Qiziqarli

Inson organizmi haqida koʻpchilik bilgan va bilmagan qiziqarli faktlar

Inson organizmi haqida koʻpchilik bilgan va bilmagan qiziqarli faktlar

Miyaning ogʻirligi tana ogʻirligining 2 foizini tashkil etadi, miya organizmga kerakli kislorodning 20 foizini sarflaydi.

Tez yurganda eshitish qobiliyati vaqtinchalik pasayadi.

Inson umri mobaynida ishlab chiqaradigan soʻlak bilan ikkita katta basseynni toʻldirish mumkin.

Insonning ichki aʼzolari orasida eng ogʻiri – jigar (taxminan 1,5 killogramm).

Inson organizmida oʻrta kattalikdagi kuchukning barcha burgalarini oʻldirishga yetadigan oltingugurt, 900 dona qalam yasash mumkin boʻlgan uglerod, oʻyinchoq zambarakdan otish uchun yetarli kaliy, 7ta sovun tayyorlashga yetadigan yog va 50 litrli idishni toʻldirish mumkin boʻlgan miqdorda suv mavjud.

Inson organizmi haqida koʻpchilik bilgan va bilmagan qiziqarli faktlar

Ushbu jumlani oʻqiyotganingizda tanangizdagi 50000 ta toʻqima halok boʻlib, qayta tiklanadi.

Charlz Osborn ismli kishini 6 yil davomida toʻxtovsiz hiqichoq tutgan.

Inson organizmidagi qon tomirlarining umumiy uzunligi taxminan 100000 kilometrni tashkil qiladi.

Odam organizmida 700 ga yaqin fermentlar ishlaydi.

Oʻnaqay insonlar chapaqaylarga nisbatan oʻrtacha 10 yil uzoq umr koʻradilar.

Inson organizmi haqida koʻpchilik bilgan va bilmagan qiziqarli faktlar

Tanadagi qon aylanmaydigan aʼzo koʻzning muguz pardasidir. U kislorodni havodan oladi.

Inson miyasi 4 terabaytdan ortiq.

Bola olti oygacha bir vaqtda nafas olishi va yutinishi mumkin.

Bosh suyak 29 hil suyaklardan tashkil topgan.

Aksirganda organizmdagi barcha aʼzolar, hatto yurak ham toʻxtab turadi. 

Inson organizmi haqida koʻpchilik bilgan va bilmagan qiziqarli faktlar

Miyaning asab qismi soatiga 274 km tezlikda harakatlanish mumkin.

Ayollar yuragi erkaklar yuragiga nisbatan tezroq uradi.

Inson koʻrgan tushining 90 foizini unutib yuboradi.

Qizarayotgan vaqtingizda oshqozoningiz ham qizaradi.

Ayollar erkaklarga nisbatan ikki barobar koʻp kiprik qoqadilar.

Inson organizmi haqida koʻpchilik bilgan va bilmagan qiziqarli faktlar

Jami ichak bakteriyalari yigʻilsa qaxvaning finjoniga jo boʻlishi mumkin.

20-40 yoshdagi erkaklar yuragining ogʻirligi 300 gramm, ayollarniki esa 270 gramga teng.

Bioximiklarning taʼkidlashicha, inson qonidagi plazma va dengiz suvi tarkibi bir-biriga juda oʻxshash.

Inson organizmidagi eng serharakat organ yurakdir. U sutkasiga 100 000 marta urib, 350 litr qonni haydaydi.

Erkaklar ayollarga nisbatan 5 marta kam yigʻlaydilar va shu bois ham oʻrta hisobda ayollardan 7 yil kam umr koʻradilar.

Inson organizmi haqida koʻpchilik bilgan va bilmagan qiziqarli faktlar
●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar