Qiziqarli

Qiziqarli dunyo: Qulupnayning siz bilmagan ajoyib xususiyatlari

Qiziqarli dunyo: Qulupnayning siz bilmagan ajoyib xususiyatlari

Qulupnay yurtimizdagi eng sevimli rezavor mevalardan biri boʻlsa kerak. Koʻpchilik uni ajoyib mazasi uchun yaxshi koʻradi va hamma ham uning foydali tomonlari, xususiyatlarini bilmasa kerak. Axir qulupnay faqat sogʻliqqa taʼsir koʻrsatib qolmay, kosmetika sifatida ham ishlatilishi mumkin.

Qiziqarli dunyo: Qulupnayning siz bilmagan ajoyib xususiyatlari

Koʻproq bilishni istaysizmi? Unda davomini oʻqing!

Qiziqarli dunyo: Qulupnayning siz bilmagan ajoyib xususiyatlari

Qulupnay tishni oqartiradi. Stomatologga tishni oqartirish uchun borishdan oldin, yaxshisi boshqacha yoʻl tuting. Vaqtingizni tejab, shunchaki qulupnaydan bahramand boʻling. Tarkibida vitamin C juda koʻp boʻlganligi uchun, qulupnay tish ustida yigʻiladigan narsalarni bir pasda tozalab tashlaydi. Bu usuldan tez-tez foydalanib tursangiz, bir muncha vaqtdan soʻng tishlaringiz rangi oqarganini sezasiz.

Qiziqarli dunyo: Qulupnayning siz bilmagan ajoyib xususiyatlari

Qulupnay yurak qon tomir kasalliklarini kamaytiradi. Hozirgi vaqtda yurak qon tomir kasalliklari birinchi raqamli qotildir va uni eʼtibordan chetda qoldirib boʻlmaydi. Kunlik ratsionga qoʻshilgan qulupnay bu kasallikni oldini olishga yordam beradi. Undagi ellag kislotasi xolestirin darajasini nazorat qiladi. Bundan tashqari C vitamin qon tomirlarni mustahkamlashga yordam beradi.

Qiziqarli dunyo: Qulupnayning siz bilmagan ajoyib xususiyatlari

Qulupnay qarishni sekinlashtiradi. Biz kletkalarimiz qariyotgani sababli qariymiz. Qulupnay esa ushbu jarayonni sekinlashtirishga yordam beradi.Undagi antioksidantlar qarish radikallariga qarshi kurashadi. Oʻtkazilgan izlanishlar natijasiga koʻra, kuniga bir-necha dona qulupnayni tushlikdan keyn isteʼmol qilish, sezilarli natija berar ekan.

Qiziqarli dunyo: Qulupnayning siz bilmagan ajoyib xususiyatlari

Qulupnay xusnbuzarlarga qarshi vosita. Agar siz yuzingizdagi xusnbuzarlardan charchagan boʻlsangiz, bir soat vaqtingizni qulupnayli niqobga ketqazing, natijadan siz albatta qoniqasiz. Qulupnayli niqob yuzingizda boʻlgan payt, antioksidantlar yuzdagi muammolarni hal qiladi.

Qiziqarli dunyo: Qulupnayning siz bilmagan ajoyib xususiyatlari

Qulupnay sepkillarni oqartiradi. Agar sepkillar joningizga tekkan boʻlsa, qimmat kremlarga pul sarflashning keragi yoʻq. Qulupnayli sheykni sepkillaringizga sursangiz, ularni oqartirib beradi. Natija yaxshiroq boʻlishi uchun, limon sharbati, Smetana va papaya ham aralashtirsangiz boʻladi.

Qiziqarli dunyo: Qulupnayning siz bilmagan ajoyib xususiyatlari

Qulupnay baxt gormonlariga yordam beradi. Ilmiy izlanishlar tasdiqlashicha, depressiya odamning psixik holatiga bogʻliq, biroq bu odam tabiiy yoʻl bilan undan qutila olmaydi degani emas. Depressiyani his qilsangiz, qulupnay isteʼmol qilishga harakat qilib koʻring – u gomosisteinning ortiqcha darajada shakllanishiga toʻsiqlik qiladi va qondan ozuqa mahsulotlari miyaga yetib borishini yaxshilaydi.

Qiziqarli dunyo: Qulupnayning siz bilmagan ajoyib xususiyatlari

Qulupnay antionkologik xususiyatli ajoyib desert. Qulupnaydagi antioksidantlar, onkologik profilaktika xususiyatiga ham ega. Uyda desert tayyorlayotganingzda, unga qulupnay solishni unutmang.

Qiziqarli dunyo: Qulupnayning siz bilmagan ajoyib xususiyatlari

Qulupnay koʻz nuri uchun foyda. Qulupnayning ajoyib xususiyatlari estetik maqsadlarda ham qoʻllanilishi mumkin Agar koʻzlaringiz ostida soyali qopchalar boʻlsa, esingizda tursin, qulupnay u bilan kurasha oladi. Uning davolovchi va oqartiruvchi effekti, koʻz ostidagi dumaloqlar bilan kurashishga yaxshi. Bundantashqari qulupnaydagi C vitamin koʻz kasalliklarini profilaktika qila oladi.

Qiziqarli dunyo: Qulupnayning siz bilmagan ajoyib xususiyatlari

Farzand kutayotganda oʻzingizni qulupnaydan tiymang. Agar siz boʻlajak ona boʻlsangiz, homiladorlik vaqtida normadagi qulupnay siz uchun foydali bʼladi. Chunki unda bolaning oʻsishi uchun yetarlicha vitamin va minerallar bor.

●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar