Tongda goʻzal boʻlib uygʻonish uchun kerakli 7 usul

Agar tongda sochlaringiz ajoyib koʻrinishda boʻlishi, chigallashib ketmasligini istasangiz, yostiq jildi sifatida shoyi yoki satin matolarini tanlang. Ular soch tolalaridagi namlikni oʻziga tortib olmaydi, shu sababli ham zulfingizni chigal qilib yubormaydi.

Agar tez fursat ichida chiroyli turmak yaratmoqchi boʻlsangiz, nam sochlarni boshning yuqori qismiga yigʻing. Buni yumshoq rezinka yordamida amalga oshirgan maʼqul. Ushbu koʻrinishda uhlagandan keyin sochlaringiz aynan shu shaklni olib quriydi va tongda chingalak sochlar bilan uygʻonasiz.

Mayda jingalak sochlarning shaydosi boʻlsangiz kimyoviy chingalakdan ajoyibroq usul bor. Uyqu oldidan tolalarga maxsus losyon surting. Keyin ularni ingicha tolalarga boʻlib chiqqancha, har birini shpilka atrofiga oʻrang.

Agar sochlaringizning haddan tashqari hajmdor ekanligi sizga maʼqul boʻlmasa, tunda ularni ployka bilan turmaklab, shoyi roʻmol oʻrab oling. Tongda esa sochlaringiz mayin va yumshoq tusga kiradi.

Sochlarga biror yogʻdan surtib, ularni ikkita tomonga yigʻing. Tongda esa hosil boʻlgan jingalaklar ustidan lak sepib olasiz.

Qattiq bigudilar oʻrniga oddiy mato boʻlagidan foydalanib koʻring. Buning uchun sochlarni 5 sm qalinligidagi tolalarga boʻlib olgach, har birini mato bilan oʻrab chiqasiz va ipning uchlarini tugib qoʻyasiz.

Sochlaringiz tartibli boʻlishini istasangiz, ularni jgut holiga keltirib, keyin uhlashga yoting.

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



