Sayoramizdagi 10ta eng gʻayrioddiy joylar

Dunyo bizni ajablantirishdan charchamaydi. Yerning har bir burchagida qandaydir ajabtovur narsa borki, u hattoki eng qattiq skeptiklarni moʻjizalarga ishonishga majburlaydi. Tasavvuf teri bilan sezadigan shunday 10ta joyni toʻpladik.

Magnitli adirlar, Hindiston

Agar moshinani togʻ etagiga toʻhtatib, neytral uzatuvga qoʻysa, moshina tepalikga qarab qaytishni boshlaydi. Shunday taasurot tugʻiladiki, uni qandaydir koʻrinmas kuch tortayotganday boʻladi. Bu hodisani, biron bir narsa bilan tushintirib boʻlmaydi. Kimlardir buni gravitatsion adir tomonidan yaratilgan illyuziya deb hisoblaydi.

Dolmenlar (Rokniya, Koreya, Hitoy, Hindiston, Isroil, Skandinaviya, Rossiya)

“П” shaklidagi qadimgi ulkan yassi tosh plitalari sayoramizni turli burchaklarida topilgan. Arheologlarni fikricha, ular qachonlardir qadimgi koxinlarni koʻmish kameralari boʻlgan. Dolmenlarda soatlar yurishi oʻzgaradi, asboblar millari oʻzini ajoyib tutishadi.

Abadiy olov sharsharasi, AQSH

Tabiatni oʻzi yaratgan, gʻayrioddiy sharshara. Hodisani fenomeni sababi shundaki, bu joyda katta boʻlmagan togʻ yoriq joylari bor, u orqali tabiiy gaz chiqib ketadi. Baʼzida “abadiy olov” oʻchib qoladi, lekin sayyoxlar uni yana yoqishadi. Shunday gap borki, kimda kim olovni “jonlantirsa”, unga omad sherik boʻladi.

Frangokastello qasri, Gretsiya

Krit orolida Yerdagi yagona hujjatlashtirilgan hronomiraj kuzatiladi. Har yili, mayni ohirida piyoda yoki otdagi odamlarni soyalari qurol bilan, Muqaddas Harlampiy cherkovidan Frangokastello qasrigacha harakatlanadi. Hodisa erta tongda, tinch dengizda va baland atmosfer namlikda kuzatiladi. Odatda 10 daqiqa davom etadi. Urush paytida shu yerlarni okkupatsiya qilgan Nemis askarlari, qoʻrquvdan aqlini yoʻqotishiga ozgina qolgan va mirajga oʻt ochishgan.
Cheh katakombalari, Chehiya.
1996 yilda olimlar organ ovozini qayd qilishgan, u haqida afsonalarda aytiladi. Yer osti yoli 10 metr chuqurlikda joylashgan, uni odida biron bir, shu asbob sigʻishu mumkin boʻlgan bino yoʻq, bundan tashqari guvohlarni psihologlar ommaviy gallyutsinatsiyaga tekshirishdi. Lekin asosiy sensatsiya bu “porlab turuvchi zinapoya”ni borligi. Masulotni sinovlari uni tarkibida fosfor yoʻqligi aniqladi. Bir qarashda zinapoya hech narsa bilan ajralib turmaydi, lekin vaqt oʻtishi bilan, mistik qizil-sariq rang taratishni boshlaydi.
Toshli oʻrmon, Hitoy
Chin yurtini birinchi moʻjizasi. Toshli oʻrmon 200 mln. yil avval hosil boʻlgan. Oldin bu joyda dengiz joylashgan, va unda ohakni qalin qavatlari joylashgan. Lekin tektonik siljishlar natijasida toshlar yuzaga chiqdi. Tosh oʻrmonini yer osti qismida Kvifeng gʻorida joylashgan, unda haqiqiy moʻjizalar sodir boʻladi – avgustdan noyabrgacha yer osti daryosi har 30 daqiqada quyun hosil qiladi, u bir necha daqiqa davom etadi holos, soʻngra tezda gʻoyib boʻladi.
Besh rang daryosi, Kolumbiya
Yilning katta qismida daryo huddi boshqa daryolar kabi koʻrinishga ega, lekin yozda u har hil rangli gilamga aylanadi. Qizil, pushti, koʻk, yashil va sariq ranglar daryoni bezaydi, u noyob suv oʻtlari tomonidan yaratiladi. Afsonaga koʻra, sharsharalarni “zinapoya”si ostida mohanlarni (suvli) hazinalari bor.
Qonli sharshara, Antarktida
Qonli-qizil sharshara, hattoki - 10 °Cda ham muzlamaydi. Muzlik suyuq suv oqadiganlar ichida eng sovugʻI boʻlib hisoblanadi. Garvard universtiteti olimlari bu koʻl mikroorganizmlar bilan toʻla ekanligini isbotlashdi, va ular tabiatni aqlbovar qilmaydigan hodisasidir.
Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



