Qiziqarli

Ayollar garderobi: Ofis uslubidagi eng ommabop xatolar

Ayollar garderobi: Ofis uslubidagi eng ommabop xatolar

Bel qismi haddan tashqari pastda boʻlgan shim.

Bunday bichimdagi shim juda hunuk koʻrinadi va bunday shimda oʻzingizni erkin his eta olmaysiz.

Ofis uslubi uchun bel qismi yuqorida boʻlgan shim tanlang. Bu kabi libos bilan oʻzingizni qulay his qilishingiz aniq.

Ayollar garderobi: Ofis uslubidagi eng ommabop xatolar

Kalta nimcha hamda kostyumlar

Ushbu kiyim turi urfdan biroz chiqqan desak adashmagan boʻlamiz. Garchi, odamlar orasida uning klassika ekanligi haqidagi fikr mavjud boʻlsa ham, obrazingizni kalta nimchalar bilan toʻldirishga shoshilmang.

Ofis uchun tanlangan nimcha yoki kostyumni uzunrogʻini tanlaganingiz maʼqul. U toʻgʻri bichimli bleyzerlar bilan ham chiroyli koʻrinish hosil qiladi.

Ayollar garderobi: Ofis uslubidagi eng ommabop xatolar

Ofis uslubi uchun kalta yubka tanlash mumkinligini koʻpchilik biladi, albatta. Shu oʻrinda haddan tashqari uzun yubka ham ishbilarmon honim libosiga zarar yetkazadi.

Ofis uslubi uchun tanlangan yubka tizzalarni yopib turishi lozim. Aynan mna shunday uzunlikdagi yubkalar klassika sanaladi va hech qachon urfdan qolmaydi. 

Ayollar garderobi: Ofis uslubidagi eng ommabop xatolar

Hech qachon ofis uslubini yaratishda shaffof va harir matodan tikilgan kofta tanlamang. Bu kabi libosni sayr vaqtida kiyish uchun olib qoʻyganingiz maʼqul.

Togʻri bichimli va oʻzingizga yarashib turadigan klassik bluza qiyofaga ulugʻvor koʻrinish baxsh etadi. Bu kabi libosni nafaqat yubka, balki shimlar bilan birgalikda kiyish ham mumkin.

Ayollar garderobi: Ofis uslubidagi eng ommabop xatolar

Ofis uchun katta va hajmdor taqinchoqlar notoʻgri tanlov ekanligini deyarli barcha bilsa kerak. Klassik uslubda aksessuarga umuman hojat yoʻq deydiganlar ham adashadi. Meʼyorda did bilan qoʻllanilgan aksessuar imidjni yanada qoyilmaqom qilib koʻrsata oladi.

Ayollar garderobi: Ofis uslubidagi eng ommabop xatolar
●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar