просмотров
Ko'hna Buxoro. Pavel Benkov. 1931-yil.
Rassom shahar tor ko‘chalarini kezib, machit-madrasalarga, xonadonlarga kirdi, bozordagi shovqin-suron, savdo-sotiq bilan band, ranglariga boy libosgi odamlar hayotini erinmay soatlab kuzatdi. Ularni quyosh nurida toblangan chehralarini mashaqqatli mehnat evaziga yetishtirilgan meva, noz-ne’matlarning rang-barangligi uning ko‘zini qamashtirdi, yangi ijodga ilhom bag‘ishladi.
Xivalik qiz. Pavel Benkov. 1931-yil.
U ilk bor "Xivali qiz" suratini yaratdi. Peshin payti, charog‘oy quyosh nuriga g‘arq cho‘milgan Xiva hovlilarining birida o‘smir qiz charx yig‘irib o‘tiribdi.
Uning egnida guldor ko‘ylak , boshida chiroyli dppisi. Ko‘zlarini diqqat bilan boqishi, boshini sal egilganligi, qo‘llarining harakati, uning berilib ishlayotganidan dalolat berib turibdi. Surat bo‘yoqlarining yorqinligi, uni erkin uslubda ishlaganligi tufayli, asardagi milliy koloritni yanada chuqur his etamiz. Uning egnida guldor ko‘ylak, boshida chiroyli do‘ppisi. Ko‘zlarini diqqat bilan boqishi, boshini sal egilganligi, qo‘llarning harakati, uning berilib ishlayotganidan dalolat berib turibdi.
Bu asarni o‘zbek tasviriy san’atida birinchi realistik ijod namunasi deyish mumkin. O‘z paytida u Tretyakov davlat gallereyasining doimiy ekpozitsiyasidan o‘rin olgan edi.
Rassom 30-yillarda katta tematik suratlar ishlash uchun etyudlar, xomaki chizg‘ilar sifatida badiiy materiallar to‘pladi.
Uning "Hujum" nomli pillakashlik fabrikasi, "Registonda 8 mart" polotlonalari shular jumlasidandir. U o‘z ustozlari Dmitriy Nikolayevich Kardovskiy, Ilya Repindan o‘rgangan hayotni chug‘ur aks ettirish, badiiy obrazlar yaratish an’analarini davom ettirib o‘ziga xos ranglar "palitra"sini yaratdi. "Uzum uzish" yoki "Dugonalar" kartinasida ko‘p millatli vatanimizda xalqlar do‘stligi g‘oyasi obrazi ochib berilgan. Janubning sahiy quyoshi, go‘zal farovon turmushi asar kompozisiyasida mohirona hal etilgan.
Qalin novdava barglari orasidan tushgan quyosh nurlaridan pishib yetilgan uzum bog‘lari manzarasi fonida ikki qiz tasvirlangan. Biri o‘zbek, ikkinchisi rus qizi, ular kompozisiya ma’naviy markazini tashkil etadi.
Asarning personajlari, zavq bilan tomosha qilayotgan, qizlar ham, bolalar ham keksa bog‘bon ham bir oila a’zolaridek ko‘rinadi.
Tasvir yorqin bo‘yoqlarda ishlngan, unda havo ko‘p bo‘lib, serquyosh O‘zbekistonning go‘zal tabiati juda nafis ranglarda aks ettirilgan.
Сообщения из Facebook