Aleksandr Pushkin haqida 10 ta fakt
Aleksandr Pushkin haqida 10 ta fakt
Go'yoki, Pushkin haqida biz nima bilmaymiz?

Speranskiy Mixail Mixaylovich

Speranskiy Mixail Mixaylovich

4. Bitiruv kechasi uchun tayyorlangan, a'lochi o'quvchilar ro'yxatida, Pushkin oxiridan ikkinchi bo'lgan. 

5. Litseyda Pushkin birinchi bor sevib qolgan. Uning yutuqlari ro'yxatini o'qishdan ko'ra, u haqida odamlarning fikrlarini o'qish qiziqroq. Masalan, uning akasi Pushkin ko'rinishi unchalik ham yaxshi emas, bo'yi past bo'lganini, lekin nima uchundir ayollarga yoqqanini aytgan. Bu narsa, Pushkin ham sevgan,   Vera Aleksandrovna Nashokinaning ta'sirli xati bilan ham tasdiqlanadi: "Pushkin juda jingalak sochli shaten, moviy rang ko'zli va ajablanarli yoqimtoy edi". Darvoqe Pushkinning akasining o'zi uni kimdir qiziqtirsa, u juda ham o'ziga rom etadigan bo'lib qolishini tan olgan edi. Boshqa tomondan, agarda Pushkin zerikkan va qiziqmagan hollarda, u zerikarli va chidab bo'lmaydiga bo'lib qolgan va uning nutqi sust bo'lgan ekan.

6. Pushkinning birinchi dueli litseyda yuz bergan ekan. Umuman olganda esa, uni duelga 90 marotabadan ko'proq chaqirishgan ekan. Pushkinning o'zi yuz ellik marotabadan ko'proq otishishni taklif qilgan. Sababi esa bir chaqaga arzimaydiga bo'lishi mumkin edi - masalan, Pushkin mayda chuyda narsalar haqida bo'lgan bahs mobaynida kutilmaganda kimnidir pastkash deb atab yuborishi mumkin edi. Va bu o'z o'zidan otishish bilan yakunlanar edi.

7. Yana Pushkinda qarta qarzlari bo'lgan edi va ular juda jiddiy edi. Lekin u deyarli doim ularni to'lash uchun mablag' topardi, biroq qandaydir ushlanib qolishlar yuz bergabda u o'z kreditorlariga yovuz epigrammalar yozib, daftarlarda ularga karikaturalar chizardi. Kunlardan bir kun shunday bir varoqni topib olishgan va juda katta janjal bo'lgan. 

8. Ha, xorijliklar Pushkin haqida mana nima yozadilar. Aniqlanishicha, Evgeniy Onegin - bu umuman birinchi rus romani ekan (sherlarda bo'lsa ham). Shunday deb, 1961 yilning taxriridagi "Britaniya ensiklopediyasi" da yozilgan. Huddi o'sha yerda Pushkindan avval rus tili badiy adabiyot uchun umuman yaroqsiz bo'lgan deb yozilgan. 

9. Aytganday, Rossiyada 1912 va 1914 yillarda Pushkinning she'rlar to'plamlari chiqqan edi. Ular xozir biografik noyoblikka aylanishgan. To'plamni tuzuvchi allaqanday V. Lenin bo'lgan, so'z boshini esa, A. Ulyanov yozgan. Lenin - nashirchi Sitinning taxallusi bo'lgan edi (uning qizini Elena deb atashar edi), adabiyotshunos Ulyanov esa familiyadosh bo'lgan xalos. 

10. Va so'z oxirida qiziqarli fakt. To'g'risini aytganda u Pushkinning biografiyasiga u qadar taaluqli emas. Efiopiyada bir necha yil avval Pushkinga haykal o'rnatilgan edi. Chiroyli marmar postamentda esa "Bizning shoirimizga" degan yozuv yozilgan edi. 

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook