Yangi yil 2018 haqida qiziqarli: 2018 yil turli burj vakillari uchun qanday keladi?

Qoʻy burchi vakillariga hos boʻlgan raqobat hissi 2018 yilda ham oʻz muhimligini yoʻqotmaydi. Aksincha, bu yuqori natija, yirik muvaffaqiyatlar uchun asos boʻlib xizmat qiladi.
Soʻzlaringizni oʻylab gapiring, atrofdagilar gapirganlaringizni keskin tarzda qabul qilishadi. Buning boisi sizning muvaffaqiyatlaringizga hasad qilishlaridir!
Mazkur yil siz uchun baxt va xursandchilik yili boʻladi. Agar biror inson bilan shaxsiy munosabatlar oʻrgatgan boʻlsangiz, muhabbatingiz yanada mustahkamlanadi. Agar yolgʻiz boʻlsagiz, ushbu yilda ikkinchi yarmingizni uchratishingiz mumkin. Kechagina faqat hayolda boʻlgan narsalar uchun sizga yangi imkoniyatlar beriladi!
Buzoq burji vakillarini mazkur yili hayotning turli jabhalaridagi oʻzgarishlar kutib turibdi. Yuragingizni eshiting, yaqinlaringiz tavsiyasiga quloq soling. Yangi 2018 yilda oʻzingizni birinchi oʻringa qoʻying, oʻzingizni eshitib, oʻzingizga ishonishni oʻrganing.
2018 yilda hamisha sergak boʻlish sizdan talab etiladi, begonalarga tegishli muammolarni ham koʻnglingizga yaqin olavermang. Kelgusi yilda oʻzingizga nisbatan eʼtiborsizlik qilish kerak emasligini tushunib olasiz. Borligi haqida tasavvur ham qilmagan muammolar bilan toʻqnash kelganda koʻzlaringiz ochiladi.
Yil boshi siz uchun biroz tashvishli boʻlishi mumkin, ammo tez orada hayotingizda yangi bir yoʻl paydo boʻladi. Unutmang, 2018 yilda barchasini qaytagan va toʻgʻri koʻrinishda boshlash imkonini olasiz! Vaqtning sizga bosim oʻtkazishiga yoʻl qoʻymang. Bugungi hayotingiz qadriga eting.
Oʻzingizni mehribon doʻstlar va mustahkam oila ila qurshab olgansiz. Ushbu jarayon yildan-yilga rivojlanib bormoqda, ammo baʼzan hayotingizda nimadir yetishmayotgandek tuyuladi. 2017 yil oxiri va 2018 yil boshi siz uchun juda sokin tarzda oʻtadi. Siz sevimli insonlar qurshovidasiz va oʻzingizda garmoniya hissini tuyasiz.
Anchadan buyon eski doʻstingizni uchratmadingizmi? Balki uzoq qarindoshlar haqida unutgandirsiz? Har qanday holatda ham 2018 yilni ana shu “yoʻqolgan” narsalarni izlash payida oʻtkazasiz. Ammo tashvishga tushmang! Izlagan albatta topadi ham! Yangi ish, romantik sarguzashtlar, qiziqarli taʼtil va haqiqiy oʻzgarishlar sizni kutmoqda!
2018 yil siz tomon barcha narsani nazoratda ushlab turish imkonsiz ekanligini oʻrgatuvchi vaziyatlarni taqdim etadi. Aynan shu yili hech qanday zaruratsiz ushlab turgan narsalaringizni bir-ketin qoʻyib yuboрasiz va oʻzingizni erkin his qila boshlaysiz. Bu yil siz uchun ozodlik yili boʻladi.
Eng muhimi, tashvishga tushmang. 2018 yilda sizni bir nechta muammolar qarshi olishi mumkin, ammo ularga nisbatan munosabatingizni oʻzgartirishingiz kerak. Oʻz ichki ovozingizni sinab koʻring va hech qayerga shoshilmang. Oʻzgarishlar siz tomon yangi hayot, yangi imkoniyatlar va yangi tajribalarni olib keladi.
Tarozilar uchun mazkur yil yodda qolarli davr boʻlishi kutilmoqda. Chunki yangi hodisalar chuda koʻp boʻlib, ularning bari siz uchun foydali boʻladi.
Mazkur yilda koʻp bora xatoga yoʻl qoʻydingiz. Shu sababli ularni kelgusi yilda ham takrorlamaslikka harakat qiling. Agar tavsiyamizga quloq tutsangiz, 2018 yil siz uchun uygʻonish va yangilanish pallasi boʻladi. Bu yilda juda koʻp chiroyli hodisalar sodir boʻlishi kutilmoqda. Kelgusidagi 12 oyni qanchalar yuqori natijalarga koʻtarila olishingizni sinab koʻrish uchun sarf qiling.
Siz hamisha koʻp qirrali inson boʻlgansiz. Tinchlaning, oʻzingizga tashqaridan nigoh tashlab koʻring. Barchasi aʼlo darajada, shunday emasmi? Ushbu yillar davomida uzoq yoʻlni bosib oʻtdingiz, shuning uchun faqatgina muvaffaqiyatlar emas, ularga boʻlgan munosabatingiz ham muhim. Kelajak haqida tashvishga tushishni bas qiling: Barchasi koʻngildagidek boʻladi!
Kelgusi yilda sizni yangi takliflar va gʻaroyib vazifalarni kutib turibdi. Bu yil siz uchun sinov yili boʻlib, uning shiori “Menga qoʻlingdan nimalar kelishini koʻrsat!”” tarzidadir. Koʻp ishlash va goh u yerda, goh bu yerdagi “yongʻinlarni oʻchirishga” tayyor turing. Oxir-oqibat barcha urinishlaringiz yangi muvaffaqiyatlarni boshlab keladi.
Siz uchun asosiy baxt – yaqinlaringizning baxtli ekanliklarini bilishdan iborat. Aynan ushbu prinsip shaxsiy munosabatlaringizda ham yetakchilik qiladi. Boshqa tarafdan, haddan ortiq gʻamxoʻrlik yaqinlaringizning mustaqil qaror qilishlariga toʻsqinlik ham qilishi mumkin. Yaxshisi, maʼsuliyatini oʻz boʻynilariga olish va oʻz qarorlari uchun javob berishni oʻrgansinlar. Agar ushbu tavsiyaga amal qilsangiz, yilning ikkinchi yarmiga kelib natichalarni koʻra boshlaysiz, yaqinlaringiz koʻz oʻngingizda mutlaqo boshqa odamlarga aylanib borishadi! Togʻ echkisi vakillari uchun 2018 yil – hotirjamlik, garmoniya va koʻngildagi barcha tushunchalarni tartibga solib olish yili boʻladi!
Siz uchun asosiy baxt – yaqinlaringizning baxtli ekanliklarini bilishdan iborat. Aynan ushbu prinsip shaxsiy munosabatlaringizda ham yetakchilik qiladi. Boshqa tarafdan, haddan ortiq gʻamxoʻrlik yaqinlaringizning mustaqil qaror qilishlariga toʻsqinlik ham qilishi mumkin. Yaxshisi, maʼsuliyatini oʻz boʻynilariga olish va oʻz qarorlari uchun javob berishni oʻrgansinlar.
Agar ushbu tavsiyaga amal qilsangiz, yilning ikkinchi yarmiga kelib natichalarni koʻra boshlaysiz, yaqinlaringiz koʻz oʻngingizda mutlaqo boshqa odamlarga aylanib borishadi! Togʻ echkisi vakillari uchun 2018 yil – hotirjamlik, garmoniya va koʻngildagi barcha tushunchalarni tartibga solib olish yili boʻladi!
Siz tabiatan taʼsirchan va ijodkor insonsiz. Baʼzan esa aynan shu sabab oʻzingizni haddan ortiq bosim ostida deya his qilasiz. Ayrim holatlarda shunday paytlar boʻladiki, umuman hech narsaga qoʻlingiz bormaydi. Sizdan talab etiladigani fikrlash uslubingizni oʻzgartirishdir. Bir narsani tushuning, agar ortiqcha koʻngil tashvishlaridan holi tarzda ishga kirishsangiz, qarshingizda yangi imkoniyatlar ochiladi. 2018 yil baрcha sohalarda siz uchun qanday boʻlishini oʻzingiz hal eting! Oʻzingizga ishoning – dunyo ham sizga ishonadi!
Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



