просмотров
Latchingdong suv minorasi Essex grafligida (Buyuk Britaniya) 1930-yillarda qurilgan. 30 yilcha avval u o’z faoliyatini to’xtatdi va asta-sekin yemirila boshladi. 2013 yilda Mayk Tomas ismli ingliz uni sotib olayotganda butunlay yaroqsiz holga kelgan edi.
Minoraning yangi egasi bu eski chala vayrona holdagi tuzulmadan yaxshigina uy qurishni rejalashtirdi. Maqsadiga yetish uchun Mayk mablag’ini ayamadi. Minorani sotib olish unga 250 ming dollarga tushgan bo’lsa, ta’mirlash ishlariga yana 300 ming dollar mablag’ sarfladi.
Uy sohibininbg aytishicha, u niyatiga yetdi. Uning uyi qarindoshlarining uyidan uzoq emasligi, ayni muddao.
Mayk Tomasning o’zi muhandis-vodoprovodchi. Orzuidagi uyni yaratishda unga arxitektor qizi Xelen yordam berdi. Eski suv minorasini ikki qavatli dang’illanma uyga aylantirishda o’z ishining ustalari shug’ullanganliklariga qaramasdan, loyihani amalga oshirish oson kechmadi.
Zamonaviy uslubda ta’mirlangan uyda uchta mehmonxona, uchta yotoqxona, vannaxona, oshxona, taomlanadigan xona va kerakli narsalar saqlanadigan qo’shimcha xona bor.
Eski qurilmalarni zamonaviy imoratlarga aylantirish bugungi kunda ommalashgan.
Сообщения из Facebook