Qiziqarli

Tailand qiroli uylandi: Uning rafiqasi general!

Tailand qiroli uylandi: Uning rafiqasi general!

Tailand qirolining tantanali toʻy marosimi may oyining boshlarida boʻlib oʻtdi va toj kiydirish marosimi avvalidan omma uchun kutilmagan sovgʻa sifatida yodda qoldi ham. Qirol Maxa Vachiralongkorn oʻz taqdir yoʻllarini Sutxida ismli ayol bilan bogʻlashga qaror qildi. Sutxida bundan 3 yil avval general unvoniga sazovor boʻlgan va ikki yildan beri  qirollik qoʻriqlash qoʻshinining rahbari sanaladi. Qirol Rama X nomini olgan kuyovning tanlagan yori haqidagi maʼlumotlar koʻp emas. Ammo saroy vakillari kechagina ushbu kamchilikni toʻgʻrilash qaroriga kelgan koʻrinadilar.

Tailand qiroli uylandi: Uning rafiqasi general!
Tailand qiroli uylandi: Uning rafiqasi general!
Tailand qiroli uylandi: Uning rafiqasi general!

 

Qirollik saroyi qirolichaning turli-tuman liboslar, jumladan oq rangli harbiy libos kiygan suratlarini ham rasmiy ravishda taqdim qildi. Ular orasida qirollik qabullari davomida suratga olingan oqshom obrazlari ham bor.

Tailand qiroli uylandi: Uning rafiqasi general!
Tailand qiroli uylandi: Uning rafiqasi general!
Tailand qiroli uylandi: Uning rafiqasi general!
Tailand qiroli uylandi: Uning rafiqasi general!
Tailand qiroli uylandi: Uning rafiqasi general!
Tailand qiroli uylandi: Uning rafiqasi general!
Tailand qiroli uylandi: Uning rafiqasi general!

 

Maʼlumotlarga koʻra, qirolicha Sutxida 1978 yilning 3 iyunkuni Bangkok shahrida dunyoga kelgan.

Oʻz faoliyatining ilk yillarida Thai Airways kompaniyasida styuardessa, 2014 yilda qirollik xavfsizlik xizmatining rahbari oʻrinbosari boʻlib ishlagan. 2016 yilda esa general unvonini olgan, 2017 yilda qirollik qoʻriqlash qoʻshinlari rahbariga aylangan. Sutxida va qirol 2019 yilning 1 may kuni turmush qurdilar. Toj kiydirish marosimi esa 4 may kuni boʻlib oʻtdi. Aynan shu kuni yangi kelin qirolikning rafiqasi sifatida rasman qirolicha degan nomga erishdi.

Oʻtgan haftada Tailand qirolligi rasmiy ravishda mazkur yildan boshlab qirolicha Sutxidaning tugʻilgan kuni milliy bayram sifatida nishonlanishini maʼlum qildi. Bundan buyon har yili mazkur sanada mamlakat hududida yashovchi muhtojlarga ehsonlarga tarqatiladi.  

Tailand qiroli uylandi: Uning rafiqasi general!
Tailand qiroli uylandi: Uning rafiqasi general!
Tailand qiroli uylandi: Uning rafiqasi general!
Tailand qiroli uylandi: Uning rafiqasi general!
Tailand qiroli uylandi: Uning rafiqasi general!
Tailand qiroli uylandi: Uning rafiqasi general!
Tailand qiroli uylandi: Uning rafiqasi general!

Aytish kerakki, avvallari Tailandda ona qirolicha Sirikitning tugʻilgan kuni davlat bayrami sifatida har yilning 12 avgust kuni nishonlanar edi. Rasmiy tadbirlar bilan bir qatorda mazkur kuni ayollarga jasmin gullari ila bezatilgan sovgʻalar taqdim qilingan. Boisi ushbu gul qirolicha timsoli hisoblangan. Ona qirolichaning tugʻilgan kuni ham davlat bayrami sifatida qoladimi-yoʻqmi bunisi hali maʼlum emas. 

●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar