просмотров
"Bitta obrazda maksimal 3 ta rang"
Stilistlar bir-birini to'ldiruvchi ranglarni yoki qo'shni ranglarni birlashtirishni maslahat berishadi va har bir obraz uchun ranglar 3 tadan oshmasligi kerak. Ammo agar sizda ishda qat'iy kiyinish sharti bo'lmasa, unda siz o'zingizni ranglarda cheklamasligingiz kerak. Siz rang-barang kiyim kiyishingiz mumkin, eng asosiysi ranglar o'rtasidagi muvozanat va uyg'unlikni topa olishingizdir.
So’nggi yillarda bir qancha ranglarni mohirona birlashtirish rangli bloklar uslubi yana mashhur bo'lib kelmoqda - uning tarafdorlari 4-5 yoki undan ham ko’proq rangni muvaffaqiyatli birlashtiradilar. Ko’rib turganingizdek ushbu fotosuratlardagi obrazlarning hech birini didsizlik deb bo'lmaydi.
“Sportga mo’ljallangan kiyimlar faqatgina sport uchun”
Ilgari krossovkalar, futbolkalar va sport shimlarida mashq qilish o'rinli edi, shuning uchun ularda faqat sport zalda yoki stadionda paydo bo'lishardi. Ammo sport uslubining elementlari uzoq vaqtdan beri kundalik kiyimlar javoniga ko'chib kelmoqda.
Krossovka va kedalarni ko'ylaklar bilan osonlikcha uyg’unlashtirish mumkin. Bunday ajoyib obrazda ish joylariga va hatto uchrashuvlarga ham borishingiz mumkin. Olimpika yoki bomber kabi ustki kiyimni jinsi yoki yubka bilan uyg’unlashtirish orqali casual uslubining zamonaviy ko'rinishiga ega bo’lasiz.
“Turli naqsh va chiziqlarni bir obrazda uyg’unlashtirish mumkin emas”
Bitta obraz ichida turli xil printlar va bezaklarni birlashtirish butun bir san'atdir. Ehtimol, shuning uchun bu qoida taqiqlar orasida bo'lgan. Zamonaviy moda qiyofani turli xil uslubdagi naqshlar bilan birlashtirishga imkon beradi, asosiysi uni to'g'ri va did bilan tanlanganida.
Mumkin kombinatsiyalarga misollar: leopard va "no'xat"li print, chiziqlar va kataklar aralashmasi, geometrik naqshlar va gullar. Shu bilan birga, bir yo'nalishdagi printni aralashtirmaslik yaxshiroqdir. Masalan, bitta kiyimdagi "leopard" va "zebra" printini “visual” idrok etish qiyin bo'ladi.
Chiziqlar va gullar printi bir-biri bilan juda yaxshi uyg’unlashadi.
“Oyoq kiyim va sumka bir hil rangda bo’lishi”
Bu eng eskirgan moda tamoyillaridan biri: poyabzal va sumkalar bir xil rangda bo'lishi kerak .Endi ushbu qoidani xaqli tarzda buzish mumkin. Narsaning uyg'un ko'rinishi va uslubga mos kelishi kifoya.
Poyabzal va sumka bir hil rangda bo’lishi shart emas.
Yosh va jinsga oid stereotiplar
Mikki Sichqonchali futbolkani faqat bolalik va o'spirinlik davrida kiyish joizdir, 40 yoshdan keyin mini yubkalar va kalta ustki kiyimlar bu didsizlik va beadablikning belgisi, pushti futbolkada erkak kishi kulgili ko'rinadi. Bu odamlar tomonidan o'rnatilgan stereotiplarning kichik bir qismidir. Hozir modada deyarli hech qanday cheklovlar yo'q. Multfilm qahramonlari bo'lgan kiyimlarni bolalar ham, kattalar ham kiyishlari mumkin. Har qanday yoshdagi ayol ishonchli tarzda qisqaroq yubkada yurishi mumkin. Erkaklar o’zidagi erkalik hususiyatlarini saqlab pushti ko’ylak kiyishlari ham mumkin.
Сообщения из Facebook