Yangi ixtiro qilingan oshxona anjomlari

Oshxonada doimo ish qaynaydi: dam olish kunlari ham, begim kunlari ham. Nimadir pishadi, qovriladi, xamir qoriladi, yoyiladi va hokazo. Ushbu ishlar jarayonida turli xil oshxona anjomlari bizga juda asqotadi. Quyida biz sizlarga yangi ixtiro qilingan va yaqin kunlarda xonadoningizga kirib borishi mumkin boʻlgan oshxona anjomlari haqida maʼlumotlar beramiz.
Xamir uchun sirkul

Oshxonadagi bu sirkul ishingizni anchayengillashtiradi. Xamirdan ideal doira qilish kerakmi yoki xamirning har bir diametrinioʻlchashmi – hammasi siz uchun endi oson.
Elektrsiz blender

Bundayblender ishlatish iqtisodiy tarafdan ham ancha qulay. Tarmoqsiz ishlagani uchunundan uyda ham, tabiat qoʻynida ham foydalanish mumkin
Tuxumlar uchun idish “NUJ”

Bu also oʻzga sayyoraliklarning samoviy kemasi emas.Shunchaki chala pishgan tuxumni yeyuvchilar uchun yangi andozali idish, xolos.
Qaydlar uchun qisqichlar

Bunday qisqichlar oshxonada juda asqotadi. Ulargayozib, keyin oʻchirsa ham boʻladi. Muzlatgich yoki shkafdagi masalliqlargayozib qistirib qoʻyishingiz mumkin.
Muzlatgich uchun mobil quticha

Baʼzan eng katta muzlatgichda ham joy yetishmayqoladi, ayniqsa bayram kunlari. Mana shunday holatlarda yangi ixtiro qilinganquticha asqotadi. Uni muzlatgichning biror qavatiga qistirib qoʻyish mumkin.Shunda sigʻmay qolgan masalliqlar ham joylashib ketadi.
Meva va sabzavotlar uchun gʻioflar

Bundayidishlar toʻplamining xoʻjalikdagi oʻrnibeqiyos. Besh dona elastik gʻilofdan tashkil topgan ushbu toʻplam rʼozgʻordagiortib qolgan limon, pomidor yoki piyozni saqlash uchun ishlatiladi. Bugʻiloflardan shuningdek bankalarga qopqoq sifatida ham foydalansa boʻladi
Uy sharoitidagi mini-plantatsiya

Bu ixtiro yangi barra koʻkatni sevuvchilar uchunularni uy sharoitida yetishtirish imkoniyatini beradi. Qulay va ishlatilishioddiy boʻlgan bu mini-plantatsiya LED-lampalari yordamida ishlaydi. Unda koʻkatyetishtirish uchun yerning ham, quyoshning ham keragi yoʻq.
Yigʻma qozon

Buyigʻma qozon dimlama yoki parda pishadigan boshqa taomlar uchun moʻljallangan.Unda tayyorlangan taomlar ikki baravar foydalidir, chunki masalligʻlarningvitaminlari oʻzlarida qoladi












Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



