Yaxtalar toʻgʻrisida siz bilmagan 10 ta fakt

1. Eng avvalo shunisidan boshlash kerakki, kemani doimo parvarish qilish yaxshigina mablagʻ sarflanishini talab qiladi.

Zamonaviy yaxtani hamma obroʻli biznesmenlar ham harid qilishga qurbi yetmaydi. Bunday kemani sotish olish uchun tuzukkina mol-dunyoga ega boʻlishi kerak, chunki unga egalik qilish, doimiy ravishda shay holatda ushlab turish uchun parvarishlash nisbatan juda katta sarf-harajatga tushadi. Haryili bunday kemalarning egalari ekipaj aʼzolariga maosh toʻlaydi va kemaning harajatlari bilan birga ular yiliga 200 ming AQSH dollaridan 4 million AQSH dollarigacha pul sarflaydi.

Buning hammasi yaxtaning uzunligi va undagi xizmat koʻrsatuvchi xodimlar soniga bogʻliq. Aynan shuning uchun ham yaxtada sayr qilishni sevuvchilarga bu vaziyatdan chiqishning eng yaxshi usuli – motorli yaxtalarni ijaraga olish. Taassurotlar oʻsha-oʻsha, sarf-harajatlar esa anchagina kamroq.
Gʻarb mamlakatlarida yaxtalar hashamatning bir elementi, shuning uchun ham oʻz nufuzliligini namoyon qilish maqsadida sotib olinadi. Sharqiy mamlakatlarda esa bunday qayiqlar aksariyat hollarda biznes vositasi hisoblanadi. Koʻpchilik mamlakatlar super yahtalarni ishbilarmon muzokaralarni oʻtkazish va kelishuvlarni imzolash uchun ijaraga berish amaliyotini qoʻlaydi. Boshqa soʻzlar bilan aytilganda bu qayiqlar muzokaralar uchun zallar vazifasini bajaradi.

Microsoft komaniyasining taʼsischilaridan biri yirik va albatta juda qimmat yaxtani sotib oldi. “Sakkizoyoq” nomli uning kemasi xatta atom suvosti kemalar bilan bemalol taqqoslay olinadigan basavlat kattalikka ega. Uning bortida dengizga chiqish uchun maishiy jihatdan juda qulay boʻlgan hamma narsa mavjud. Eng asosiy fazilati esa uning bortidagi vertolyot maydonchasidir. Masalan, bugungi kunda bu yaxtani Google ijaraga olgan va ilm-fan maqsadlarida foydalanadi.

Zamonaviy yaxtalarda harakatlanish vositalarini ham saqlash uchun joy yetarli. Bu toʻlqinlar uzra sayr qilish uchun oddiy changʻilardan boshlab, skuterlar va turli qayiqlar boʻlishi mumkin. Ancha kattaroq kemalar esa oʻz bortlarida suvosti kemalar, katerlar va xatto vertolyotni ham sigʻdira oladi. Koʻp hollarda bu narsalar koʻngilochish yoki portga kirmagan holda zudlik bilan qirgʻoqqa yetib olish maqsadlariga xizmat qiladi.

5. Oʻta serhasham yaxtalar koʻpincha sharqda uchraydi.

Ekipaj xatto yaxta dengizga chiqmagan paytlarda ham ishini davom ettiraveradi. Bu turli buzilishlarni oldini olish va kemani aʼlo darajada saqlash uchun juda zarur boʻlgan shartlardan biri. Bundan tashqari yaxtaning egalari u portda turgan paytlarda dam olish maqsadida undan foydalanadilar.

Koʻpchilik yaxtalarning ekipajlari uning egalari va mehmonlar uchun eng yuqori darajadagi xizmatni koʻrsatishlari shart. Bu degani, agar yaxta dengizda boʻlsayu uning egasi Makdonaldsʼdan fri kartoshkasini xohlab qolgudek boʻlsa, ekipaj bu istakni bajarish uchun zudlik bilan vertolyotda gazakxonaga yoki kafega uchib borib kelishi kerak boʻladi.

Yaxtaning mavjudligi – egasining nufuzi bilan boyligidan darak beruvchi belgi. Kemaning uzunligi qanchalar katta boʻlsa uning egasi shunchalar badavlat ham boʻladi.

Koʻpchilik boy-badavlat odamlarning togʻday pulari bor, shuning uchun ham gohida ular bu pullarni qayerga sarflashni bilmaydilar ham. Natijada ular oʻta serhasham kemalarni sotib oladi. Biroq, inson tabiati shunaqaki, u hech ham toʻmaydi va albatta sh istagi paydo boʻladi.

PayPal rahbarlaridan biri Piter Til bir qancha vaqt avval bortida zamonaviy shahar qurilishi shart boʻlgan noanʼanaviy yaxtaning yaratilishiga sarmoya kiritdi. Dastlabki maʼlumotlarga qaraganda bunday kemaning kattaligi neft tashuvchi tankerning kattaligiga teng boʻlishi kutilgan.
Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



