Hech qachon kech emas! Agar muvaffaqiyat kechiksa…

Xuddi shu muammo rosa kuch quvvatga toʻlgan- odatda 35 yoshdan 45 yoshgacha boʻlgan odamlarda ham kuzatsa boʻladi. Siz ham shunday deb oʻylaysizmi? Yaʼni, muvaffaqiyat faqat yoshlar uchun, deb oʻylaysizmi? U kelsa yoki birdaniga keladi, yoki hech qachon kelmaydi, sizningcha shundaymi? Unday boʻlsa mana bu qisqacha maqola aynan siz uchun!

Titsian (Tiziano Vecellio) "Masihga taʼziya"asari ustida ishlashni 83 yoshida boshlagan.

Madam Tyusso koʻrgazmasining koʻp yillik joydan joyga koʻchishidan keyin Londonda oʻzining mum shakllari muzeyini ochdi, shu paytda u 66 yoshda boʻlgan.

Konrad Adenauer (Konrad Hermann Joseph Adenauer) 74 yoshida birinchi marta, 85 yoshida esa - toʻrtinchi marta Federal kansler lavozimiga ega boʻlgan.

Uinston Cherchil (Sir Winston Leonard Spencer-Churchill) 76 yoshida bosh vazir boʻlgan.

Jon Glenn (John Herschel Glenn, Jr.) 77 yoshida koinotga qaytadan parvoz qilgan birinchi astronavt.

Bertran Rassell (Bertrand Arthur William Russell) – britaniyalik faylasuf, logik, matematik va jamoa arbobi – 3-chi graf Rassel oʻzining uch jildli tarjimai holini 95 yoshida yozishni boshlagan va uni ikki yil ichida tugatgan.

Koko Shanel (Gabrielle Bonheur "Coco" Chanel) moda olamiga yana bir marta qaytib 71 yoshida yangi kolleksiyasini taqdim etgan.
Endi bir oʻylab koʻring, hozir necha yoshdasiz? Xoʻsh, hayot tugab qoldibdimi?
Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



