Foydali

Taomlaringizning ideal boʻlishiga xalaqit beruvchi 14 ta pazandachilik xatolari

Taomlaringizning ideal boʻlishiga xalaqit beruvchi 14 ta pazandachilik xatolari

Odam.uz sayti  Sizlar uchun yangi oshpazlarning taom tayyorlash jarayonidagi yoʻl qoʻyadigan bir qancha xatolarni taqdim etadi. Ishonamizki, ulardan xalos boʻlsangiz, pazandachilik sanʼatining yulduziga aylanasiz.

Taomlaringizning ideal boʻlishiga xalaqit beruvchi 14 ta pazandachilik xatolari — rasm 1

Pastani qaynatib olgandan soʻng uni sovuq suvda chayib olish -italyanlarning hushidan ketib qolishiga sabab boʻlishi mumkin. Chunki pishganpastalarning ustki qismida qaylani oʻziga yaxshi shimib olishi uchun yordamberadigan kraxmali qoladi. Bundan tashqari italiyalik uy bekalari pastaqaynatilgan suvdan juda ham quyuq boʻlgan qaylalarni aralashtirish uchunfoydalanishadi.

 

Taomlaringizning ideal boʻlishiga xalaqit beruvchi 14 ta pazandachilik xatolari — rasm 2
Yangi oshpazlarning yana bir xatolari shundaki, ular taomga pomidorni kartoshka, sabzi va boshqa sabzavotlar bilan birga tayyorlashadi. Pomidor tarkibidagi kislota boshqa sabzavotlarning qaynashini sekinlashtiradi, buning oqibatida taomning tayyor boʻlishi ham koʻp vaqtingizni oladi. Shu sababdan ham sirkani oxirgi jarayonda, yaʼni taom tortilish arafasida qoʻshiladi.

Taomlaringizning ideal boʻlishiga xalaqit beruvchi 14 ta pazandachilik xatolari — rasm 3

Bu yerda hammasi oddiy - agar bulyon qaynashni boshlaganida unga tuz solsak, unda taomimizning shoʻr boʻlib qolish ehtimoli paydo boʻladi. Chunki suv qaynash jarayonida tugab ketishi mumkin. Ha aytmoqchi, mazali bulyonning siri bu - goʻshtni sovuq suvga solishdadir. Agar Siz pishib yetilgan goʻshtni qaynatmoqchi boʻlsangiz, u holda uni pishiradigan suvingiz yaxshilab qaynashi kerak. 

Taomlaringizning ideal boʻlishiga xalaqit beruvchi 14 ta pazandachilik xatolari — rasm 4

Albatta blender koʻpgina taomlarning tayyorlanish jarayonida bizga yordamchi boʻladi, lekin gap kartoshkali pyure haqida ketganda emas. Uni oʻzimizga maʼlum eski usulda, yaʼni, birinchi ezib keyin sanchqi bilan aralashtirib tayyorlasak, u mazali chiqadi. Professional oshpazlar kartoshka pishgan suvni  toʻkib yuborishadi va hattoki uni kastryulkaning oʻzida quritib olishadi.

Taomlaringizning ideal boʻlishiga xalaqit beruvchi 14 ta pazandachilik xatolari — rasm 5

Oshpazlar orasida shunday hazil yuradi: "Tuzi kam ovqat shoʻr taomdan ham yomonroqdir". Xuddi shu misol turli ziravor va dorivorlarga ham tegishlidir. Ularning kam miqdorda ishlatilishi taomni bemaza qilib qoʻyadi.  Ammo javonlardagi uchragan barcha ziravorlarni solish ham xuddi shunday natijaga olib keladi. Ziravorlarni koʻp yoki kam solish bilan taomning mazasini buzib qoʻyish mumkin. 

Bir qarashda pitsaga qancha koʻp masalliqar solinsa, ushunchalik mazali va chiroyli koʻrinadigandek tuyiladi. Aslida bu notoʻgʻri.Pitsa pishirayotganda retseptda koʻrsatilgan masalliqlarning meʼyoriga qatʼiyamal qilish lozim. Shu asnoda Siz egilib ketmaydigan, qarsildoq hamirtayyorlashingiz mumkin.  Bu esa Sizga uni xuddi pitsa vatanidagidek qoʻlbilan isteʼmol qilish imkonini beradi. Taomlaringizning ideal boʻlishiga xalaqit beruvchi 14 ta pazandachilik xatolari — rasm 6

Bir qarashda pitsaga qancha koʻp masalliqar solinsa, u shunchalik mazali va chiroyli koʻrinadigandek tuyiladi. Aslida bu notoʻgʻri. Pitsa pishirayotganda retseptda koʻrsatilgan masalliqlarning meʼyoriga qatʼiy amal qilish lozim. Shu asnoda Siz egilib ketmaydigan, qarsildoq hamir tayyorlashingiz mumkin.  Bu esa Sizga uni xuddi pitsa vatanidagidek qoʻl bilan isteʼmol qilish imkonini beradi. 

Taomlaringizning ideal boʻlishiga xalaqit beruvchi 14 ta pazandachilik xatolari — rasm 7

Makaronlar, chuchvara va boshqa xamirli mahsulotlarni koʻp suv solingan idishlarda qaynatgan maʼqul. Aksincha kam suv solingan idishda qaynatilsa, xamir sirachga oʻxshab qoladi, bunda siz kutgan mazali taom chiqmaydi. Chuchvara yoki makaronlar bir-biriga yopishib qolishidan tashqari, kastryulkaning chetlariga ham yopishib qoladi. Uni yuvish esa - juda"yoqimli" ish..

Taomlaringizning ideal boʻlishiga xalaqit beruvchi 14 ta pazandachilik xatolari — rasm 8

Mayda qilib toʻgʻrab qoʻyilgan piyoz tezda achchiq boʻlib qoladi, shuning uchun  taom achichiq tatib qolishni boshlaydi. Xuddi shuholat piyozni oʻtmas pichoqda toʻgʻraganda ham sodir boʻladi. Shu sababli piyozni ovqatga solishdan sal avval va faqat oʻtkir pichoq bilan toʻgʻrash lozim.

Taomlaringizning ideal boʻlishiga xalaqit beruvchi 14 ta pazandachilik xatolari — rasm 9

Agar goʻshtni uzunasiga toʻgʻri qilib kessak, u eng yaxshi goʻsht boʻlsa ham mazasini buzib qoʻyish mumkin.  Bunda goʻshtning boʻlaklari qovurilayotganda bir-biriga toʻqnashib ketadi va  qattiq boʻlib qoladi.  Bunday boʻlmasligi uchun goʻshtni uzunasiga koʻndalang qilib toʻgʻrash lozim. Bunda u tayyorlash jarayonida ham oʻz shaklini oʻzgartirmaydi va yumshoq pishadi.

Taomlaringizning ideal boʻlishiga xalaqit beruvchi 14 ta pazandachilik xatolari — rasm 10

Bu usul bizga buvilarimizdan qolgan boʻlsa ham, uning deyarli foydasi yoʻq. Chunki soʻndirish vaqtida xamirning ishib chiqishiga yordam beruvchi karbonat angidrid havoga uchib ketadi, xamirning koʻtarilishini taʼminlab beruvchi soda esa bu  oʻchmasdan qoladi.  Xamirishib chiqishining  qadimiy retsepti mavjud: 1/4 stakan suvda 1 qoshiq sodani eritiladi, xuddi shunday boshqa stakanga 1 choy qoshiq limon kislotasi solinadi. Oxirida ular xamirga qoʻshiladi.

Taomlaringizning ideal boʻlishiga xalaqit beruvchi 14 ta pazandachilik xatolari — rasm 11

Poʻsti qarsillab pishgan kartoshka tilimlari hammaning ishtahasini ochishi aniq. Lekin amalda bunday natijaga erishish qiyin. Kartoshkalarni tovaga qoʻyishdan oldin ularni bir necha soatga sovuq suvga solib qoʻysak, undagi ortiqcha kraxmal yoʻqoladi. Bu yoʻl bilan kartoshkalar pazandachilik jurnallaridagi kabi koʻrinishga ega boʻladi.  

Taomlaringizning ideal boʻlishiga xalaqit beruvchi 14 ta pazandachilik xatolari — rasm 12

Shuni yodda tuting: yashil sabzavotlar - brokkoli, ismaloqlar koʻp qaynatishni xush koʻrmaydi. Shuning uchun  pazandachilikda ularni qaynab turgan suvda qisqa vaqt davomida pishirib olinadi. Sabzavotning turiga qarab uning qaynash 2-5 daqiqa davom etadi. Bu usul  uning mazasi va rangini hamda vitaminlarining saqlanib qolinishini  taʼminlaydi.

Taomlaringizning ideal boʻlishiga xalaqit beruvchi 14 ta pazandachilik xatolari — rasm 13

Yana bir keng tarqalgan pazandachilik xatolaridan biri: shoʻrva uchun mahsulotlarni qovurib olishda piyoz bilan sabzini tovaga bir vaqtning oʻzida solishdir. Umuman olganda birinchi navbatda piyoz solinadi va biroz qizarganidan soʻnggina sabzi solinadi. Keng tarqalgan fikrlarga koʻra, piyozni qizartirib koʻproq pishirilsa, u taomga achchiqroq maza beradi.

Taomlaringizning ideal boʻlishiga xalaqit beruvchi 14 ta pazandachilik xatolari — rasm 14

Oshpazlar orasida shunday hazil yuradi:  "Tuzi kam ovqat shoʻr taomdan ham yomonroqdir". Xuddi shu misol turli ziravor va dorivorlarga ham tegishlidir. Ularning kam miqdorda ishlatilishi taomni bemaza qilib qoʻyadi.  Ammo javonlardagi uchragan barcha ziravorlarni solish ham xuddi shunday natijaga olib keladi. Ziravorlarni koʻp yoki kam solish bilan taomning mazasini buzib qoʻyish mumkin. 

●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar