Qiziqarli

Ajoyib va gʻayrioddiy oshxona suratlari

Ajoyib va gʻayrioddiy oshxona suratlari

Nazokatli va oʻziga xos oshxona nafaqat oʻz oila aʼzolaringiz balki mehmonlaringiz ham afzalligiga koʻra baholaydigan uyingizning xaqiqiy bezagi boʻlib qoladi. Ushbu oshxonalar taom tayyorlash uchun joy qanday boʻlishi zarurligi toʻgʻrisidagi tasavvuringizni tubdan oʻzgartirib yuboradi. Biroq oʻzingiz ham orzuingizni amalga oshirib oʻzingizga yoqqan tarzdagi mebelga buyurtma berishingiz mumkin.

Ajoyib va gʻayrioddiy oshxona suratlari

Bizning noyob oshxonalar roʻyxatimizda birinchi oʻrni – Gollandiyalik dizayner Robert Kolenikdan cheklangan kolleksion nusxadagi betakror oshxona mebelidir. Oshxonaning noodatiy ishchi stoli ichiga tropik baliqlar va suv oʻsimliklari solingan, buning ustiga salqin moviy tus beradigan diod-chiroq yoritgichlar bilan jihozlangan ulkan toʻgʻri burchakli akvariumni aks ettiradi.

Bu ishchi stolda taom tayyorlash uchun barcha kerakli narsalar – ishonchli va sifatli materialdan tayyorlangan qulay ishchi yuza, oshxona anjomlarini saqlash uchun sigʻimli yashirin tokchalar mujassam.

Ajoyib va gʻayrioddiy oshxona suratlari

Dizaynerlik stoli suvni almashtirish yoqi baliqchalarni boqish maqsadida yuqori ishchi panelni koʻtarish imkonini bera oladigan qoʻshimcha maxsus pult bilan jihozlangan. Gollandiyalik dizayner tomonidan yaratilgan ushbu gayrioddiy stol dengiz va ummon ishqibozlariga albatta yoqadi, chunki xatto qishki mavsumda ham bunday mebelli oshxonada tropik va ekzotik plyaj muhiti xumronlik qiladi.

Akvariumga ega boʻlgan toʻgʻriburchakli ish stolning yuzasi qulay elektr plitasi, shuningdek rakovina bilan jihozlangan. Ishchi stolning yoruq yuzasida bemalol sabzavotlarni yoki goʻshtni toʻgʻrash mumkin, chunki stolning mustaxkam yuzasi hech qachon tirnalmaydi va sinmaydi.

Oshxona stoli yuzasi hech qanday toksik yohud boshqa zaharli ximikatlar bilan qoplanmagan va shuning uchun ham u mutlaqo xavfsiz sanaladi. Akvariumli bunday stol boshqa istalgan uslublar, xususan zamonaviy, minimalistik va klassik uslubdagi oshxona interyerining tugalligini taʼminlaydi.

Ajoyib va gʻayrioddiy oshxona suratlari

Mazkur suratdagi yorqin va zamonaviy oshxona mebeli Snaidero va Pininfarina kompaniyalarining oʻrtasidagi hamkorlik munosabatlarining yigirma besh yilligi munosabati bilan tayyorlangan. Ushbu mebel shuningdek cheklangan eksklyuziv kollektsiyaga kiradi va alohida buyurtmaga koʻra cheklangan miqdorda tayyorlanadi.

Koʻp tarmoqli vazifalarni bajaruvchi oshxonalar avtomobil shinavandalariga juda yoqadi, chunki yorqin hamda ravon yuza va oshxonaning qoʻshimcha jihozlari taniqli sport avtomobillarni, ayniqsa Ferrarini yodga soladi.

Snaidero kompaniyasi zamonaviy oshxona mebelini 3 ta asosiy rangda: klassik oq va qora, shuningdek yorqin qizil rangda ishlab chiqaradi. Quyiladi suratda esa oshxonaning qora ishchi stollari bilan yorugʻ qizil namunasi uygʻunligi aks ettirilgan.

Yumshoq va qora-qizil tusdagi oshxona zamonaviy xonadon yoki uy oshxonasi hududini bezash uchun juda mos keladi.

Ajoyib va gʻayrioddiy oshxona suratlari
Ajoyib va gʻayrioddiy oshxona suratlari

Minimalistik va dengiz uslublarining uygʻunligini aks ettiradigan, Marecucina kompaniyasi dizaynerlari tomonidan yaratilgan ushbu oshxona dengiz yaxtalari va kruizlarni ishqibozi boʻlgan insonlarga juda yoqadi. Uslubiy oshxona dengiz va ummon kengliklarida suzib yurgan ulkan yelkanli kemani eslatadi.

. Oshxona mebeli ekologik toza materiallardan tayyorlangan. Dizaynerlar bu borada tabiiy daraxt tuslari va klassik oq рangning muvaffaqiyatli uygʻunligidan foydalanganlar.

Ajoyib va gʻayrioddiy oshxona suratlari

Keyingi suratdagi oshxona stolining dizayni bilan CochraneDesign kompaniyasi shugʻullangan. Ultraminimalistik uslubdagi oppoq ovalsimon ishchi stol kichik uy yoki xonadonni bezashda juda qoʻl keladi, chunki ixcham stol xonangizdan koʻp joy egallamaydi. Zamonaviy stol koʻp miqdordagi tortma va tokchalar bilan jihozlangan, mebelning ishchi yuzasini esa taom tayyorlash uchungina emas, ovqatlanish uchun ham ishlatsa boʻladi.

Mebelni yaratilishida dizaynerlar kosmik parvozlar toʻgʻrisidagi filmlardan ilhom olganlar, shuning uchun ham oppoq stol Yerga uzoq sayyoralardan uchib kelgan sirli va jumboqlarga boy fazoviy obyektni eslatadi.

Ajoyib va gʻayrioddiy oshxona suratlari

Dizayner Villi Brakbauer noodatiy oshxona mebelini tayyorlash uchun xaqiqiy yirik dub daraxtining kesilgan bir boʻlagini, shuningdek mustaxkam beton plitasini ishlatgan.
Ushbu mebel oʻziga xos chiqqan va industrial uslubdagi oshxona hududini jihozlash uchun juda mos kelgan. Oshxona mebeli qulay ichki plita va rakovina bilan jihozlangan. Ish stolining mustahkam va qattiq yuzasi esa taom tayyorlash uchun juda mos.

Keyingi fotosuratdagi oshxona stoli xaqiqiy daraxtlarning shoh va oʻzaklaridan tayyorlangan. Stol dizayni Laurel Feldman Interiors kompaniyasiga tegishli. Dagʻal daraxtdan boʻlgan bu noodatiy stol qishloq yoki industrial uslubdagi xususiy yoki dala xovli uylar interyerni bezash uchun mos keladi. Tabiiy yogʻochdan boʻlgan stol devorlari, pol va shifti yorqin daraxtdan yasalgan yogʻochli panellar bilan qoplangan oshxonaning ochiq interyeriga juda mos.

Ajoyib va gʻayrioddiy oshxona suratlari
Ajoyib va gʻayrioddiy oshxona suratlari

Bay Cabinetry & Design Studio dizaynerlari tomonidan taqdim etilgan noanʼanaviy oshxona mebeli kiтobsevarlarga juda yoqadi, chunki stolning yon tomonida joylashgan, tabiiy yongʻoq yasalgan tortma polkaga taom tayyorlash jarayonida doimo qoʻl ostingizda boʻladigan va pazandalik sanʼatining sir-asrorlarini oʻz ichida jamlagan kitoblarni joylashtirishingiz mumkin.

Noodatiy dizaynerlik oshxona mebeli yumshoq tarzda mehmonxonaga ulanib ketgan ochiq planirovkali hududni jihozlashda juda mos keldi.

Ajoyib va gʻayrioddiy oshxona suratlari

Bir qarashda havoda uchayotganday tuyulishi mumkin boʻlgan osma stollar uy yoki xonadonning kichik hududini techash yoki undan samarali foydalanish imkonini beradi. Bates Masi Architects kompaniyasi dizaynerlari minimalistik uslubdagi va xaqiqatdan ham noyob oshxona mebelini yaratdilar. Bu mebel qishloq uslubidagi dala xovli interyeriga mos keladi.

Oshxona devoriga oʻrnatilgan oq rangdagi savlatli ish stoli oʻz ichida katta plita va taom tayyorlash uchun yetarli joyni jamlagan. Ishchi stolining ustiga oʻrnatilgan ochiq osma polkaga esa zarur boʻlgan oshxona idish-tovoqlari va boshqa kerakli anjomlarni joylashtirish mumkin.

Suratdagi noodatiy oshxona mebelini yaratishda Kim Duffin for Sublime Architectural Interiors kompaniyasi dizaynerlari ishladilar. Noyob mebel zamonaviy uslubdagi uy oshxonasining interyerini bezashga juda mos keladi.

Tabiiy yogʻochdan tayyorlangan va devor ichiga oʻrnatilgan oshxona shkaflari juda koʻp tortma, polka va qutichalarni oʻzida chamlagan. Xonani imkon qadar kengroq koʻrsatish maqsadida dizaynerlar sovutgichni ham oshxona shkafi ichiga oʻrnatganlar.

Oshxonaning och kulrang ish stoli tanovul qilish sohasi bilan ulanib ketadi. Tanovul qilish stoli bir qarashda uchayotganday yoki muallaq xolatda turganday tuyuladi. Tanovul stolining marmar yuzasi esa oddiy koʻz bilan qaraganda deyarli bilinmaydigan shaffof oyoqchalarga mustahkam tarzda qotirilgan. Toʻplam engil va shaffos stullarni ham oʻz ichiga oladi. Zamonaviy oshxona toʻq va och-kulrang, shuningdek yorugʻ moviy tuslarda boʻlib, zamonaviy, maftunkor va qulayligi bilan ajralib turadi.

Ajoyib va gʻayrioddiy oshxona suratlari

zamonaviy stolning uzun bar peshtaxtasi ham bir qarashda xavoda osilib turgandek tuyuladi. Dizaynerlar oshxona hududi inter"erini bezash uchun yoрqin qizil, klassik oq va qora ranglardan foydalanishdi. Bu qaror borasida esa ular mutlaqo adashmadilar!

Uslubiy oshxona bevosita taom tayyorlash yoki tanovul qilishdan tashqari kichik xonaki bazmlarni ham tashkil qilinish uchun imkon beradi. Ochiq planirovkali xonaning oq ranngli poli, devor va shiftlari uni koʻrinishini kengroq qilib koʻrsatadi.

●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar