8-mart xotin-qizlar bayramiga taqdim etish mumkin bo'lgan barchaga birdek yoquvchi sovg'alar
8 martga sovg'a tanlashda odatda gul va shokolad yetakchilik qiladi. Bu odat tusiga aylanib qolgan ikki buyumning o’rniga nima hadya etishga hayronmisiz? U holda bizning maqolamiz sizga ko’mak berishi aniq!

Go'zallik taxtasi

Ko'pgina zamonaviy qizlar kosmetika va zamonaviy gadjetdan foydalanadi. Ushbu sovg’a esa bu ikki buyumni birlashtiradi. Bunday go'zallik taxtasi yordamida sovg’a bermoqchi bo’lgan insoningiz bir vaqtning o’zida pardoz qilishga ham, sevimli kino yoki ko’rsatuvini tomosha qilishga ham ulguradi. 

Tuvakda gul

Kesilgan gullar bilan insonga uzoq muddat sevinch hissini bera olmaysiz. Ko’proq quvonch baxsh etishni istasangiz tuvakda gul hadya eting. 

G’ayrioddiy taqinchoq

Agar sizning qiz do'stingiz kitob mutolaa qilishni yoqtirsa yoki bo’lmasa filmlar ishqibozi bo’lsa, unga noodatiy zargarlik buyumlarini berishingiz mumkin. 

Chiptalar va sertifikatlar

Go'zallik salonlari, fitnes markazi, yoga, massaj, raqs,  fotosessiyalarga oldindan chipta yoki yo'llanmalar harid qilib yaqinlaringizga ulashishingiz mumkin.

Shuningdek, onlayn-do'konlar vaqti-vaqti bilan pulli obunalar bilan aktsiyalar o'tkazadi. Masalan, siz obuna bo'lishingiz orqali qiz do'stingiz har oy qimmatbaho kosmetika vositalarini oladi. Bu qizlar uchun juda yoqimli albatta!

Asosiysi, uni hafa qilib qo’ymaslik. Masalan, agar siz fitness mashg'ulotlari uchun a'zolik yo’llanmasini  bersangiz-u, qiz buni haqorat sifatida qabul qilsa: “Men ortiqcha vaznga egamanmi?” kabi o’y hayolidan ham o’tishi mumkin. Sovg’a borasida imkon qadar uning fe’l-atvorini inobatga olgan holda qaror qabul qiling.

Shirinlikdan guldasta

Agar 8-mart sovg’asi shirinlik va guldastasiz to’liq bo’lmaydi desangiz u holda ularni birlashtiring. Bu sovg’a juda ajoyib bo’lishiga va’da beramiz.

Agar 8-mart uchun telefonni sovg’a sifatida tanlagan bo’lsangiz, uni muqovasi ajoyib kitobning ichiga joylab taqdim qiling. Qanday deysizmi? Kitob yoki daftarning ichidagi sahifgalarini telefonning kattaligida to’rtburchak qilib kesib oling. Ichiga telefonni joylang va qiz do’stingizni qoyil qoldiring. 

Maqolani baxolash?

Facebook Conversations