Qiziqarli

Qadimgi tarixdagi gʻalati va vahshiy spot turlari

Qadimgi tarixdagi gʻalati va vahshiy spot turlari
Qadimgi tarixdagi gʻalati va vahshiy spot turlari

Pankration zamonaviy qilib aytganda “qoidasiz jang” deb ataladi – uni qadimgi yunonlar amalda sinab koʻrganlar va bu sport turi boks, oyoq bilan zarba berish hamda kurash aralashmasi edi. Faqat ikkita qoida bor edi: tishlamaslik va koʻzni oʻyib olmaslik, qolgan hammasi mumkin edi. Jang vaqti belgilanmagan edi: kamdan-kam holatlarda, sudya aralshganda, jang davom ettirilgan, to jangchilardan biri magʻlubiyatni tan olmaguncha yoki oʻlmaguncha.
Jangdan soʻng jangchi keyingi raqib bilan olishishi kerak edi va hamma qatnashchilardan faqat ikkitasi qolmaguncha jang davom etaverardi: ular bir-biri bilan olishgandan soʻng, gʻolib boʻlgan chempion degan maqomga ega boʻlgan. Ajablanarli, baʼzi musobaqalarda bir vaqtning oʻzida mingga yaqin jangchilar qatnashgan – bunday holatda musobaqa kun boʻyi davbom etar edi.
“Pankration” nomi tarjima qilinganda “hamma kuchlar” degan maʼnoni bildiradi, yunonlar bu sport turini Gerakl va Tesey oʻylab topgan, deb oʻylashgan. Bundan tashqari, matchlar muhim sport voqeasi edi, koʻpchilik spartaliklar oʻyinlarda orttirgan tajribalari haqiqiy urushlarda ham ularga foydasi tegdi.

Qadimgi tarixdagi gʻalati va vahshiy spot turlari

Tasavvur qiling, erkaklardan tashkil topgan ikki guruh qayiqlarga sakrab tushib, Nil daryosining oʻrtasiga borib, eshkaklar va oʻtkir tayoqlar bilan bir-birini urishadi. Bu sport firʼavnlar davrigacha mashhur boʻlib kelgan va koʻp marta qonxoʻr balchiq timsohlari va gippopotamlarni jalb qilgan, timsohlar oʻyinchilarga tashlanardi. Keyinchalik jangari oʻyinlarning analogli turlari yunonlar va rimliklarda paydo boʻldi, keyinchalik shunga oʻxshash sport turlari Fransiyada tiklandi, u yerda qon toʻkilmas edi, hatto timsohlar ham yoʻq edi.

Qadimgi tarixdagi gʻalati va vahshiy spot turlari

Navmaxiya – bu Rimda dengizchilar turniri, nomi tarjima qilinganda “dengiz jangi” degan maʼnoni anglatadi.Rimliklar arenani suv bilan toʻldirib, u yerga qayiqlarni qoʻyishardi va mashhur dengiz janglarini sahnalashtirishar edi. Baʼzida bu qonli tomosha boʻlardi, unda asirga olinganlar yoki oʻlimga hukm qilinganlar qatnashishgan. Shunga oʻxshash sport tadbirlaridan Navmaxiya oʻlim soni koʻpligi bilan ajralib turardi.

Qadimgi tarixdagi gʻalati va vahshiy spot turlari

Musobaqa kim uchun qiyin – qullar uchun yoki jang qilishga majbur boʻlgan hayvonlar uchun. Rimliklar hayvonlar va odamlar roʻpara kelishiga shunchalik qiziqishganki, Kolizeyni tantanali ochilishida odamlarga qarshi 9 000 ga yaqin yovvoyi hayvonlar qoʻyilgan, ularni bir qismi oʻldirilgan. Keyinchalik qoidalar oʻzgardi: masalan, baʼzida odamlarga qurol berishmasdi, ularni raqiblari sherlar va ayiqlar edi, odamlar boʻlsa ularni qandaydir yoʻl bilan magʻlub etishlari kerak edi yoki oʻzlari halok boʻlishardi. Baʼzida bu musobaqa drama sifatada oʻtkazilgan – odamlarni teatr syujeti qahramonidek tassavvur qilishgan. Rim hukumati shunday qilib ikki maqsadga erishgandi: jinoyatchilarni qatl qilishgan va tomoshabinlar uchun ermak boʻlgan.

Qadimgi tarixdagi gʻalati va vahshiy spot turlari

Bu bizning kunimizgacha yetib kelgan ushbu roʻyxatdagi sport turlaridan biridir, masalan tayoqlar yordamida qabilalar oʻrtasidagi jang – har bir ishtirokchining hamla qilishi uchun bitta va himoyalanishi uchun bittadan tayoqlari boʻlgan. Bu sport turida odam oʻlishi deyarli boʻlmaydi, biroq oʻyinchilar maydonni katta jarohatlar bilan tark etadilar. Keyinchalik bu jarohatlar chandiq boʻlib qolganda jangchilar ulardan magʻrurlanib yuradilar. Koʻpgina hollarda bunday janglar toʻy marosimlarining birqismi hisoblanar edi: kelin va kuyovning qarindoshlari bir-birlariga qarshi chiqib, qaysi guruh kuchli ekanligini koʻrsatmoqchi boʻlganalar.

Qadimgi tarixdagi gʻalati va vahshiy spot turlari

Bu oʻyin chim ustidagi xokkeyni eslatadi, faqat Mezoamerikada yonayotgan shaybani ishlatilgan. Oxirgi yillarda Meksikada bu sport turini qayta tiklash muhokama qilinmoqda, buni hattoki Meksika hukumati ham maʼqullamoqda.

Ikki ishtirokchi bir-birini boʻynidan ushlab, soʻngra raqibining boldiriga qarab tepadi – bu sport turi bir necha yuz yildan bera Angliyada oʻtkazilib kelinmoqda. Bu sport turi boshqa yuqoridagi oʻyinlarga oʻxshab juda qadimiy boʻlmasada hamda oʻlim bilan yakunlanmasa ham, qadimda bu oʻyin ishtirokchilari oʻgʻir etiklar kiyib, soʻngra turli kattalikdagi bolgʻalar bilan oyoqlarga qarab urilganini hisobga olganda, bu sport turi bizning roʻyhatdan oʻrin olishga haqli. Kim birinchi raqibini yerga dumalatsa – oʻsha ishirokchi gʻolib boʻladi. Bugungi kunda boldirga tepish boʻyicha butun jahon chempionati ham mavjud.

Qadimgi tarixdagi gʻalati va vahshiy spot turlari

Ushbu sport turi Yaman hududida istiqomat qilgan Zaranik qabilasi tomonidan oʻtkazib kelingan va bugungi kunda yana ommalashmoqda. Ishtirokchilar imkon qadar koʻproq tuyalarning ustidan sakrashlari kerak.

Qadimgi tarixdagi gʻalati va vahshiy spot turlari

Pato – Argentinaning rasmiy sporti. Qadimda toʻp oʻrniga tirik oʻrdakdan foydalanilgan, biroq bugungi kunda Argentina hukumati bu oʻyin ishtirokchilarini oddiy toʻp bilan oʻynashga majburlamoqda. Pato – bu polo va basketbol oʻrtasidagi oʻyindir: oʻyinchilar otda chopadilar va ikkala jamoani vazifasi – toʻpni oʻzining tarafiga olib kelish. Siz savol berishingiz mumkin: nega oldingi paytlarda toʻp oʻrniga oʻrdak ishlatishgan? Original versiyada musobaqa maqsadi bu oʻrdakni qayta “rancho” ga haydab borish kerak edi, baʼzi hollarda boshqacha qilib aytganda: fermalar “darvoza” vazifasini oʻtaydi. Oʻyin vaqtida pichoqbozlik oddiy hol edi, oʻrdak oʻlishi aniq edi. 18-chi asr oxirlarida baʼzi katolik ruhoniylari bu oʻyinda zoʻravonlik qilingani uchun uni toʻxtatishga harakat qilishdi, hatto oʻyin paytida oʻlgan odamlarni dafn marosimini oʻtashmas edi, ammo hozirgi kunda patoda zoʻravonlik alomatlari yoʻq.

Qadimgi tarixdagi gʻalati va vahshiy spot turlari

Buzkashi – Afgʻoniston milliy sporti: oʻyinchilar toʻdasi jahl bilan echki terisi uchun kurashadilar, ular darvoza chizigʻidan oʻtishlari kerak. Afgʻonistonni tolibonlar boshqargan vaqtda bu sport turi ahloqsiz deb, taqiqlab qoʻyilgan edi, tolibonlar haydalgandan keyin, bu sport yana mashhur boʻlib ketdi – baʼzi oʻyinlarda mingdan ortiq odamlar qatnashadi. Kallasi yoʻq echki terisi ishlatilgani vaxshiylikdek koʻrinadi, lekin shuni taʼkidlab oʻtish kerakki, hozirgi vaqtda ham koʻp sport turlarida oʻlgan hayvonlar terisidan foydalanilmoqda. Bu sport turi bizning Oʻzbekistonda qadimdan oʻtkazilib kelinadigan uloq oʻyinimizga juda oʻxshash.

Oʻyin arqon tortishishga oʻxshaydi, faqat arqon oʻrniga hayvonlar terisi boʻlardi va ular katta yonayotgan chuqurda oʻyin oʻynashardi. Odatda gʻoliblarga boy oʻljalar tushardi: ular aholini tunashga va ayollarni zoʻrlashga ruxsat olishgan. Magʻlub boʻlganlarni qoʻrqoqlar ded atashgan va qoʻyib yuborishgan yoki olovda qoldirishgan.

Qadimgi tarixdagi gʻalati va vahshiy spot turlari

Maya qabilasi tomonidan oʻylab topilgan bu sport turi tarixdagi eng aqlsizlardandir. Shunga qaramay “ulama” oʻyini Markaziy Amerikaning baʼzi joylarida hozirda ham ommamivligicha qolmoqda. Bu oʻyin basketbolga oʻxshab ketadi: devorga qotirilgan halqaga oʻyinchilar toʻpni tushirishlari lozim. Hoʻsh, nima qilibdi, bu oʻyinning nimasi yomon? Gap shundaki, Maya qabilasining oʻyinchilari toʻp oʻrniga odam kallasidan foydalanganlar. Ular shuncha kallani qayerdan olganliklariga hayron qolasan. Ehtimol, bu magʻlub boʻlgan oʻyinchilarning kallalari boʻlishi mumkin.

●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar