Qiziqarli

XX asrning eng jozibali ayollari, ularning yoshlik chogʻlari hamda kareralarining soʻnggi pallalari

XX asrning eng jozibali ayollari, ularning yoshlik chogʻlari hamda kareralarining soʻnggi pallalari

Koʻk koʻzli ingliz ayoli Elizabet Teylor 1932 yil 27-fevralda Londonda tugʻilgan. Bolalik chogʻlaridanoq Elizabet oʻzing yoqimtoy koʻrinishi bilan boshqalardan ajralib turgan. Oʻzining filmdagi birinchi rolini u oʻn yoshida qoʻlga kiritgan. 1960 yilda u oʻzining “Batterfild” filmi uchun Oskar mukofotini qoʻlga kiritadi. Ammo u bundan oldin “Oskar”ga 3 marotaba nomzod boʻlgan. Uning eng soʻnggi “Old America Nags” filmi unchalik ham omadli chiqmadi. Ushbu filmdan soʻng Liza nafaqaga chiqdi.  2011 yilda 79 yoshida Elizabet Teylor yurak yetishmovchiligidan vafot etdi. U Forest-Laun qabristoniga  Walt Disney va Maykl Jeksonning  yoniga dafn qilindi.  

XX asrning eng jozibali ayollari, ularning yoshlik chogʻlari hamda kareralarining soʻnggi pallalari

Ingliz bankiri va Gollandiya baronessasining qizi Odri Xepbern 1929 yil 4 mayda Belgiyada tugʻilgan. Maftunkor qiyofa va ulkan isteʼdod Odrini XX asrning eng mashxur jozibali ayoliga aylantirdi.  "Gamin" oʻlmas uslubining asoschisi aktyorlik faoliyatidan tashqari xayriya ishlari bilan ham faol shugʻullanadi, u UNISEFning elchisi boʻlib, dunyoning eng qizgʻin joylarida xayriya ishlarida qatnashgan. 1992 yilda shifokorlar unga saraton tashxisini qoʻyishdi. Odri  Xepbern 1993 yilda, 64 yoshida vafot etdi. Ammo uning beqiyos uslubi  kelajakdagi ayollarni hali ancha vaqtgacha ilhomlantiradi. 

XX asrning eng jozibali ayollari, ularning yoshlik chogʻlari hamda kareralarining soʻnggi pallalari

Sofiya Villani Shikolone 1934 yil 20 sentyabrda Rimda tugʻilgan. Tabiatan  goʻzalligi  va tasavvur qilib boʻlmaydigan aktyorlik darajasi unga deyarli karerasining boshidanoq shon-sharaf keltirdi. 1960 yilda faqatgina "Chochara" (La ciociara) filmi uchun Sofi  “Kann”  va "Oskar" mukofotiga sazovor boʻldi. Yigirmadan ortiq lentalarda oʻynashga muvaffaq boʻlgan. 2014 – yilda Damiani zargarlik kompaniyasi  “Sofi Loren” taqinchoqlar kolleksiyasini chiqardi. Sofi oʻz nomidagi toʻplamni yuziga aylandi. Hozirda Loren suratga tushmaydi lekin kinofestivallarda qatnashib turadi. Loren xonim paparatsiya kameralariga tushmaslikka harakat qilgan. 

XX asrning eng jozibali ayollari, ularning yoshlik chogʻlari hamda kareralarining soʻnggi pallalari

Eng fojiali va sirli taqdirga ega boʻlgan aktrisaning haqiqiy ismi - Norma Jan Baker Mortenson. Merlin 1926 yilda tugʻilgan va 1962 yilda vafot etgan. Yigirmanchi asrning eng katta va ajoyib sirlaridan biri boʻlgan Monro fojiali, ammo tasavvur qilib boʻlmaydigan darajada yorqin hayot kechirdi. Gollivudning eng hayratda qoldiradigan goʻzallik timsoli 1962 yil 5-avgust kuni oʻlik holda topilgan. Bu hodisa  umuman olganda oʻz joniga qasd qilish emas, balki puxta rejalashtirilgan qotillik degan taxminlar  ham mavjud.

XX asrning eng jozibali ayollari, ularning yoshlik chogʻlari hamda kareralarining soʻnggi pallalari

Yigirmanchi asrning yana bir goʻzal yuzi boʻlan sohibjamolning haqiqiy ismi - Viven Meri Xartli va u 1913 yilda Hindistonda tugʻilgan. Yigirmanchi asrning uslub belgisi va taniqli aktrisasi, Scarlett 0ʼHara rolini 1939 yilda "Shamollarda qolgan hislarim" filmida ijro etgan. Li nafaqat magnit koʻrinishga ega, balki oʻziga xos kiyinish  uslubiga ham ega edi. Biroq, u eri bilan ajrashganidan soʻng jiddiy ruhiy muammoga duch keldi. U deyarli 25 yil davomida sil kasalligi bilan kasallanib yotdi va 1967 yilda vafot etdi. 

XX asrning eng jozibali ayollari, ularning yoshlik chogʻlari hamda kareralarining soʻnggi pallalari

Yumshoqtabiatli, jozibali va hayratlanarli Greys Kelli goʻzal nafosat va mukammal odobga ega edi. "Oʻgʻrini ushlang" filmidan soʻng, 1956 yilda Monako shaxzodasi Kellini payqadi va ular turmush qurishdi. U Malika boʻlganidan filmlarda suratga tushishi cheklandi . U yorqin hayot kechirdi.  1982 yil 14 sentyabrda  esa kutilmaganda avtohalokat natijasida vafot etgan.

XX asrning eng jozibali ayollari, ularning yoshlik chogʻlari hamda kareralarining soʻnggi pallalari

Bardoning ijodi 50 ga yaqin filmlardan iborat boʻlib, ularning deyarli har biri kinoklassikasi durdonasiga aylangan. Brijitning oʻziga hos qiyofasi oʻtashin nigohi uning tashrif qogʻoziga aylandi. Oʻz vaqtida minglab oshiqlarni qalbini yoqqan nigohi 82 yoshida ham porlashini yoʻqotmadi.  1973 yilda Bardo katta kino olamini tark etadi va hayvonlar huquqlari uchun faol kurashishni boshlagan. 

XX asrning eng jozibali ayollari, ularning yoshlik chogʻlari hamda kareralarining soʻnggi pallalari

Jina Lollobrigida 1927 yil 4-iyulda kam taʼminlangan koʻp farzandli oilada tugʻilgan. Jinaga omad qiyinchilik  bilan kelgan, bunga esa u faqat mehnatsevarligi va tabiiyatan goʻzalligi bilan erishgan. Uning qomati koʻp yillar davomida eng mukammal deb hisoblangan. 80-yillarda u hatto oʻzining goʻzal qomatini sugʻurta qildirgan. 

XX asrning eng jozibali ayollari, ularning yoshlik chogʻlari hamda kareralarining soʻnggi pallalari

"Rokko va uning akalari", "Bube kelin", "Leopard", "Pushti pantera", "Qaygʻu akti" va boshqa koʻplab filmlar abadiy jahon kinosining klassikasiga aylangan Klaudiya Kardinale ishtirok etmagan taqdirda bunday muvaffaqiyatga erisha olmas edi. Italiya goʻzali 1939 yilda Tunisda tugʻilgan. 1957 yilda "Italiya goʻzali" unvonining egasi Kardinale "Chiroyli Antonio" filmidan keyin taniqli boʻldi. 70-yillarga kelib, u shu qadar mashhur boʻlib ketdiki, u dunyodagi eng chiroyli italyan unvonini oldi va Evropaning eng mashhur goʻzallik timsollaridan  biriga aylandi. 

XX asrning eng jozibali ayollari, ularning yoshlik chogʻlari hamda kareralarining soʻnggi pallalari

Hedy hayoti davomida afsonaga aylandi. Yosh Lamarga shon-sharaf shov-shuvli "Ekstasy" filmidan keyin keldi, u yerda nafaqat aktyorlik qobiliyatini, balki ajoyib tabiyat ato etgan qobiliyatini   ham namoyish etdi. 19 yoshida Xedining ota-onasi uni badavlat  Frits Mandlaga turmushga berishdi.  Biroq, Lamar jasur qiz edi , shuning uchun xizmatkorining uyqu dorisi taʼsirga kirishi bilan  erining qasridan qochib ketgan. Shunday soʻng u Gollivudda porladi.  Xedi 85 yoshida vafot etdi, ammo uning zakovati va ulkan isteʼdodi xotirasi abadiy yashaydi.

XX asrning eng jozibali ayollari, ularning yoshlik chogʻlari hamda kareralarining soʻnggi pallalari
●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar