Foydali

Hech qachon urfdan qolmaydigan 11 universal libos

Hech qachon urfdan qolmaydigan 11 universal libos

Oʻn yillar avvalgi moda tendensiyalarini oʻrganish chogʻida har bir ayolva qiz garderobida mavjud boʻlishi tavsiya etiladigan, aktual trendlardan holi ravishda hamisha urfda boʻladigan liboslar qaysilar ekanligini aniq bilishingiz mumkin.

Hech qachon urfdan qolmaydigan 11 universal libos

Jinsi shimlarining ham urfdan qolishi mumkin ekanligini bilasiz. Kechagina etak qismi keng shimlar urfga kirgan boʻlsa, bugun tor bichimdagi shimlar trend darajasiga koʻtarilgan. Ammo odatiy koʻrinishga ega va toʻgʻri bichimli jinsilar heya qachon oʻzining universalligini yoʻqotmaydi. Uning toʻq koʻk rangli turidan tanlasangiz, nur ustiga aʼlo nur. 

Nima bilan kiyiladi?

Klassik bichimga ega boʻlgan jinsini garderobdagi eng ajoyib liboslardan biri deya taʼriflash mumkin. Uni istalgan turdagi  kiyimlar bilan birga uygʻunlashtirish imkoni mavjud. Ushbu libosni kerak boʻlgan vaqtda klassik uslub, oʻrni kelganda esa romantik koʻrinish uchun ham qoʻllasa boʻladi. 


Hech qachon urfdan qolmaydigan 11 universal libos

Ayollar garderobida Koko Shanel sharofati bilan paydo boʻlgan jaketlar shu kunga qadar koʻplab oʻzgarishlarni boshdan kechirgan. Ularning turlari haddan tashqari koʻp, tugmali, tugmasiz, uzunligi belgacha boʻlgan, ikki yoqali turlarini bugungi kunga qadar ommabop deya atasa boʻladi. Uzunlashtirilgan bichimdagi jaketlarning klassik varianti hech qachon urfdan qolmaydigan liboslar qatoriga kiradi. Ranglar borasida esa qora, oq va toʻq koʻk ranglisiga diqqat qaratganingiz maʼqul.

 Nima bilan kiyiladi? 

Plisse yubkalari, qalamcha uslubidagi yubka, klassik jinsilar, bluzkalarning barchasi jaket bilan oʻzaro uygʻunlasha oladi. Eng muhimi, ranglar mutanosibligiga eʼtibor qaratish kerak. 

Hech qachon urfdan qolmaydigan 11 universal libos

Aslida erkaklar garderobining bir qismi boʻlgan ushbu libosni Koko Shanel ayollar garderobiga kiritgan. Uni ommalashtirgan inson esa taniqli aktrisa Marlen Ditrix hisoblanadi. Klassik bichimdagi shimlar har qanday qomat egasiga mos kelishi uchun uning bel qismi biroz kengroq, sifatli matodan tikilgan va qora rangdagi turlariga diqqat qarating. 

Nima bilan kiyiladi? 

Uni ofis uslubidagi liboslardan tashqari, klassik bluza va qayiqcha uslubidagi tufli bilan kiygan holatda casual uslubidagi obrazni yaratish mumkin. Odatiy futbolka bilan kiygan vaqtingizda esa kundalik obraz hosil boʻladi. 

Hech qachon urfdan qolmaydigan 11 universal libos

Ayollar garderobiga irland dengizchilari sharofati bilan kirib kelgan ushbu sviterlar bugungi kunga kelib ayollar hayotining ajralmas qismiga aylangan. Ular odatda oq, och jigarrang, yashil, kulrang, jigarrang tusda boʻlishi mumkin. Oq va och jigarrang tuslari esa universal tanlov hisoblanadi.

Nima bilan kiyiladi?

Bu turdagi sviterlarni uzun plisse yubkalari, istalgan bichimdagi jinsi, shortlar, klassik shim va skinni bilan kiyish mumkin. 

Hech qachon urfdan qolmaydigan 11 universal libos

Ushbu bichimga ega boʻlgan shortlar Bermud orollari hududiga joylashtirilgan ingliz harbiylari uchun oʻylab topilgan. Avvaliga ular oʻrnatma choʻntaklarga ega boʻlgan, ammo keyinchalik choʻntaksiz koʻrinishda yaratila boshlangan. Uning universal libosga aylanishini istasangiz, neytral rangli vauzunligi tizzadan 10 sm balandlikda boʻlgan turlariga diqqat qarating. 

Nima bilan kiyiladi?

Mavsum va mato turidan kelib chiqqan holatda ularni futbolka, bluza, jaket va bomberlar bilan kiyish mumkin. Ofis uslubidagi obraz yaratish uchun bermudani teri rangidagi kolgotka bilan kiyish tavsiya etiladi. Poyabzalning ham libosga munosib boʻlgan turidan tanlash kerak. 

Hech qachon urfdan qolmaydigan 11 universal libos

Moda olamida yangi mavsum eʼlon qilinishi bilan sport brendlari oq rangdagi va turli dizaynga ega boʻlgan krossovkalarni taqdim qilishadi. Ular orasida odatiy tagcharmga ega turlaridan tortib yashirin platformaga ega koʻrinishdagilari ham bor. Ammo shunisi aniqki, oq kedalar hech qachon urfdan qolmaydi. 

Nima bilan kiyiladi? 

Oq kedalarni jozibali koʻylaklar bilan ham, gulli printga ega yubkalar, shim va shortlar bilan ham kiyish mumkin. Qiyofangizga klassik uslubdagi kostyum ilova qilsangiz ofis uslubini hosil qilgan boʻlasiz. 

Hech qachon urfdan qolmaydigan 11 universal libos

Palto tanlash bobida har qanday turdagi liboslar bilan uygʻunlasha oladigan ranglar - oq, qora, toʻq koʻk va och jigarrangga eʼtibor qarating. Oʻzingizga kattaroq turadigan palto sotib olmang, u qomatni chiroyli koʻrsatishi, uzunligi tizzadan birozgina tushib turishi kerak. Tugmasiz paltolar esa sport uslubi uchun mos keladi.  

Nima bilan kiyiladi? 

Klassik uslubdagi paltolarni istalgan turdagi liboslar: vodolazka, sviter, bluzka, jinsi, klassik shimlar, koʻylaklar, etik, tufli va hattoki keda bilan uygʻunlashtirish mumkin. 

Odatda ushbu libos sayyohlar tomonidan sevib kiyiladi. Ammo, uni nafaqat safarlar, balki kundalik obrazlar uchun ham qoʻllash mumkin. Uning moʻynali turlari esa hashamatli qiyofalar yaratishda  qoʻl keladi. Parkaning barcha liboslar bilan mos kelishini istasangiz, neytral rangdagi turlariga diqqat qarating. 

Nima bilan kiyiladi?

Parka libosini nafaqat jinsi, balki koʻylaklar, yubka hamda tuflilar bilan ham kiyish mumkin. Etik va shim bilan kiyilsa kundalik obraz hosil qiladi.

Hech qachon urfdan qolmaydigan 11 universal libos

Qoza vodolazka oʻtgan asrning 60 yillarida urfga kirgan boʻlib, moda olami shaydolariga shunchalar maʼqul kelib qolganki, yarim asrdan beri uning koʻrinishi zarracha ham oʻzgargani yoʻq. Bu kabi vodolazkalar Merilin Monro va Odri Xepbern garderobida ham boʻlgan, uni zamonaviy yulduzlar egnida ham koʻrishingiz mumkin.

Nima bilan kiyiladi?

Oʻzingiz uchun qanday uslubdagi obraz tanlagan boʻlishingizga qaramay, qora vodolazkani har qanday libos bilan istalgan mavsumda kiysa boʻladi.

Hech qachon urfdan qolmaydigan 11 universal libos

U ayollar garderobida erkaklar libosi bichimi asosida kirib kelgan boʻlsa ham, ushbu koʻylakdan oʻta nafis obrazlar yaratish mumkin. Haqiqatan universal libos harid qilishni istasangiz, uning neytral ranglariga diqqat qarating.

Nima bilan kiyiladi?

Uni garderobning mustaqil elementi yoki boshqa liboslar bilan birgalikda kiysa boʻladi. Agar jinsi bilan kiyib, bel sohasiga kamar taqib olsangiz, qulay kundalik obraz tayyor deyavering. Baland poshnali tufli bilan kiyilganda esa jozibali koʻrinish hosil qiladi.

Hech qachon urfdan qolmaydigan 11 universal libos

Lofer tuflisi bir qarashda zerikarli koʻringan klassik poyabzaldan zamonaviy obrazlar yaratish mumkin ekanligini isbot etadi. Ushbu poyabzal oʻtgan asrning 70 yillarida urfga kirgan boʻlib, Monako knyaginyasi Greys Kellining eng sevimli oyoq kiyimlaridan biri sanalgan. Uning ommabopligi esa bugungi kunga qadar yoʻqolgani yoʻq.

Nima bilan kiyiladi?

Loferlarni klassik bichimdagi shim yoki yubka, jaket hamda bluzkalar bilan kiyish mumkin. Ranglar kerakli usulda tanlangan boʻlsa, ularni jinsi bilan uygʻunlashtirsa boʻladi. 

●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar