Sayohat

Mistika. Arvoh va sharpalari boʻlgan mehmonxonalar

Mistika. Arvoh va sharpalari boʻlgan mehmonxonalar
Mistika. Arvoh va sharpalari boʻlgan mehmonxonalar
Mistika. Arvoh va sharpalari boʻlgan mehmonxonalar

Ushbu mehmonxona tarixiy joylar roʻyxatiga kiritilgan. U 1909 yilda ochilgan boʻlib, koʻpgina taniqli shaxslarni mezbon sifatida qabul qilgan. Bu otel Stiven Kingda psixologik qoʻrqinchli janrdagi “Nurlanish” romanini yozishga ilhom uygʻotganligi tufayli ham mashhur boʻlib ketgan. Mistika va qoʻrqinchli narsalarga boy boʻlgan bu asar katta muvaffaqiyat qozondi. Uning asosida suratga olingan filmning syomkalari boshqa mehmonxonada olinganligiga qaramay, “Stenli” oteli sharpa-yu-koʻlankalar tarafidan qoʻriqlanadi, deb hisoblashadi.

Mistika. Arvoh va sharpalari boʻlgan mehmonxonalar

1927 yil 15 may kuni Ispaniya kolonial uslubidagi ushbu 12 qavatlik mehmonxonaning tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi. Aynan mana shu otelda “Oskar” kinomukofotining eng birinchi taqdimotlari boʻlib oʻtgan edi, keyinchalik esa eng yomon kinomahsulotlar uchun beriladigan “Oltin malina” antiakademik mukofotlarning topshirilish marosimlari ham shu yerda oʻtkazilgan. Mehmonxonada shuningdek, filmlar suratga olingan, film premyeralari boʻlib oʻtgan va koʻplab Gollivud yulduzlari toʻxtab, mehmon boʻlganlar.

Otelda yashovchilarning aytishlaricha, mehmonxona koridori hamda xonalarda bir zamonlar bu yerda yashagan mashhur yulduzlarning sarson, orom topmagan sharpalari sangʻib yurar emish. Merilin Monro hamda Montgomeri Kliftning arvohlari ayniqsa koʻp uchrar ekan. “Gollivud Ruzvelt” ning mehmonlari yarim tunda 9-qavatdan musiqa ovozi eshitilishidan koʻp marotaba shikoyat qilishgan. Aynan mana shu qavatda bir paytlar  aktyor va musiqachi Montgomeri Klift yashagan ekanda.

Mistika. Arvoh va sharpalari boʻlgan mehmonxonalar

“Golden North” mehmonxonasi 1898 yilda “oltin talvasasi” ayni avjiga chiqqan pallada qurilgan. Klondayk shahriga yoʻl olgan oltin izlovchilar shu otelda toʻxtab oʻtganlar. Afsonalardan birida aytilishicha, Aysk ismli otin qidiruvchi qalligʻi Merini 23 xonaga joylashtirib, oʻzi oltin koniga qarab yoʻl oladi. Yigit qaytib kelganida qalligʻi sirli ravishda vafot etgani haqidagi xabarni eshitadi. 

Merining oʻlimi borasida uch xil taxmin bor edi. Kimdir uning zotiljamga chalinib, vafot etgan desa, yana kimdir Meri qalligʻining uzoq qolib ketganidan xavotir olib, xonasidan chiqmay qoʻyganligini aytgan, boshqalar esa kelinning mahalliy bezorilardan qoʻrqib, xonasida berkinib oʻtirganini gapirib beradi. Merining aynan nima sababdab vafot etgani nomaʼlum: qizning uzoq vaqt xonasidan chiqmaganidan xavotirga tushgan mehmonxona xodimlari eshikni buzib kirganlarida, qizning kelin kuylagiga burkangancha yotgan jasadiga duch keladilar. 

Oʻsha davrdan boshlab, Merining arvohi mehmonxona boʻylab yurar hamda oltin konidan qaytayotgan qalligʻini koʻrish ilinjida derazalardan yoʻlga qarab turar ekan. 23- xonada qoʻnim topgan mehmonlar kechasi boʻgʻilib uygʻonib ketishlari va hammayoq berk boʻlishiga qaramay muzday shamolni his qilishlari haqida gapirib beradilar. 

Otelda yana bir nechta sirli va mistik xonalar bor. Aytishlaricha, ulardan qandaydir tillarang yogʻdu taralar ekan. 2002 yilda mehmonxona yopildi, biroq bu yerga ekskursiyalar uyushtirilgan va hattoki uning ichida kvest oʻyini ham oʻynalar ekan. Ha, mistika ishqibozlari uchun ajoyib imkoniyat.

Mistika. Arvoh va sharpalari boʻlgan mehmonxonalar

Aytishlaricha, “Drovers Inn” mehmonxonasi atrofida kichkina qizchaning sharpasi izgʻib yurar ekan. Bir paytlar u togʻdagi daryoga tushib ketgan qoʻgʻirchogʻini olaman, deb choʻkib ketgan ekan. Oʻshandan beri qizning orom topmagan ruhi yoʻqolgan oʻyinchogʻini qidirib, sarson boʻlib yurar emish. 6-xonada yashovchilarning aytishlaricha, yarim tunda ular uxlayotgan karavotlarining ustiga qayerdandir muzdek suv tomchilari tomib turar ekan. Bu yerda shuningdek, bir paytlar shu yerda yashagan hamda Shotlandiya klanlari oʻrtasidagi janglarda halok boʻlgan podachilarning sharpalari ham izgʻib yurar ekan.

Mistika. Arvoh va sharpalari boʻlgan mehmonxonalar

Bu mehmonxona 1924 yilda Peru poytaxtiga kelayotgan yuqori darajadagi shaxslarni joylashtirish uchun ochilgan boʻlib, Limadagi eng yaxshi otel hisoblangan. Bu yerda Gollivud yulduzlari, mashhur yozuvchilar va rok-musiqachilar qoʻnim topganlar. Turli vaqtlarda “Bolivar” grand-otelida Sharl de Goll, Nikson, Robert Kennedi, imperator Akixito, yozuvchilar Xeminguey, Orson Uels, Ava Gardner, qoʻshiqchilar Hulio Iglesias, Santanna va boshqa taniqli yulduzlar toʻxtab oʻtganlar.

Ammo vaqt oʻtib, yangi zamonaviy mehmonxonalar paydo boʻlgan sari “Bolivar” otelining shuhrati soʻna boshladi-yu, biroq paranormal aktivlikka ega boʻlgan joy sifatida nom qozona boshladi. Gap shundaki, bu yerda paranormal hodisalar bilan bogʻliq voqealar haqida afsonalar uchrab turadi. Afsonalardan birida aytilishicha, bir paytlar shu mehmonxona oynasidan oʻzini otib, halok boʻlgan ayolning oq kuylakdagi sharpasi koridorda izgʻib yurar ekan. Boshqa bir afsonada aytilishicha, grand-otelning xonalaridan biriga joylashgan hamda sirli ravishda vafot etgan shu otel xodimining arvohi ham shu yerlarda daydib yurar ekan.

●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar