Hind kino aktrisasi Priyanka Chopra amerikalik xonanda Nik Jonasga turmushga chiqdi!

Toʻy Hindistonning Jodjpur hududida hinduiylik anʼanalariga koʻra, 2 dekabr kunida esa nasroniylikdini udumlariga muvofiq boʻlib oʻtdi.

Priyanka 36 yoshda, Nik esa endigina 25 ga kirgan. Ammo yosh, millat va dinlar orasidagi farq ham ularninng muhabbatiga toʻsqinlik qila olmadi.


People nashri esa toʻydan olingan eksklyuziv suratlar bilan boʻlishdi. Kelin marosim paytida Raplh Lauren tomonidan yaratilgan libos va 23 metrli fatada boʻlgan.


Libosni yaratish uchun 2000 soat vaqt sarf qilindi.


Hindcha marosimda esa yoshlar Hindistonning milliy liboslarida boʻlishgan. Priyanka Sabyasachi Mukherji modalar uyi tomonidan yaratilgan sari kiydi. Nik ham hind kuyovlari kabi kiyinib olgan.

















Aslida ularning toʻylari haqidagi mish-mishlar anchadan beri shov-shuv boʻlib kelayotgandi. Sababi juftlik turli taqdimotlarda va sayrlar paytida koʻp bor birga suratga olingan. Keyinchalik esa bu rasmiy ravishda tasdiqlandi.







Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



