Yondiradi, kuydiradi: dunyodagi eng achchiq, o'tkir ta’mli qalampirlar reytingi
Yondiradi, kuydiradi: dunyodagi eng achchiq, o'tkir ta’mli qalampirlar reytingi
Hammaga ma’lumki, dunyoda achchiqligi bilan mashhur bo’lgan qalampirning bir necha xil navlari va turlari bor. Ularning o’tkirligi “Skovil achchiqlik shkalasi” bo'yicha belgilanadi. Ushbu shkala amerikalik kimyogar Uilbur Skovil tomonidan turli navlardagi qalampirlarning o’tkirligini belgilash maqsadida taqdim qilingan. Skovil shkala birligi (SShB) garmdoridagi kapsaitsin moddasining miqdorini bildiradi. Aynan mana shu kapsaitsin moddasi qalampirga o’tkir achchiq ta’m beradi.

Kapsaitsinmoddasi tibbiyotda ham keng qo’llaniladi va shifobaxsh xususiyatga ega.Masalan, undan shamollash va og’riqni ketkazish uchun qo’llaniladigan spirtlinastoykalar, tibbiyot plastirlarini tayyorlashda foydalaniladi.Kapsaitsinoidlar shuningdek, o’z-o’zini himoya qilish gazli qurollari – gazlito’pponcha va revolverlar, gazli ballonchiklarni ishlab chiqarishda hamqo’llaniladi.

Qalampirlarreytingiga o’tishdan avval biroz tushuncha berib o’tamiz. Masalan, bulg’orqalampiri Skovil jadvali bo’yicha – 0 ballaga ega, tabasko sousi  – 5000ballik o’tkirlikka ega, achchiq tayvan qalampirining o’tkirligi esa – 10 mingbirlikka teng. Yamaykaning achchiq qalampiri esa 200 ming birlikdagi o’tkirlikkatortadi. Bugungi maqolamizda esa biz Skovil shkalasi bo’yicha  o’tkirligi 225 mingdan ziyod bo’lganqalampirlar haiqda so’z boradi.

15 –o’rin. Madam Janet qalampiri (225 000 birlikda)

15 –o’rin. Madam Janet qalampiri (225 000 birlikda)

Bu qalampirning vatani Surinamdir. Aytishlaricha, buqalampir shu yerlik o’tkir nigohli ayol nomi bilan atalgan. Sariq rangdagi buqalampir bir qarashda xushbo’y ishtaha ochuvchi xavfsiz bir sabzavotgao’xshaydi, biroq u juda kuchli o’tkir ta’mga ega. Madam Janet qalampiri kamo’sadi, lekin serhosil hisoblanadi. U sovuqni yoqtirmaydi, xona sharoitida hamyetishtirsa bo’ladi.

14-o’rin Skotch Bonnet (o’tkirligi 300 000 birlik)

14-o’rin Skotch Bonnet (o’tkirligi 300 000 birlik)

Skotch Bonnet qalampiri asosan Karib orollari, Gayana,Maldiv orollari hamda Sharqiy Afrikada uchraydi. Uni “olovli shar” deb ham atashadi.Bu o’tkir qalampir turli taomlarga hushboylik ulashish hamda issiq souslargao’tkir ta’m berishda ziravor sifatida ishlatiladi. Go’shtli taomlarningbetakror ta’mga ega bo’lishini ta’minlaydi.

13-o’rin. Oq xabanero (o’tkirligi 350 000 birlik)

13-o’rin. Oq xabanero (o’tkirligi 350 000 birlik)

Bu qalampir turi kamyob hisoblanadi, shunki uniyetishtirishning o’zi bo’lmaydi. Oq xabanero qalampiri kichkinagina butalargao’sadi, biroq juda ko’p hosil beradi. Ushbu garmdori asosan Meksika va Perudakeng qo’llaniladi.

12-o’rin. Klassik xabanero (o’tkirligi 350 000 birlik)

12-o’rin. Klassik xabanero (o’tkirligi 350 000 birlik)

Bu qalampining vatani Janubiy Amerika hisoblanadi. UBraziliya, Kolumbiya, Meksika va Karib orollarida tabiiy ravishda o’sibchiqadi. Meksika aholisi o’tkir ta’mli ovqatlarni jusa sevib iste’molqiladilar, restoranlarda ham xabanero qo’shilgan taomlarni sayyohlarga tavsiyaqiladilar. Xabanero qalampirini hush ko’ruvchi mehmonlarni mahalliy aholiqattiq hurmat qiladi. Ushbu garmdori mashhur Tabasco sousining tarkibiga hamqo’shiladi.

11-o’rin. Fatali (o’tkirligi 325 000 birlik)

11-o’rin. Fatali (o’tkirligi 325 000 birlik)

Fatali qalampiri yohud Janubiy Afrika xabanerosig’arbiy yarim shardan bo’lmagan ro’yxatimizdagi birinchi qalampirdir. Uningvatani Janubiy Afrika hisoblanadi. Ushbu qalampir turi o’ta achchiq bo’lishigaqaramay yoqimli meva ta’mini ham beradi. Qayerda o’sganiga qarab, meva mazalarihar xil bo’ladi, ba’zilari sitrus mazani bersa, ba’zilari shaftoli mazasinieslatadi.  

10-o’rin. Iblis tili (o’tkirligi 325 000 birlik)

10-o’rin. Iblis tili (o’tkirligi 325 000 birlik)

Qalampirning ushbu turi xabanero oilasiga mansubbo’lib, tashqi ko’rinishi bilan fatali navini eslatadi. Kelib chiqish tarixinoma’lum, biroq u ilk bor Pensilvaniya fermalarida topilgan. Ekspertlarningso’zlariga qaraganda, bu qalampir o’tkir achchiq ta’m bilan birgalikda yorqin,mevali hamda yong’oq mazasini ham beradi.

9-o’rin. Tigerpaw NR (o’tkirligi 328 000 birlik)

9-o’rin. Tigerpaw NR  (o’tkirligi 328 000 birlik)

Ushbu qalampir turi AQSH qishloq xo’jaligi vazirligigaqarashli ilmiy laboratoriyada yetishtirilgan. Nomidagi NP qo’shimchasi esauning qalampir zararkunandalariga qarshi chidamliligini bildiradi. Tigerpaw NRqalampiri sun’iy yo’l bilan yetishtirilgani uchun kutilgan tabiiy mazani beraolmadi, biroq u olovrang xabanero bilan o’xshashligi uchun uning o’rnigaishlatilishi mumkin.

8-o’rin. Shokoladli xabanero (o’tkirligi (425 000 birlik)

8-o’rin. Shokoladli xabanero (o’tkirligi (425 000 birlik)

Bu qalampirning vatani Trinidad. U o’ta achchiq ta’mixlosmandlari tomonidan sevib iste’mol qilinadi. Shokoladli xabanero Meksikadantortib, Yamaykagacha bo’lgan oshxona souslarining tarkibiga qo’shiladi.

7-o’rin. Red Savina (o’tkirligi 450 000 birlik)

7-o’rin. Red Savina (o’tkirligi 450 000 birlik)

Bu qalampir turi ham yirik va suvli hosil olishmaqsadida selektsionerlar tomonidan sunyiy yo’l bilan yetishtirilgan. Boshqanavlardagi qalampirlar singari u ham Markaziy Amerikada paydo bo’lgan,aniqrog’i esa Kaliforniya issiqxonalarida yetishtirilgan. Ushbu qalampir 12 yildavomida (1994-2006 yillar) o’tkirligi bo’yicha eng oldi qatorlarni egallabkelgan.

6-o’rin. Qizil Karib qalampiri (otkirligi 475 birlik)

6-o’rin. Qizil Karib qalampiri (otkirligi 475 birlik)

Ushbu qalampir navi klassik xabanerodan ikki barobaro’tkirroq. Kelib chiqishi Amazonka Basseyni taraflardan. Qizil Karib qalampiriasosan Meksika oshxonalarida o’tkir souslar tayyorlashda ishlatiladi.

5-o’rin. Trinidad Scorpion CARDI (o’tkirligi 1000 000 birlik)

5-o’rin. Trinidad Scorpion CARDI (o’tkirligi 1000 000 birlik)

Trinidad Scorpion qalampirining dumi, chayon dumigao’xshab ketganligi uchun shu nomni olgan. Vatani Trinidad oroli. CARDIqo’shimchasi esa uning Karib qishloq-xo’jaligi ilmiy-tekshirish institutqoshidagi laboratoriyada yetishtirilganligini bildiradi. Bu qalampir naviniyetishtirish hamda ishlov berish uchun protivogaz va maxsus himoya kiyimlarinikiyish zarur. O’z vatanida Trinidad Scorpion qalampiri harbiy sanoatda ko’zniyoshlantiruvchi gaz ishlab chiqarishda ishlatiladi. 

4-o’rin. Naga Morich (o’tkirligi 1000 000 birlik)

4-o’rin. Naga Morich (o’tkirligi 1000 000 birlik)

Shu joydan boshlab biz Skovil shkalasi bo’yichaotkirligi 1000 000 birlikdan oshadigan qalampirlar toifasiga o’tamiz. Tasavvurqilish qiyin, biroq o’zini qiynashni xush ko’ruvchilar mana shunday darajadagiqalampirlarni ham bemalol iste’mol qilar ekanlar. Endi Markazoiy Amerikaqalampirlarini bir chetga surib turaylik-chi!

Naga Morich qalampirining vatani Shimoliy Hindiston vaBangladesh. U yerning aholisi bu qalampirni yetilmasidanoq iste’mol qilaboshlaydilar. O’tkir achchiq ta’mdan tashqari bu Naga Morich meva mazasini hamberadi. Ushbu qalampir ixlosmandlari apelsin bilan mango aralash ta’mni hisetishlari mumkin. Bu qalampir Skovil shkalasi bo’yicha 1000 000 birlikdagisarhadni oshib o’tgan eng birinchi navdir.

3-o’rin. Bxut Djolokiya (o’tkirligi 1001 304 birlik)

3-o’rin. Bxut Djolokiya (o’tkirligi 1001 304 birlik)

2011 yilda ushbu qalampir navi dunyodagi eng o’tkirta’mli garmdori sifatida Ginnesning Rekordlar Kitobiga kiritildi. Hozirgi kundabundan ham o’tkirroq ta’mli qalampirlarlarning turlari bor, ammo shuniunutmasligimiz zarurki, Bxut Jolokiya tabiat in’omidir, u bir necha yuzyillardan beri Hindistonda o’sib keladi. Ta’kidlash joizki, fillarning odamyashaydigan hududga yaqinlashmasliklari uchun taxta to’siqlar shu navliqalampir bilan surtib chiqiladi. Bunday qalampirlar shuningdek, bezorilarnihovuridan tushirishda asqotar ekan, shuning uchun ham bu navlar hind armiyasitasarrufiga o’tgan.

2-o’rin. Shokoladli Bxut Jolokiya (o’tkirligi 1001 304 birlik)

2-o’rin. Shokoladli Bxut Jolokiya (o’tkirligi 1001 304 birlik)

 Bu qalampirnavi tabiatda kamdan-kam uchraydi. Bunday nomga u faqatgina rangi tufayli emas,shirin maza berishi sababli ham ega bo’lgan. Biroq achchiq ta’m bo’yicha uqizil Jolokiyadan hech ham qolishmaydi. Bu garmdori asosan Hindistonda turlixil o’tkir ta’mli taomlar tayyorlashda ishlatiladi. 

1-o’rin. Moruga Scorpion (2009 231 birlik)

1-o’rin. Moruga Scorpion (2009 231 birlik)

Bu qalampir navi Skovil shkalasi bo’yicha 2000 000 birlik sarhaddan ham oshib ketdi vadunyodagi eng o’tkir achchiq ta’mli qalampir, deya e’tirof etildi. Bu garmdoriyovvoyi tabiatda uchraydigan o’ta kuchli o’tkir qalampir navidir. VataniTrinidad oroli. O’rtacha kattalikdagi meva tarkibida 25 ml miqdorda tozakapsaitsin moddasi bor, bu politsiya garmdoroli ballonchigining ko’rsatgichibilan tengdir.

MorugaScorpion qalampirini tishlab ko’rganda avvaliga uning o’tkirligi hech hambilinmaydi, biroq bir necha daqiqalardan so’ng, achchiq ta’m o’zini ko’rsataboshlaydi. Til, tomoq, qizilo’ngach olov iskanjasida qolganday tuyuladi. Qonbosimi oshadi, ko’z yoshlanib ketadi, ko’ngil aynash kuzatiladi. Shundayo’tkirligiga qaramasdan bu qalampir mevali hushbo’y ifor taratadi, shuninguchun taomlarga yoqimli maza berish maqsadida juda ham oz miqdordaqo’shiladi.     

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook