O'zbekistonda tasviriy san'atning rivojlanish tarixi
O'zbekistonda tasviriy san'atning rivojlanish tarixi
O‘zbekistonda san’at va madaniyatning rivojlanishi o‘zining qadimiy tarixiga ega. U bir necha asr davomida va turli bosqichda san’at, madaniy merosimizni boyitdi.

Eskiz-panno. Aleksandr Nikolaev (Usto-Mo'min) 

Keyinchalik, 1960- yildan boshlab O‘rol Tansiqboyev ijodida manzara janri gullab rivojlandi.

U o‘ziga xos usulda manzara kompozisiya maktabini yaratdi. Uning "Issiq ko‘l", "Ona o‘lka", "Tog‘da kuz" kabi ko‘plab asarlari san’at muzeyining oltin fondidan joy olgan.

Salardagi Bahor. O'rol Tansiqboyev. 1935-yil

Peterburg Badiiy akademiyasida ta’lim olgan Pavel Petrovich Benkov 1928-yili birinchi marta O‘zbekistonga keldi.

Bu diyor o‘zini betakror go‘zalligi bilan uni o‘ziga maftun etgan edi.

Shu vaqtda u Buxoroda bo‘lib, "Buxoro bozori", "Chor minor masjidi", "Xovuz labidagi choyxona", "Uzum bozori", "Usti yopiqbozor" kabi manzaralarni yaratdi.

Uzum bozori. Pavel Benkov. 1929-yil.

Rassom 1930-yili Xiva, keyin Samarqandga keldi. Bu ajoyib o‘lkani tabiati, hayoti, odamlari yangi ijodga ilhomlantirdi. Tez orada u qozon shahridan Samarqandga ko‘chib kelib ijodini ikkinchi yangi bosqichini boshladi.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook