir bo’lgan.
13.Politsiya bergan ma’lumotlarga qaraganda, 60 nafar odam qurbon bo’lgan.
14.Xorvatiyada kelib chiqgan o’rmon yong’inlari sababli mahalliy aholi hamda turistlar xavfsiz joylarga ko’chirilmoqda.
15. Huddi shunday holat Chernogoriyada ham kuzatildi.
Сообщения из Facebook