Ayollar garderobi: Ofis uslubidagi eng ommabop xatolar
Ayollar garderobi: Ofis uslubidagi eng ommabop xatolar
Ba’zi hollarda ishingizdagi mansab pog’onalaridan tezroq yuqorilash, boshqalar bilan osonroq til topishib olish, yangi tanishlaringizda yoqimli taasurot qoldirish borasida qiyofangizning qanday ekanligi juda katta rol o’ynaydi. Bugungi kunga kelib uslub tushunchasi juda keng qamrovda tus olgan bo’lsa-da, ofis liboslari borasida o’ta ehtoyotkor bo’lish tavsiya etiladi.

Bu boradagi eng ommabop xatolar esa quyidagilardir:

Bel qismi haddan tashqari pastda bo’lgan shim.

Bunday bichimdagi shim juda hunuk ko’rinadi va bunday shimda o’zingizni erkin his eta olmaysiz.

Ofis uslubi uchun bel qismi yuqorida bo’lgan shim tanlang. Bu kabi libos bilan o’zingizni qulay his qilishingiz aniq.

Kalta nimcha hamda kostyumlar

Ushbu kiyim turi urfdan biroz chiqqan desak adashmagan bo’lamiz. Garchi, odamlar orasida uning klassika ekanligi haqidagi fikr mavjud bo’lsa ham, obrazingizni kalta nimchalar bilan to’ldirishga shoshilmang.

Ofis uchun tanlangan nimcha yoki kostyumni uzunrog’ini tanlaganingiz ma’qul. U to’g’ri bichimli bleyzerlar bilan ham chiroyli ko’rinish hosil qiladi.

Yubka uzunligi

Ofis uslubi uchun kalta yubka tanlash mumkinligini ko’pchilik biladi, albatta. Shu o’rinda haddan tashqari uzun yubka ham ishbilarmon honim libosiga zarar yetkazadi.

Ofis uslubi uchun tanlangan yubka tizzalarni yopib turishi lozim. Aynan mna shunday uzunlikdagi yubkalar klassika sanaladi va hech qachon urfdan qolmaydi. 

Shaffof va yupqa mato

Hech qachon ofis uslubini yaratishda shaffof va harir matodan tikilgan kofta tanlamang. Bu kabi libosni sayr vaqtida kiyish uchun olib qo’yganingiz ma’qul.

Tog’ri bichimli va o’zingizga yarashib turadigan klassik bluza qiyofaga ulug’vor ko’rinish baxsh etadi. Bu kabi libosni nafaqat yubka, balki shimlar bilan birgalikda kiyish ham mumkin.

Haddan tashqari ko’p akssesuar

Ofis uchun katta va hajmdor taqinchoqlar noto'gri tanlov ekanligini deyarli barcha bilsa kerak. Klassik uslubda aksessuarga umuman hojat yo’q deydiganlar ham adashadi. Me’yorda did bilan qo’llanilgan aksessuar imidjni yanada qoyilmaqom qilib ko’rsata oladi.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook