просмотров
Birlashgan Millatlar Tashkilotida atigi oltita rasmiy til mavjud: ingliz, fransuz, arab, xitoy, rus va ispan tili.
Murrey daryosining o’zanida yashovchi Avstraliyalik aborigenlarning tilida 1 soni“enea” deyiladi, 2 soni “petjeval” deyiladi, 5 soni esa sakkizta turli ibora bilan aytish mumkin, masalan “petjeval petjeval enea”.
Dunyodagi eng hajmli so’z “mamihlapinatapai” so’zi. U tahminan “buni qilishga moyil bo’lmagan lekin ikkala tomon uchun zarur narsani amalga oshirishni ikki tomondan biri taklif etishini kutish ilinji bilan bir biriga qarab turish” ma’nosini anglatadi.
Arab tilida so’zning boshida, o’rtasida va oxirida yozilishi turlicha bo’lgan 28 harf, ivritda – 5 harf, grek tilida bitta harf bor. Qolgan tillarda bunday harflar yo’q.
Sanalarning belgilashdagi AD bilan BC qisqartmalari Anno Domini (Iso Masih tug’ilishidan buyon) va Before Christ (Iso Masih tug’ilishidan avval) ma’nosini bildiradi.
Kubada “yangi rus”lar “masetos” deyiladi.
“Absurd” so’zi lotinchadan tarjima qilinganida “garangdan” ma’nosini anglatadi (ab surdo).
“Quyosh tutilishi” lotin tilida “defectus solis” bo’ladi.
Rojdestvo bayramining inglizcha qisqartma nomlanishi “Xmas” birinchi o’rinda lotincha “Iks” harfi emas, grekcha “xi” harfini ishlatiladi. U o’rta asrlardagi qo’lyozmalarda “Xristos” so’zining qisqartmasi sifatida ishlatilgan.
Papua Yangi Gvineya aholisi deyarli 700 tilda muloqot qiladilar (bu dunyo tillarning tahminan 15 foizini tashkil etadi). Ushbu tillar orasida qishloqlararo muloqot uchun ishlatiladigan mahalliy shevalar mavjud.
1940 yilda Dmitriy Nikolaevich Ushakov redaksiyasi ostida chop etilgan izohli lug’atda “Figli-migli” so’zi izohlab berilgan: «...rus tilida har qanday hazillar, takalluf ko’rsatgan, tinmay ko’z qisgan holda biror maqsadni ko’zlab xushomadgo’ylk qilish”ni anglatadi deyilgan.
Burjbelgilarining nomlanishi lotin tilida quyidagicha aytiladi: Dalv - Akvarius, Baliq - Pistses, Oven - Aries, Sigir - Tavrus, Egizaklar - Gemini, Qisqichbaqa- Kantser, Sher - Leo, Sunbula - Virgo, Tarozi - Libra, Chayon - Skorpius, O’qotar - Sagittarius, Tog’ echkisi - Kaprikornus.
“Ermitaj” fransuz tilidan tarjima qilinganida “yolg’iz qolish joyi”ni anglatadi.
“Zolushka” multfilmi polyak tilida “Kopciusezek” deyiladi.
“Simpozium” lotin tilidan tarjima qilinganida “birgalikda (xudo yo’liga) ichkilik ichish”degani demakdir.
Barcha alifbolarda bugungi kunga qadar saqlanib qolgan eng qadimiy harflardan biri –“O” harfi.
Dunyodagi eng uzun palindrom (ya’ni, o’ngi ham teskarisi ham bir hil o’qiladigan) so’z finn tilining “saippuakivikauppias” so’zi. U “shoyi sotuvchi savdogar” ma’nosini bildiradi
Rus tiliga Nikolay Mixaylovich Karamzin “sanoat” so’zini, Mixail Evgrafovich Saltykov-Shedrin- “landavur” so’zini, Fyodor Mixaylovich Dostoevskiy esa – “xaspo’shlanmoq”so’zini olib kirib kelganlar.
Afrika qit’asida mingdan ortiqroq turli tillar mavjud. Shimoliy Afrikadagi berberlar qabilasining tilida esa xatto yozuv shakli ham yo’q.
Akan qabilasida xafta kunining nomlari quyidagicha aytiladi: djuda, beneda, munuda, yauda, fida, meneneda va kvasida.
Xitoy yozuvida “qiyinchilik, ko’ngilsizlik” ma’nosini anglatuvchi ieroglif bir tom ostidagi ikki ayol shaklida namoyon bo’ladi.
Almost (deyarli)– ingliz tilida alifbo tartibi bo’yicha joylashgan so’zlar ichidagi eng uzuni.
Fors tilidan kelib chiqqan “pijama” bilan “chemodan” so’zlarining o’zagi bir hil (“pi-joma”,“jomadon”).
Kyurasao orolining nomlanishi ispan tilidan so’zma-so’z tarjima qilinganida “qovurilgan ruhoniy” (cura asado) ma’nosini bildiradi.
Rus tiliga “bezdar"” (ist’edodsiz) so’zini shoir Igor Severyanin olib kirgan.
Qadimiy Misrda o’rikni “quyosh tuhumi” deyilgan.
Salom so’zi filippin tilida “mabuxay” deb jaranglaydi.
“Fudziyama” yapon tilidan tarjima qilinganida “qiya tog’” ma’nosiga ega.
14 asrga qadar Rossiyada barcha beadab so’zlar “be’mani fe"llar” deb atalgan.
Ingliz tilida month (oy), orange (apelsin) , silver (kumush) va purple (qirmizi) so’zlari bilan qofiyadosh so’zlar yo’q.
Kxmerlar alifbosida 72 harf, Bugenvil oroli mahaliy aholisining aifbosida esa - atigi 11harf bor.
Xitoy tilida “tetiklik” bilan “choy” so’zlari bir xil ieroglif bilan belgilanadi.
Shashlik gruzincha “Mtsvadi” deyiladi, armancha – “xorovats”.
19 asrda “Ayvengo”ni ruscha tarjimalarida ruscha – “Ivangoe” deyilib kelgan.
NUJ (noma’lum uchuvchi jism) ispancha OVNIS (“objeto volador noidentificado”) deyiladi.
Kichik diniy unvon – shogird, gruzincha “mtsyri” deyiladi.
Asl rus so’zlari “a” harfidan boshlanmaydi degan qoida bor.
Yaponiyada “metro”so’zi “past”, “tuproq”, “temir” ma’nosini anglatuvchi uch ieroglif yordamida yoziladi.
Esperanto sun’iy xalqaro til 1887 yilda Varshavalik vrach Lazar Zamengof tomonidan yaratilgan.
Dal “atmosfera” horijiy so’zini ruscha “kolozemitsa” yoki “mirokolitsa” so’zlariga almashtirishni taklif etgan.
Suaxili – bu afrika qabilalari, arab va portugal tillarining aralashib ketishi natijasida paydo bo’lgan til.
Tarkibida birdona ham unli harf bo’lmagan eng uzun inglizcha so’zlar – “rhythms” (ritmlar) va “syzygy” (sizigiya, ya’ni “qo’shilish”).
Eskimoslar tilida qorning nomlanishi uchun 20 tadan ortiq so’zdan foydalaniladi.
Aleksandr Makedonskiy otining laqabi - “Butsefal” so’zma so’z tarjima qilinganida “buqa kallali” ma’nosini anlatadi.
Ingliz tilidagi eng qadimiy so’z – “town” (kichik shahar).
Xitoy tilida “r”va “l” tovushlarining farqi yo’q.
“Saxara” arab tilida “sahro” degani.
“Somon yo’li” Ukrainada Chumatskiy Shlyax deyiladi.
Serb alifbosi vukovitsa deb nomlanadi.
Gavayi alifbosida atigi 12 harf bor.
Vikinglar alifbosi “futark” deyiladi.
Ingliz tilida 600 000 dan ortiqroq so’z bor.
Mikki-Mausning lotincha ismi - Mikael Muskulus.
Lotin alifbosida “W” lotin harfi yo’q.
Xitoy yozuvida 40000 ortiq timsollar mavjud.
Ernest Vinsent Rayt ismli yozuvchining “Gedsbi” (Ernest Vincent Wright, "Gadsby") romani bor. (Uni Frensis Skott Fitsdchjeraldning “Buyuk Getsbi” romani bilan adashtirmang) Jami 50000 ortiqroq so’zdan iborat bo’lgan ushbu romanda bir dona ham “E” harfi (ingliz tilidagi eng ko’p ishlatiladigan harf) ishlatilmagan.
Dunyodagi eng ko’p tillar tarqalgan joy qaysi? Rekordchi mamlakat — Papua-Yangi Gvineya. Bu yerda yetti yuzdan ortiqroq papuas, melaneziya tillari va shevalarda muloqot qilinadi. Bunday sharoitda bu tillarning qaysi biri davlat tili bo’lishi kerakligi to’g’risida kelishib olish amri mahol. Shuning uchun ham, bu yer dadavlat tili yo’q, hujjatlarni yuritish uchun esa ingliz tili va uning mahalliy ko’rinishi — pidchin-inglish (papuascha “tok-pisin”)dan foydalaniladi.
Сообщения из Facebook