просмотров
Ayrim ota-onalar esa o’z farzandlariga bolalikdanoq bir necha xorijiy tillarni o’rgatishga harakat qilishadi. Zero, til bilish kishi dunyoqarashini kengaytiradi, til o’rganish asnosida kishida ushbu xalq tarihi, madaniyati va turmush tarziga bo’lgan qiziqish ortib, bilim olishga ishtiyoq yanada kuchayadi. Til o’rganishning bunday muhim jihatlarini bolakayga qay yo’l bilan tushuntirish mumkin? Uni horijiy tillarga qiziqtirish uchun nimalarga ahamiyat qaratish kerak?
Farzandingiz til o’rganishdan bosh tortishi – uni o’z holiga tashlab qo’yish uchun yetarli sabab bo’la olmaydi. Bordi-yu bolada qo’shimcha darslar va boshqa mashg’ulotlarga qiziqish sezilmasa, uni o’zingiz qiziqtirishga urinib ko’ring. Buning uchun bolangizga biror matndan qiziqarli parcha o’qib bering yoki shu tilda biror o’yin o’ynashni taklif eting. O’yin mobaynida uni xorijiy tildagi notanish so’zlar bilan tanishtirib, farzandingizga shaxsiy namuna ko’rsating va bu so’zlarni tez-tez takrorlab turing.
Ko’pchilik ota-onalar bolalarni o’z tengdoshlari bilan solishtirishga harakat qilib, ularni o’qishga undamoqchi bo’lishadi. Ammo, bunday sharoitda bolada ishtiyoq emas, faqatgina tushkunlik hissining paydo bo’lishiga olib keladi. Yodda tuting, sizning farzandingiz boshqalar kabi emas, u turfa qiziqishlar va o’ta keng bo’lmasa-da, rivojlanish ostonasidagi dunyoqarash sohibi. Har inson bir xil bo’lmaganidek, bir bola hech qachon ikkinchisi kabi bo’la olmaydi. Bu holatda sizning vazifangiz- uni jazolash emas, maqtash orqali ishtiyoqini o’stirib borishdan iborat.
Farzandingizning yoshi biroz kattaroq bo’lsa, unga til o’rganishning foydali jihatlari haqida so’zlab berish tavsiya etiladi. Uning eshitayotgan musiqalari yoki kompyuter o’yinlari ham chet tilida ekanligi orqali uni til o’rganish ishqiboziga aylantirib qo’yish hech gap emas. Horijiy tillarda multfilmlar tomosha qilish ham farzandingizga yaxshi ko’mak berishi mumkin.
Til o’rganishni nacha yoshdan boshlagan ma’qul?
Bu borada pedagoglar, lingvistlar va ruhshunoslar fikri turlicha, shu bois, ularning har biri mashg’ulot, avvalo, bolaning o’ziga yoqishi kerak deya ta’kidlaydilar. Mashg’ulotlar davomida turli ertaklar, tez aytish va topishmoqlardan foydalansangiz nur usiga a’lo nur.
Сообщения из Facebook