Qiziqarli dunyo: Dunyoning turli burchaklaridan shedevr binolar



Rohib Klausning kapellasi 2007 yili arxitektor Peter Sumtorning loyihasi boʻyicha qurilgan boʻlib, Germaniyaning haqiqiy diqqatga sazovor joylaridan biri va eskixristian asketizmining namunasi boʻldi. Bino 12 metr balandlikli beshburchakli prizmani tashkil etib uchburchakli eshik va devor va shipda kichik teshiklarili tromblangan beton metodida qurilgan.

Sanʼat muzeyining binosi britaniyalik arxitektorlar Piter Kuk va Kolin Furnʼe tomonlaridan 2003 yili loyihalashtirilgan va ekspluatasiyaga topshirilgan edi. Uni oʻrab turadigan binolardan innovasion qurilma juda ham ajralib turadi. U temir-beton karkasdan noanʼanaviy shaklga ega, fasadi koʻk plastik oynalar bilan qoplangan va bir nechta media instalyasiyalari bor. Ajoyib dizayni tufayli mahalliy aholi uni "Doʻstona oʻzgasayyoralik" deb nomlashdi.

Arab oʻrtayeri stilidagi goʻzal turar joy kompleksi Ispaniyaning janubida qurilgan boʻlib, mashxur arxitektor Rikardo Bofill tomonidan loyihalashtirilgan. Bino kontrast qizil rangda boʻlib, tashqi koʻrinishi bilan qalʼaga oʻxshaydi, aslida u 50 ta kvartiralik uydir. Loyihaning asosi boʻlib kvadrat yacheykalar boʻlib, ular oʻzaro aniq geometrik shaklga ega zinalar bilan birlashtirilgan. Uyning tomida basseyn va solyariyli katta terrasa dam olish uchun jihozlangan.

Bahaybat, koʻp funksiyasli, effektli fasadga ega savdo markazi Shvesiyaning Malʼmo shaharchasida Wingårdhs studiyasining loyihasi asosida qurilgan. Bunoning fasadi kamalak shishadan qilingan boʻlib, noanʼanaviy skulptura shakliga ega. Shu sababli konstruksiya buzilayotganining illyuzuyasi vujudga keladi.

Lotos guli koʻrinishidagi fantastik qurilma Xitoyning Chanchjou shahrida, sunʼiy koʻl suvi ustida, mashxur avstraliyalik firma Studio505 tomonidan koʻtarilgan. Binoning konstruksiyasi rivojlanishning uch bosqichini demonstrasiya qiladi: yosh gʻuncha, yetilgan va ochilgan gul va ichida urugʻlar bor poʻchoq. Inshoatning ichida koʻrgazma va konferens zallar, hamda Shahar loyihalashtirish departamenti joylashgan.

Bu 250 metlik gigant Michigan koʻli yaqinida qurilgan boʻlib, birinchi qarashdan atrofidagi baland binolar massasidan ajralib turmaydi. Biroq, yaqinroq kelib qaraganda uning futurustik ajoyib fasadini koʻrish mumkin. U shisha ulamalar va hajmli "toʻqinlar" dan iborat.

Guggenxaym muzeyi haqli ravishda Ispaniyaning eng goʻzal joylarning biri, hamda dunyodagi eng buyuk binolardan biridir. Titan va shishadan boʻlgan unikal konstruksiya Nervʼon darosi suvlarida turuvchi oʻzgasayyoralik kosmik kemani eslatadi. Loyihasi genial kanadalik Frenk Geriga tegishli. Binoda birirta han toʻgʻri burchak yoʻl, barcha yuzalar ohista egilib, ichki xonalari esa biri biriga oʻtib ketadi.

Qordek oppoq penteliya marmaridan boʻlgan ochilayotgan lotos guli shakidagi bahaybat bino - Hindistinning asosiy diqqatga sazovor joylaridan biri va asosiy baxay ibodatxonasidir. Takrorlanmas geometriyali ajoyib bino eronlik arxitektor Farobarza Saxbning ishi. U hisob kitob va komyuterda loyihalashtirishga ikki yildan ortiq vaqtini sarflagan.

Xouv shahridagi bogʻda joylashgan, bahaybat barmoq izi koʻrinishidagi fantastik labirint. Xozirgi vaqtda shu kabi binoning dizayn - loyihasi mavjud boʻlib, u qaysidir shaharning haqiqiy diqqatga sazovor joyiga aylanishi kutilmoqda.
Afsuski, har doim ham arxitektorlar oʻz fikrlarini reallikda amalga oshirib, oʻz gʻoyalarini tomoshabinlarga yetkaza olmaydilar.
Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



