Restoranda oʻzini tutish qoidalari. Bilmasangiz uyalib qolishingiz mumkin


Nufuzli va oʻz ishini biladigan har qanday restoranda sizni albatta admistrator kutib oladi va sizni kerakli stolga oʻtkazadi. Agarda hech kim kutib olmasa, uni shundoq kirish eshigining oldida kutib turing va u albatta oldingizga keladi.

Stoldagi idishlar oldidagi sochiq kiyimlaringizni saqlash uchun moʻljallangan. Qoida boʻyicha u tizzaga yoyib qoʻyiladi. Ogʻiz esa stol markazida qoʻyilgan qogʻoz salfetkalar bilan artiladi.

Agar siz oʻzingizga qarab olish va oro berishingiz kerak boʻlib qolsa: sochni tarash, labni boʻyash va xokazo – xojatxona ichidagi maxsus xonada bajarib olishingiz mumkin.

Agar qanday taom buyurtirishni bilmayotgan boʻlsangiz, bunday holda sizga ofitsiant yordamga keladi va maslahatlarini beradi. Odatda, avvaliga sovuq gazaklar tortiladi, soʻngra birinchi taom beriladi, yaʼni suyuq ovqat. Ikkinchi taom sifatida goʻshtli yoki baliqdan tayyorlangan ovqat keltiriladi. Desertga shoshmay turing, u asosiy ovqat yeyib boʻlingandan keyin isteʼmol qilinadi. Uni yeyishga joy qoladimi yoʻqmi bilmaysiz-ku, balki issiq ichimlik – qahva yoki choyning oʻzi yetarli boʻlar.

Stol maksimal miqdordagi taomlar uchun moʻljallab anjomlar bilan jihozlangan boʻladi, shu bois likopchangiz oldida koʻp anjomlar boʻlishi mumkin, bundan choʻchimang. Buyurtmangizni qabul qilib olishi bilan, ofitsiant ortiqcha idishlarni yigʻib oladi.

Telefonlar jamoat joyida, jumladan restoranlarda jiringlamasligi kerak. Bu odobsizlik hisoblanadi. Bordi-yu muhim qoʻngʻiroqni kutayotgan boʻlsangiz, telefon ovozini oʻchirib qoʻying. Telefonni koʻtargandan keyin, gaplashish uchun uzr soʻrab, restoran zalidan chiqib, keyin gaplashing. Telefon stol ustida turmasligi kerak, u yo ayolning sumkachasida, yoki erkak kishining choʻntagida boʻlishi lozim.

Agar biror bir ovqat sizga yoqmagan boʻlsa, bu restoranning aybi emas, sizning didingizdir. Siz faqatgina agar taomlar haddan tashqari shoʻr, sovuq, yaxshi qovirilmagan, yoki tagiga olgan va turib qolgan boʻlsagina shikoyat qilishga haqqingiz bor.

Agar siz restoranga taklif qilingan boʻlsangiz, taklif qiluvchi siz uchun ham toʻlashi kerak. Agar boshidan oʻrtada toʻlanadi, deb kelishilgan boʻlsa, teng qismdan toʻlanadi, kim nima yeganidan qatʼiy nazar. Choychaqa umumiy qiymatning 10 % ni tashkil etadi, agar ofitsiantlarning xizmati sizga maʼqul boʻlgan boʻlsa, undan ham koʻproq qoldirishingiz mumkin.
Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



