Matraslar haqida koʻpchilik bilmagan 5 ta hayratlanarli fakt

Matras choyshab bilan ishlatiladi, ammo bu uni ifloslanishdan 100% saqlamaydi. Hatto sogʻlom odam ham har kecha uxlash paytida millionlab teri hujayralari va bir necha mililitr suyuq ter yoʻqotadi. Namlik, chang zarralari, ter matras ichiga chuqur kirib, toʻplanadi. Bularning barchasi 3 kg gacha vazn yigʻadi!

7 yildan oshgan matraslarning deyarli har birining ichida changlar mavjud. Agar siz tukli yostiqlardan foydalansangiz, uy hayvonlarini boqsangiz va uzoq vaqt davomida matrasni oʻzgartirmasangiz matrasda chang kanasi paydo boʻlishi ehtimoli yuqori. Odatiy eski toʻshakda 100000 dan 10 milliongacha chang kanalari boʻlishi mumkin. Ular kasallik tarqatishmaydi va chaqmaydi. Ammo ularning borligi astma, allergiya va boshqa kasalliklarni qoʻzgʻatishi mumkin.

Keraksiz qoʻshnilardan xalos boʻlish uchun, zamonaviy matraslarga eʼtibor berishni tavsiya etamiz, unda chang kanalari boʻlmaydi. Mutaxassislar shuningdek, vaqti-vaqti bilan matras, yostiqlarni ventilyatsiya qilishni va har hafta choyshabni yuvishni maslahat berishadi.

Yuqorida biz aytib oʻtgan chang kanalaridan tashqari, matras ichida zamburugʻlar va mogʻorlarning butun koloniyalari yashashi mumkin. Siz har olti oyda matrasni oʻgirib turish va havo oʻtkazuvchan qoplamni tanlab, bularning barchasidan oʻzingizni himoya qilishingiz mumkin. Qoplamni matrasning toʻrtta burchagiga ilib qoʻyasiz. Bu bilan qahva yoki shunga oʻxshash ichimliklar matrasga toʻkilib uni ifloslanishini oldini olishingiz mumkin.

Matras har bir uyda mavjud boʻlgan, barchaga yaxshi tanish buyum. Ammo Afrikadagi ayrim nochor makonlarda yillar davomida matras sotib olishni orzu qilgan, ammo bunga yetarli pulni tejay olmaydigan minglab odamlar bor, shuning uchun ular duch kelgan narsada uhlaydilar. U yerda matras boylikdan darak beradi.

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



