Dunyoning eng sirli mamlakatining birinchi xonimi haqida bilasizmi?

Uning qanday inson ekanligini bor-yoʻgʻi bir nechta suratga qarab bilishingiz mumkin, sabab u boshqa oʻlkalarning birinchi xonimlari kabi omma qarshisiga tez-tez chiqmaydi, yangiliklar qatorida uning nomi hech qachon koʻzga tashlanmaydi. Ammo shunga qaramay sirli xonim haqidagi bir nechta maʼlumotlaрni izlab topishning imkoni bor.

Shimoliy Koreyaning birinchi xonimi Chxondjin shahrida, shifokor va oʻqituvchilar oilasida tavallud topgan. Uning tugʻilgan yili 1985 yildan 1989 yilgacha boʻlishi mumkin deb tahmin qilinadi. Demak bundan hulosa qilish mumkinki, Li Sol Chjuning yoshi tahminan 28-33 da.

Li Sol Chju Shimoliy Koreya rahbariga turmushga chiqishdan avval KXDRning Pxenyandagi Kim Ir Sen nomli universitetida tahsil olgan. 2005 yili esa Osiyo chempionati oʻyinlari doirasida yengil atletikachi sportchilar tarkibida Janubiy Koreyaga tashriq buyurgan.

Li Sol Chju xonandalik va musiqa bilan qiziqqan va bir muddat davomida Xitoyda vokal boʻyicha tahsil olgna. Uning boʻlgʻusi umr yoʻldoshi Kim Chen In ham qizni birinchi marta u ishtirok etayotgan “Inxasu” davlat orkestri chiqishi paytidagi translyatsiyada koʻrib kolgan.

Ommaviy axborot vositalarining taʼkidlashlaricha, Li Sol Chju Shimoliy Koreya rahbariga ikki qiz farzandni taqdim etgan (tahminan 2010 va 2013 yillarda). 2017 yilning fevral oyida esa ushbu mashhur oilada oʻgʻil farzand dunyoga kelgan. Janubiy Korya razvedkasi maʼlumotlariga koʻra uchinchi bor farzand dunyoga keltirish ayolning shaxsiy xohishi emas, erining buyrugʻidir – zero mamlakatga yagona boʻlsa-da merosxoʻr zarur edi.

Li Sol Chju Shimoliy Koreya birinchi xonimlari orasida oʻz tashqi koʻrinishini keskin ravishda oʻzgaрtirgan va sochlarini kalta koʻrinishda kesib tashlagan ilk ayoldir. Zotan unga qadar mamlakat rahbarlarining rafiqalari hamisha uzun soch bilan yurishgan. Bundan tashqari, ayolda gʻarb brendlariga nisbatan ham katta qiziqish mavjud: uning aksessuarlari orasida Shanel va Dior sumkalari mavjud. Shuningdek boshqa shimoliy koreyalik aholi vakillaridan farqli ravishda u rahnamolar surati tushirilgan znachok oʻrniga zamonaviy va qimmatbaho toʻgʻnagʻich taqishni afzal biladi.

Li Sol Chju erinig keskin va qattiq feʼl-atvoriga qarshi bir tarzda uni mamlakat ayollariga turli yengilliklar berishga koʻndira oldi. Shundan soʻnggina Kim Chen In Shimoliy Koreya ayollariga shim va jinsi, qora kolgotka, baland poshna va plaftformali tufli kiyishga ruhsat berdi. Ularga berilgan “yengilliklar” qatorida velosipedda yurish imkoniyati ham bor.
Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



