Qiziqarli maslahatlar: Haydovchilarga eslatma: yoqilgʻini tejash haqida 5ta samarali eslatma



Soʻrovlar shuni koʻrsatadiki, yoʻldagi transport vositalarini yarmida shinalar meyordan kamroq shishirilgan. Balkim haydovchilar bilmas, bu ularning choʻntagiga ziyon ekanligini. Bosimni 0,6 atm (60 kPa) ga pasayishi, yoqilgʻi sarfini 7%ga oshiradi.
Bundan tashqari, past bosim muddatdan oldingi shinalarni yemirilishiga olib keladi, ularni almashtirish esa arzon emas. Bosimni oʻlchash uchun manometr kerak (istalgan extiyot qismlar magazinida 4$ turadi). Har bir model uchun bosimni kerakli miqdori oʻzgacha boʻladi va moshinani yuklanganligi va mavsumga bogʻliq. Batafsil raqamlarni haydovchi eshigini ichidagi nakleyka yoki eshik ustunidan topish mumkin.

Oʻt olish shamlari ishlab chiqaruvchilari, bu mahsulotlarga 100 000 kilometrga chidashini vaʼda qilishadi. Yaʼni, agar avtomobil 80 000 kilometr yurgan boʻlsa, demak shamlari 80%ga ishlatilgan boʻladi, oʻt olishda uzulishlar boʻlishi mumkin yoqilgʻi sarfini koʻpaytirib.
Shuning uchun shamlarni tezda-tezda almashtirgan maqul. Koʻplab zamonaviy avtomobillar uchun uning almashinishi, 50 000 va hattoki 30 000 kilometrgacha kamayishi mumkin.

Eksperimental isbotlanganki, kir havo filtri dvigatel - ishi va tejamkorlikni yomonlashtiradi. Eski moshinalarda sarf 10%gacha oʻsadi. Yangiroq modellarda bort kompyuteri aniqlay oladi, havo oqimi kamayganini, va shuning uchun benzinni kamroq beradi. Filtrni moy bilan birgalikda almashtiradi, yoki hech boʻlmasam, bir yilda bir marotaba. Chang koʻp regionlarda filtrlarni yanada tezroq almashtirish kerak.

Gʻildiraklar oʻrnatish burchagi, yoki “razval-shojdeniye”, moshinani barqarorligi va boshqaruvchanligiga taʼsir qiladi, va shunigdek shinalar yemirilishiga. Gʻildiraklarni notoʻgʻri oʻrnatganda siltanishga qarshilik oshadi va haydovchi biroz “gaz” pedalini koʻproq bosadi. Benzin koʻshilishi katta boʻlmasligi mumkin, lekin avtomobillni uzoq masofaga yurishida, “ortiqcha” yoqilgʻiga sarf sezilarli oshadi. Yoqilgʻini tejash va pokrishkalarni saqlash uchun, bir yilda bir marotaba razval-shojdeniyeni tekshirish oshiqcha boʻlmaydi.

Pedalni ohirigacha bosib tezlashish va qaltis sekinlash, yoqilgʻi sarfini 20%ga koʻpaytiradi. Shubhasiz bunday boshqarish usulidan oʻzini tiyish lozim. Shuni ham esda tutish kerakki, koʻpchilik shaharlarni svetoforlari 50 km/s harakatlanish oqimiga moʻljallangan. Koʻproq tejash uchun aynan shu tezlikda yurgan maqul, ortiqcha toʻhtashni oldini olish uchun.

Zamonaviy avtomobillarda kuzovni plastik bilan tortish, hamda spoylerlarni shunchaki qoʻyishmaydi. Bu elementlar moshinani suyriligini yaxshilaydi, harakatlanishga qarshilikni kamaytirib. Buning yordamida katta tezliklarda yoqilgʻi tejaladi.
Kuzovni shikastlanishlari, ochiq lyuk va oynalar, aksincha, sarfni oshiradi. Agar moshinada bamper singan boʻlsa, yoki unda teshik paydo boʻlgan boʻlsa, extiyot qismni almashtirish kerak yoki hech boʻlmasam skotch bilan yopishtirish kerak. Huddi shu sababdan oynalarni katta tezlikda ochmagan maqul, agar albatta moshinada konditsioner boʻlsa.

Kislorod datchigi (lyambda-zond) avtomobilni chiqarish tizimida turadi va yoqilgʻini yonish samaradorligini boshqaradi. Vaqt oʻtib u ishdan chiqishi mumkin va dvigatel yoqilgʻini koʻproq “yeyishni” boshlaydi, 15% gacha. Bu vaqtda “dvigatelni tekshiring” degan signallar boʻlmasligi mumkin. Shuning uchun 1996 yilgacha boʻlgan avtomobillarda kislorod datchigini mustaqil ravishda har 100 000 kilometrda almashtirish mumkin, yangiroq boʻlgan modellarda esa – 160 000 kilometrdan soʻng.
Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



