Avto

Qiziqarli avto: Xaridorlar tomonidan yaxshi qabul qilinmagan va muvaffaqiyatsizlikka yuz tutgan avtomobil modellari

Yirik avtomobil brendlarining oltin qoidasi boʻyicha, oldin qimmatbaho avtomobillar yaratiladi, soʻngra esa choʻntakbop modellari ham ishlab chiqariladi. Shuning uchun ham Golf kabi mashinalari bilan mashhur boʻlgan Volkswagen nemis avtokorxonasining qimmatbaho dabdabali sedanni loyihalashtirishi qaltis qadam edi.
Bunday mashinalarni xarid qiladigan mijozlar oʻzlarining imidjlari ustida qaygʻuradilar, shuning uchun ham ular “choʻntakbop” markali avtomobillarni emas, shu korporatsiya tomonidan chiqariayotgan sedan Audi A8 kabi mashinalarni sotib oladilar.

Qiziqarli avto: Xaridorlar tomonidan yaxshi qabul qilinmagan va muvaffaqiyatsizlikka yuz tutgan avtomobil modellari

Hattoki hozirgi kunda ham Audi A2 kontseptsiyasi jozibador koʻrinishga ega. Avtomobil saolnida toʻrt nafar yoʻlovchi bemalol sigʻishi mumkin. Biroq ushbu mashina ham ommabop boʻla olmadi. Xaridorlarga ushbu ixchamgina, qulaygina, manyovrlangan avtomobilning nimasi xush kelmadi ekan-a?

Qiziqarli avto: Xaridorlar tomonidan yaxshi qabul qilinmagan va muvaffaqiyatsizlikka yuz tutgan avtomobil modellari
Qiziqarli avto: Xaridorlar tomonidan yaxshi qabul qilinmagan va muvaffaqiyatsizlikka yuz tutgan avtomobil modellari

Aston Martin Lagonda sport sedani odatiy britaniya konservativ anʼanalaridan tubdan farq qiladi. Aynan shu narsa mashinaning xaridorlar tomonidan qabul qilinmasligiga sabab boʻldi. Shuningdek, avtomobil saloniga joylashtirilgan futurik elektronika tez-tez ishdan chiqar edi.
Ushbu avtomobil 1977-1990 yillar davomida toʻrtta seriyada chiqarilgan boʻlib, jami 645 ta nusxa yigʻilgan.

Qiziqarli avto: Xaridorlar tomonidan yaxshi qabul qilinmagan va muvaffaqiyatsizlikka yuz tutgan avtomobil modellari

Oxirgi yillar davomida Citroen fransuz avtokorxonasi oʻta noodatiy avtomobillarni ishlab chiqardi. Citroen C6 – eng yorqin modellardan biri boʻlib, BMW 5-Series и Mercedes-Benz E-Klasse avtomobillari bilan bemalol raqobatlasha olardi. Xaridorlar bu mashinalarni solishtirar ekanlar, gʻalati dizaynli fransuz avtomobilidan koʻra nemis avtomobillarini afzal koʻrdilar.

Qiziqarli avto: Xaridorlar tomonidan yaxshi qabul qilinmagan va muvaffaqiyatsizlikka yuz tutgan avtomobil modellari

1963 yilda Amerikaning Chrysler yirik avtokorxonasi gazoturbinali dvigatelga ega boʻlgan seriyali avtomobillarini ishlab chiqardi. Ushbu quvvat moslamalari samolyotlarda foydalanilar edi, shuning uchun ham ularni mashinalarga qoʻyish gʻoyasi toʻgʻridek tuyuldi.
Biroq loyiha shuhrat qozona olmay, olmadsizlikka yuz tutdi. Bunday mashinalar ogʻirlikni koʻtara olmadi hamda koʻp yoqilgʻini talab etar edi. Ushbu avtomobilning modellaridan biri 120 ot kuchiga ega boʻlib, 100 killometr masofaga 14 litr yoqilgʻini sarflar edi.

Qiziqarli avto: Xaridorlar tomonidan yaxshi qabul qilinmagan va muvaffaqiyatsizlikka yuz tutgan avtomobil modellari

Honda Insight yapon xetchbeki – dunyodagi ilk seriyali gibridlardan biridir. Mashinaning kuzovi alyuiminiydan iborat boʻlib, shu tufayli uning ogʻirligi 850 kgni tashkil etadi. Avtomobil jurnalistlari bu model haqida yaxshi taassurot bildirdilar, biroq tejamli yoqilgʻining oʻzi mashinaning muvaffaqiyat qozonishiga yetarli boʻlmadi.

Qiziqarli avto: Xaridorlar tomonidan yaxshi qabul qilinmagan va muvaffaqiyatsizlikka yuz tutgan avtomobil modellari

NSU Ro80 nemis sedani “1967 yil avtomobili” deb eʼlon qilinganda, hamma uning muvaffaqiyat qozonishiga shubha qilmagan edi. Bu modelda hali hech kimda boʻlmagan eng yangi texnologiyalar qoʻllanilgan edi. Rotor-porshenli dvigatel, poluavtomat korobka boshqaruvi va ajoyib aerodinamika mashinaning muvaffaqiyat qozonishini bildirib turar edi.
Ammo muhandis Vankelning konstruktsiyasi asosida yasalgan dvigatel puxta boʻlolmadi va tez-tez ishdan chiqar edi. Mashina xaridorlar tomonidan yaxshi qabul qilinmadi va NSU korxonasi ham kasodga uchradi.

Qiziqarli avto: Xaridorlar tomonidan yaxshi qabul qilinmagan va muvaffaqiyatsizlikka yuz tutgan avtomobil modellari

Yevropada Opel Ampera nomi bilan tanilgan Chevrolet Volt elektromobili xaridorlarni choʻchitib yuborgani haqiqatdir. Ehtimol, buning sababi ushbu modelda foydalanilgan koʻp sonli sinalmagan yangi texnologiyalar, shuningdek, xavfsizlik bilan bogʻliq muammolar va taʼmirlash ishlaridagi katta sarf harajatlar boʻlishi mumkin.

●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar