Praga haqida qiziqarli ma’lumotlar
Praga haqida qiziqarli ma’lumotlar
Praga miloddan avvalgi IV asrda tashkil topgan va 1000 yil davomida Chexiya poytaxti bo’lib kelmoqda. Praga aholisi 1,300,000 kishidan oshadi. Bu kichik Chexiya Respublikasidagi million aholilik yagona shahar.

Chexiya poytaxti Praga haqidagi 11 ta qiziqarli ma'lumotlar

1.  1667-yilda frantsuz fiziki Denis Papin pnevmatik pochta uchun tizimlarni ishlab chiqdi. 19-asrda ko'plab yirik shaharlarda pochta orqali jo'natmalar shu tarzda yetkazib berildi: havo nasoslari yordamida, hatlar va hujjatlar bo'lgan kapsulalar maxsus yer osti quvurlari orqali jo'natildi. 1899 yilda, Pnevmatik pochta Pragada ham paydo bo'ldi va yaqin vaqtgacha, boshqa barcha shaharlarda yopilganiga qaramastan ishladi. 2002 yilda kuchli suv toshqini yer osti aloqa xizmatlarini vayron qildi, ammo ushbu noyob liniyani tiklash bo'yicha ishlar olib borilmoqda.

2.Pragada Vinarna Chertovka nomli ko'cha bor. U butun Markaziy Yevropada eng tor bo'lganligi bilan mashhur - kengligi atigi 70 santimetr. Agar ikkita yirik piyodalar yuzma-yuz uchrashsa, ular uchun bir-birlarini aylanib o'tish juda qiyin. Yechim topildi - piyodalar tirbandligini yaratmaslik uchun ko'chada piyodalar harakatini tartibga soluvchi svetoforlar o'rnatildi.

3.Chexiya poytaxtining asosiy diqqatga sazovor joylaridan biri bu Velkoprjevorskaya maydonida joylashgan Jon Lennon devori. Taniqli rok musiqachisiga atalgan ilk yozuvlar Jonning fojiali o'limidan ko'p o'tmay devorda paydo bo'lishni boshladi. Hukumat devorni muntazam ravishda bo'yash orqali bu bilan kurashishga harakat qilishdi, ammo bu muxlislarni to'xtata olmadi, yozuvlar yana paydo bo'ldi. Qizig'i shundaki, Jon Lennonning o'zi hayotining qirq yili davomida Pragaga hech qachon tashrif buyurmagan.

4."Praga" torti Sovet Ittifoqida juda mashhur edi. Uning Praga shahri bilan biron bir aloqasi bormi? Uning retsepti ushbu shaharda ishlab chiqarilgani haqida mish-mishlar tarqaldi. Aslida, bu noto'g'ri."Praga" nomli tort Moskva "Praga" restoranida qandolatchi oshpaz bo'lib ishlagan Vladimir Mixaylovich Guralnik tomonidan ixtiro qilingan,shuning uchun tort bunday nomlangan.

5.Moskvadagi Praga  mehmonxonasining tarixi1872 yildan boshlanadi. Past narxlar tufayli mehmonxonani boy bo’lmagan aholi o'ziga xos tarzda "Braga" deb nomlashgan. Inqilobdan keyin "Praga"millatlashtirildi, bir muncha vaqt bu yerda N. A. Nekrasov nomidagi kutubxona ham joylashgan edi. O'tgan asrning elliginchi yillarida bu yerda Praga restorani ochildi, u tezda moskvaliklar va tashrif buyuruvchilar orasida mashhur bo'ldi.

6.Praga - Yevropaning asosiy sayyohlik markazlaridan biri, har yili bu shaharga millionlab sayyohlar tashrif buyurishadi. Shahar hokimiyati qadimiy Praganing tarixiy qiyofasini saqlab qolish uchun barcha imkoniyatlarni ishga solmoqda.Masalan, uylarda yog'och o'rniga plastik derazalar o'rnatish taqiqlanadi. Va binolarning tomlari va jabhalarida yo’ldosh antenalar bo'lmasligi kerak.

7.Dunyodagi eng katta qasr Pragada joylashgan. Bu 9-asr o'rtalarida qurilgan va XI asrda tosh devor bilan o'ralgan Praga qal'asi. Binoning uzunligi 570 metr, kengligi esa 130 metrni tashkil qiladi. Hatto uzunligi bo’ylab qal’a atrofini aylanib chiqish uchun ko'p vaqt va kuch kerak bo’ladi.

8.Pragada mashhur Parij Eyfel minorasining nusxasini ko'rishingiz mumkin. Bu asl nusxadan besh baravar past - minorasining balandligi atigi 60 metrdan oshadi, u 1891-yilda qurilgan. 1948-yildan beri u televizor minorasi bo'lib, uning tepasida televizion uzatgich o'rnatilgan. Minora ichida hech qanday lift yo'q, shuning uchun sayyohlar tepaga piyoda chiqishlari kerak. Bu esa 299 ta zinapoya degani.

9.Ba'zan Praga dunyoning pivo poytaxti deb ataladi. Bu bilan bahslashish qiyin,chunki hujjatlarga ko'ra, shaharda birinchi pivo zali bundan 1000 yil oldin -1087 yilda paydo bo'lgan ekan. XIII-XV asrlarda shaharda bir qoida bor edi -pivo zavodlari bir biridan kamida bir mil masofada joylashgan bo'lishi kerak. Bundan tashqari, ichimlik qilish usulini buzgan pivo ishlab chiqaruvchilarni qattiq jazo kutardi.

10.Pragadagi eng qadimgi pivo zali "U Fleku" deb nomlanib 1499-yilda ochilgan.Birinchi egasi Vit Skrzemenets edi. Hozirgi nomiga esa 18-asrda muassasani boshqarganYakub Flekovskiy sharafiga ega bo'ldi. Pivo zavodi muzeyi ham shu erda, sobiq malt uyi binosida joylashgan. Muzey o'tgan asrning to'qsoninchi yillari oxirida, "U Fleku" pivoxonasi o'zining 500 yilligini nishonlashga tayyorgarlik ko'rayotgan paytida ochilgan.

11.Praga nafaqat pivo, balki xokkey bilan ham mashhur. 1948-yilda Praganing LTCxokkey klubi Sovet Ittifoqiga tashrif buyurdi va u yerda Moskva jamoasi bilan uchta o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazdi. Jamoalar bittadan g'alabani qo'lga kiritishdi, uchinchi o'yin durang bilan yakunlandi. O'sha paytda LTC Evropa xokkeyining yetakchi jamolaridan biri edi.

 

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook