Qiziqarli

Yangi Yil ramziga aylangan “Uyda yolgʻiz” filmi haqida qiziqarli faktlar

Yangi Yil ramziga aylangan “Uyda yolgʻiz” filmi haqida qiziqarli faktlar
Yangi Yil ramziga aylangan “Uyda yolgʻiz” filmi haqida qiziqarli faktlar

Filmda bosh qahramon rolini Makoley Kalkin ijro etgan. “Uyda yolgʻiz” filmi ijodkorlari uni boshqa kartinada oʻynaganida koʻrib, yangi ishlariga aynan uni moʻljallashadi. Biroq har ehtimolga qarshi yana koʻpgina aktyorlarni ham sinovdan oʻtkazadilar va oxir-oqibat Kalkindan yaxshirogʻi yoʻq,degan xulosaga keladilar. 

Yangi Yil ramziga aylangan “Uyda yolgʻiz” filmi haqida qiziqarli faktlar

Ha, Makaley haqiqatdan ham iqtidorli edi. Hammomda u oʻzini yuziga urib, baqirgan sahnasi esingizdami? Bu joy ssenariyda aslida boʻlmagan, buni aktyorning oʻzi oʻylab topgan va u syujetga yaxshi tushgan.

Yangi Yil ramziga aylangan “Uyda yolgʻiz” filmi haqida qiziqarli faktlar

Filmda yana bir Kalkin oʻynagan. Kevinning amakivachchasi Fuller esingizdami? Uni Makaleyning ukasi – Kiran oʻynagan

Yangi Yil ramziga aylangan “Uyda yolgʻiz” filmi haqida qiziqarli faktlar

Kevinning bosqinchilardan qochishiga yordam bergan tarantul – haqiqiy oʻrgimchak. Bola Marvinning yuziga shu oʻrgimchakni qoʻyib yuboradi. Aktyor tarantulni qoʻrqitib yubormaslik uchun baqirayotgan sahnada shunchaki ogʻzini ochib turadi, baqirayotgan ovoz esa keyin montaj orqali beriladi. Bu sahna bitta dublda olingan, qayta olishlarga aktyor rozi boʻlmagan.  

Yangi Yil ramziga aylangan “Uyda yolgʻiz” filmi haqida qiziqarli faktlar

Filmda Kevin gangsterlar haqida kino koʻradi. Bu kino aslida yoʻq, uning shu epizodlari ataylab “Uyda yolgʻiz” filmi uchun olingan.

Yangi Yil ramziga aylangan “Uyda yolgʻiz” filmi haqida qiziqarli faktlar

Oʻgʻrilikka tushgan bosqinchilar son-sanoqsiz jarohatlar oladilar. Tepaliklardan qulashlar, yiqilishlar, boʻyoq idishlarning urilishi, kuyishlar, tok urishi, shishalarning oyoqqa kirishi – tibbiyot xodimlarining taʼkidlashlaricha, bunday holatlar real hayotda oʻlimga olib kelar edi. 

Yangi Yil ramziga aylangan “Uyda yolgʻiz” filmi haqida qiziqarli faktlar
Yangi Yil ramziga aylangan “Uyda yolgʻiz” filmi haqida qiziqarli faktlar

Tabiiyki, suratga olish ishlarida aktyorlarning jarohatlanmasliklari maqsadida mulyajlardan foydalanildi. Marvinning oyogʻiga kirgan archa oʻyinchoqlar, shisha idish, oynalarning siniqlari – bularning hammasi qotgan shakar qiyomidan tayyorlangan. Lekin shunga qaramay aktyor oyogʻiga rezinadan tayyorlangan himoya vositasini kiyib rol oʻynagan.

Yangi Yil ramziga aylangan “Uyda yolgʻiz” filmi haqida qiziqarli faktlar
Yangi Yil ramziga aylangan “Uyda yolgʻiz” filmi haqida qiziqarli faktlar

Kevinning akasi Bazz esingizdami? Uning yaxshi koʻrgan qizining suratichi? Aslida bu suratda rejissyorning oʻgʻli tasvirlangan. Sababi rejissyor biror qizning rasmini qoʻysa, u kulguga qolib ketmasligi uchun shunday qilgan.

Yangi Yil ramziga aylangan “Uyda yolgʻiz” filmi haqida qiziqarli faktlar

Makkalisterlar yashagan uy haqiqiy. U Illinoys shtatida, Linkoln Avenyu, 671 manzili boʻyicha joylashgan. Suratga olish jarayonida uyning birinchi qavati, xoll va oshxonasi tushgan. Qolgan joylar dekoratsiya qilingan. Hozirda bu uy turistlar uchun diqqatga sazovor joyga aylangan.

Yangi Yil ramziga aylangan “Uyda yolgʻiz” filmi haqida qiziqarli faktlar
●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar