Pishiriqlar tayyorlash: Olmali sharlotka
Pishiriqlar tayyorlash: Olmali sharlotka
“Uyingizni iliqlik va shinamlik bilan to’ldirmoqchimisiz? Unda Sharlotka tayyorlashning ayni vaqti! Yashil sersuv olmalardan tayyorlangan sharlotka hech kimni befarq qoldirmaydi.”

Tayyorlanish vaqti: 35 daqiqa

Masalliqlar:

Tuxum 5 dona, Un 150 g, Shakar 100 g, Yashil olma 3 dona, Sariyog’ (sho’r emas) 50g, Shakar pudrasi 1 osh. q., Suxari 1 ch. q., Razrixlitel 1/2 ch. q.. Tuz 1 chimch.

Tayyorlanishi:

Tuxumni idishga sindiring. Ko’pik hosil bo’lgunicha aralashtiring. Shakar qo’shib turib, aralashtiring.
Xona haroratidagi sariyog’ni qo’shing, va aralashtirishda davom eting. Un, razrixlitel va tuzni qo’shing. Xamirni yaxshilab aralashtiring.
Olmalarni yaxshilab yuving va bo’laklab maydalang.
Formani sariyog’ bilan surtib chiqing va suxari bilan seping. Bir qavat olmalarni forma tagiga terib chiqing.
Xamirning yarmini suzing va yana olma bo’laklarini qo’yib chiqing. Xamirning ikkinchi yarimini suzib chiqing.
Pirogni 180 gradusgacha isitilgan pechda 30-35 daqiqa pishiring. Tayyorligini yog’och tayoqcha bilan tekshiring. Pirogni forma ichida sovuting. Formadan chiqaring va shakar pudrasini ustidan seping.
Olmali sharlotka tayyor. Uni tovoqchaqa oling va dasturxonga torting.
Yoqimli ishtaha!

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook