Qiziqarli

Yaxshiyamki qirilib ketgan tarixiy mavjudotlar

Yaxshiyamki qirilib ketgan tarixiy mavjudotlar

Qadimiy hasharotlar juda bahaybat boʻlgan deb hisoblanadi, chunki yer atmosferasida kislorod koʻproq boʻlgan. Qisman bu shunday. Lekin ularning bahaybatligiga yana bir sabab bor – bu umurtqalilar orasida raqobat boʻlmagani. Million yillar oldin, birinchi dinozavrlar paydo boʻlguniga qadar koʻpoyoqlilar sayyoramizning asosiy yirtqichlari hisoblangan.

Bahaybat dengiz chayoni

Yaxshiyamki qirilib ketgan tarixiy mavjudotlar

Bu maxluq 460 va 255 million yillar avval yashagan. Olimlar yaqin yillarda uning toshqotgan tirnoqlarini topgan va u mavjudotning asl oʻlchamlarini aniqlashga yordam bergan. Aniqlanishicha, u tasavvur qilinganidan bir yarim barobar kattaroq ekan. Dengiz chayonini uzunligi 2 metr atrofida boʻlgan.

Meganevra

Yaxshiyamki qirilib ketgan tarixiy mavjudotlar

Meganevra –303-298 million yillar avval toshkoʻmir davrida yashagan ninachisimon hasharotlar turkumiga mansub jonzotdir. Hozirgi vaqtda Yer yuzida yashab oʻtgan hasharotlarning eng bahaybati hisoblanadi. Ushbu ninachilar qanoti 75 sm ga yetadi. Ular yirtqich boʻlgan va boshqa hasharotlarni ovlashgan – masalan, diktionevrid, oʻlchami hozirgi kaptarlardek.

Bahaybat burgalar

Yaxshiyamki qirilib ketgan tarixiy mavjudotlar

Xa, Yura davrida ham oʻzining bahaybat burgalari boʻlgan. Ular dinozavr va pterozavrlarda yashab, oziqlangan. Albatta, hozirgi zamon burgalariga qaraganda ularning oʻlchamlari juda katta bo'lgan. Yura davri burgalari 2,3 sm gacha yetishi mumkin. Bu albatta 2 metrlik suv chayonichalik emas-ku, lekin baribir katta.

Pulmonoscorpion

Yaxshiyamki qirilib ketgan tarixiy mavjudotlar

Quruqlikda ham bahaybat chayonlarning oʻziga yarasha turi mavjud boʻlgan. 336 dan 326 million yil ilgari Yer sayyorasida mana bunday uzunligi 70 sm ga yetadigan maxluqlar hayot kechirgan.

Anomalokaris

Yaxshiyamki qirilib ketgan tarixiy mavjudotlar

Bu koʻp oyoqli mavjudot – kembriy davrining eng katta organizmlaridan biri. Anomalokarisaning tana uzunligi 60 smga yeta oladi deb hisoblanadi. Shu bilan bir qatorda, bu mavjudotning koʻzlari ushbu asrdagi mavjudotlarnikiga nisbatan ancha rivojlangan boʻlgan. Uning ikki koʻzidagi 16 ming geksagonal linzalar yuqori sifatli koʻrish qobiliyatini taʼminlab bergan. Solishtirish uchun aytishimiz mumkinki, zamonaviy pashshalar koʻzida 4 ming atrofida linzalar mavjud.

Gallyutsigenlar

Yaxshiyamki qirilib ketgan tarixiy mavjudotlar

Juda gʻalati mavjudot. Qisman uning nomi ham shundan kelib chiqqan, koʻrinishi rostdan ham gollyutsinatsiyaga oʻxshaydi. Hozirgi koʻpoyoqlilarning avlodi aynan shu tarixiy mavjudot deb ham hisoblanadi. Koʻrinishidan chuvalchangga oʻxshaydi, ikki tomonidan suyanadigan oyoqlari va belida tikanlari bor. Ularning boshi choʻzilgan, koʻzlari esa oddiy boʻlgan. Tanasining uzunligi bor yoʻgʻi 3 sm gacha yetgan.

Artroplevra

Yaxshiyamki qirilib ketgan tarixiy mavjudotlar

Noodatiy, bahaybat juftoyoqli koʻpoyoq. Bu maxluqlar Yer yuzida kech karban davridan perm davrining boshigacha 314-290 million yil avval yashagan. Bu odamzotga maʼlum boʻlgan eng katta umurtqasizlardir. Artoplevraning 30 juft oyogʻi boʻlgan va tanasi yassi boʻlib, uzunligi 2,6 metrga yetgan. Biroq hozirgacha bu jonzotlar nima bilan oziqlangani sirligicha qolmoqda. Olimlar buni aniqlay olmayotganing sababi esa, ushbu mavjudod qoldiqlarining birortasida ham ogʻiz topilmagan.

Kameroseras

Yaxshiyamki qirilib ketgan tarixiy mavjudotlar

Bu bahaybat mollyuska poleozoy erasida yashagan eng katta mavjudotlardan biri boʻlgan. Undagi chigʻanoqning oʻzi uzunligi 10 metrga yetgan, yani oyoqlari bilan bu jonivor 11 metr atrofida boʻlgan. Oʻzining yashash maydonida u eng yuqori yirtqich boʻlgan. Chuqur suvlarda u asosan qisqichchayonlar va katta boʻlmagan oyoqkallalar bilan oziqlangan.

Bunday g'aroyib, bahaybat va qo'rqinchili mavjudotlar qachonlardir sayyoramizda yashaganini bilib, hayratdan yoqa ushlamay ilojimiz yo'q. Eng muhimi, yaxshiyamki, hozirgi davrda bunday jonzotlar qirilib ketgan. Chunki bunday ga'yrioddiy maxluqlar odamzot hayotiga katta xavf tug'dirishi mumkin edi.

●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar