Marvaridlar ayollar garderobining ajralmas qismiga aylanib ulgurgan. Bugun ana shu tabiat tortig’i haqida suhbat quramiz.
1. Marvarid hech qanday qayta ishlovni talab etmaydigan yakkayu yagona qimmatbaho tosh xisoblanadi.
2. Estetik mukammalik va amaliy foyda ushbu materialning ajdodlarimiz tomonidan faol ishlatila boshlashning sababchisi bo’lib qoldi. Arxeologlar ushbu toshning nafaqat yuqori ommabopligi, uning qimmatligi to’g’risidagi ko’plab ma’lumotlarni topdilar. Bu tabiat tuhfasini olish oson ishlardan emas edi.
3. Mazkur qimmatbaho toshni faol ishlata boshlagan odamlar xitoyliklar bo’lishadi. Ular tahminan 42 asr avval marvaridni keng qo’llay boshladilar. Darvoqe, dastlabda material zebi-ziynat sifatida ishlatilmagan, balki pul vazifasini bajargan. Shunday guvohliklar saqlanib qolganki, ularda ko’rsatilishicha eramizdan avval 2206 yilda xitoy imperatori Yu mamlakat axolisiga marvarid solig’ini joriy etilgan.
Qadimiy xitoyliklar uchun marvarid yirik pul birliklarining ekvivalenti xisoblangan va shuningdek ijtimoiy holatdan darak bergan. Masalan, mamlakatning barcha yirik saroy amaldorlari o’zlarining bosh kiyimlarida shu qimmatbaho toshlarni olib yurganlar va bu yuqori ijtimoiy maqom, shuningdek holatdan darak beruvchi belgi bo’lib xizmat qilgan.
4. Afsonalarda aytilishicha, Qirolicha Semiramida marvaridni juda yaxshi ko’rgan va bayramlarda o’zini hamda saroy xizmatchilarini yorqin-pushti marvariddan tayyorlangan zebi-ziynat bilan xursand qilgan. Kleopatra esa marvaridni vino bokalining ichida eritib yuborishga erishgan va shu vinoni Mark Antoniyning ko’zi oldida ichgan ekan. Xamma gap bahsda edi: u o’zi tomonidan tayyorlangan kechki ovqat eng qimmati bo’lishini aytgan. Va pand yemagan!
5. Tabiat marvaridning 8 nafar ko’rinishini yaratgan: noto’g’ri shakl, tugmacha, sfera, oval, yarimdumaloq, noksimon va dumaloq.
6. Mashxur sarkarda ist’edodli lashkarboshi va dovyurak jangchi Aleksandr Makedonskiy o’zining Hindistonga qilgan yurishidan avval Sokotra orolini bosib olgan edi. Bu orol o’zining qora marvaridi bilan mashxur bo’lgan. Mazkur oroldagi qora marvaridlar Aleksandrni shunchalar ilhomlantirdiki, u bu go’zallikni oppoq marvaridlar bilan birga o’z vatani – Yunonistonga jo’natib yuborgan.
Shundan keyin qimmatbaho tosh bilan nafaqat zodagonlar, balki oddiy fuqarolar qiziqa boshlashgan.
7. Mariya Medichi o’z o’g’li Lyudovik XIII ning cho’qintirilish marosimiga umumiy soni 30 mingdan iborat marvarid donalari tikilgan ko’ylak kiygan.
8. Bugungi kunda taniqli Margarita ismi grek tilidan tarjima qilinganida “marvarid” ma’nosini anglatadi. Qadimgi greklar ushbu tosh janjallarning oldini olib, oilaviy baxtga xamroh bo’lishiga ishonganlar.
8. Bugungi kunda taniqli Margarita ismi grek tilidan tarjima qilinganida “marvarid” ma’nosini anglatadi. Qadimgi greklar ushbu tosh janjallarning oldini olib, oilaviy baxtga xamroh bo’lishiga ishonganlar.
10. Yelizaveta I – xitoy marvaridining ashaddiy ishqibozi bo’lgan. Marvarid marjon uning bo’ynini xar kuni bezab turardi.
11. Ispaniya qiroli Filipp II o’z vaqtida “Perigrina” nomli notabiiy noksimon marvaridning egasi bo’lgan. Bu ziynat buyumi o’zining mavjudligi davrida bir necha egalarini almashtirdi: u Mariya Tyudorga ham tegishli bo’lgan, keyin Napoleon III ning qo’liga o’tgan.
Keyinchalik bu ziynat buyumi Elizabet Teylorning tuhfa etildi. “Perigrina” o’zining oxirgi egasi tufayli brilliantlar ishtirokidagi marvarid marjonning eng muhim ziynati bo’lib qoldi.
12. Rus o’lkasi hududidagi150 nafar marvarid hosil qiluvchi daryolar ushbu toshni ovlash kasbining keng tarqalishiga sababchi bo’lgan. Bu hunar Rossiyaning shimoliy-g’arbiy qismida keng tarqaldi. Kiev Rusida ham marvarid ovlangan paytlar to’g’risidagi ma’lumotlarga duch kelish mumkin.
13. Marvarid rus tilidagi tarchimasi, ya’ni “jemchug” so’zi Rossiyaga Xitoydan kirib kelgan. U xitoycha “chjen-chju” so’zidan tashkil topgan, keyin esa ruscha “zenjug”ga moslashgan. So’z o’rnida, Rusiyada marvariddan milliy kiyimlarga kashta solish san’ati namunalari serob bo’lgan. Shu bilan birga, bunday kashtado’zlik faqatgina ayollarning liboslarida emas, erkaklar liboslarida ham uchrab turgan.
14. Marvaridlar hech qachon birlashib o’sib ketmaydilar. “Katta Janubiy Krest” toshi bu boradagi istisno bo’lib qoldi. Usta chig’anoqni ochib ko’rganida katta krest ko’rinishida 9 nafar marvarid birlashib ketganini ko’rgan edi.
15. Zardo’z mutaxassislar tomonidan ishlov berish uchun yaroqli tabiiy marvarid bugungi kunda juda kamdan kam uchraydi. Bunga sabab chig’anoqlarning vahshiyona qirilib ketishidir: XIX asrda sanoatchilar va qo’li egri ishbilarmonlar bir dona tosh uchun yuz minglab tabiiy “ishlab chiqaruvchilar”ni ochib tashlashga tayyor edilar.
Boylik orttirish maqsadidagi bunday intilishlari bilan ishbilarmonlar marvaridlarni dunyoga keltiruvchi chig’anoq-molyusklarni yo’qolib ketish xavfi chegarasiga olib kelib qo’ydilar.1952 yildan buyon marvarid chig’anoqlarini ovlash dunyo miqyosida taqiqlangan.
16. Marvaridlarni yetishtirish texnologiyasi tarixi bilan Xitoyga borib taqaladi: u paytda ustalar chig’anoqlar ichiga Buddaning qo’rg’oshin xaykalchalarini kiritar edilar. Qimmatbaxo toshni yetishtirish sohasidagi tadqiqotlar 1767 yilda Shvetsiyada, shuningdek 1915 yilda Yaponiyada davom ettirildi. Marvarid yetishtirish masalalari bilan rossiyalik olimlar ham shug’ullanganlar, bu borada ayniqsa yaponiyalik K. Mikimotoning tadqiqotlarini tilga olish joiz.
U chig’anoq ichiga sadaf rangli sharcha kiritishni taklif qilgan. Bu sharcha donor ustritsasining qobiq burmasi bilan o’ralishini taxmin qilgan. Lekin, tajriba uchun olingan to’rt ustritsalarning bittaginasidagina marvarid paydo bo’lgan. Shu bilan birga to’rtta ustritsaning faqat bittasida marvaridning sifati 0,4 mm qalinlikdagi o’stirilgan qatlami bilan talab darajasiga yetar edi.
U chig’anoq ichiga sadaf rangli sharcha kiritishni taklif qilgan. Bu sharcha donor ustritsasining qobiq burmasi bilan o’ralishini taxmin qilgan. Lekin, tajriba uchun olingan to’rt ustritsalarning bittaginasidagina marvarid paydo bo’lgan. Shu bilan birga to’rtta ustritsaning faqat bittasida marvaridning sifati 0,4 mm qalinlikdagi o’stirilgan qatlami bilan talab darajasiga yetar edi.
18. “Regent” marvaridi eng qimmat marvarid unvonining egasi bo’lib qoldi. Uning yana boshqa nomi ham bor – “Bonapart oilasining durdonasi”. Buyuk imperator Napoleon bu ziynatni 1811 yilda o’zining bo’lajak xotini Mariya Luiza uchun sotib olgan edi. Shundan keyin bu tosh Faberjenging qo’liga o’tgan. 2005 yilda marvarid kimoshdi savdosida rekord summa – 2,5 million AQSH dollariga evaziga sotilgan.
19. Koko Shanel ham marvaridni yuqori baholardi va xurmat qilar edi. Bu ziynat xar qanday ayolga mos kelishi va xar qaysi libosga chiroyli to’ldiruvchi sifatida xizmat qilajagini nazarda tutib “Dur doimo xaq!” iborasini aynan u aytgan. Oq marvaridning qora sviter, qora ko’ylak va to’q elegant jaket bilan klassik uyg’unligi esa katta ommaboplikni qo’lga kiritgan.
20. Dunyoning eng katta marvaridi Ginnes rekordlar kitobiga kiritilgan. Uning nomlanishi esa “Alloh durdonasi”. Marvaridning vazni 6,35 kilogramm, diametri 238 millimetr va u 32 000 karat.
Сообщения из Facebook