Bizni o'ylantirib qo'yadigan 10 ta tarixiy suratlar
Bu suratlar oddiy insonlar tomonidan oddiy fototexnika orqali olingan va grafik muharrirlar tomonidan umuman to'g'irlanmagan. Lekin bundan bizning savollarimiz faqatgina ko'payib boradi.

Odam.uz sayti ko'proq fantastik filmlarni eslatuvchi 10 ta haqiqiy suratlarni taqdim etadi.

Huk oroli qirg'oqlaridagi maxluq

Huk oroli qirg'oqlaridagi maxluq

Internetda bu mashhur suratning fotoshop ekanligi haqidagi fikrlar ko'plab uchraydi. Ammo bu suratning asl nusxasi 1965-yilda olingan, u davrda hali  hech qanday fotoshoplar mavjud bo'lmagan. Fotofraf Robert Le Serrek Avstraliyadagi Huk ko'lida noma'lum obyektni sezib qoladi va o'sha paytning o'zida uni rasmga oladi. Hozirda zoologlar haligacha bu surat haqida bahs olib boradi.

Xessdalen vodiyidagi chiroqlar

Xessdalen vodiyidagi chiroqlar

Bu surat norvegiyalik fotograf  tomonidan 30 soniya ichida tushirilgan va u Hessdalen vodiyi tepasidan uchuvchi no'malum uchar jismlarning borligiga yana bir dalildir. Spektral tahlil fikriga ko'ra, bu obyekt kremniy, temir va skandiydan iborat. Olimlar haligacha buning aslida nima ekanligini bilmaydi.

''Qora ritsar"

''Qora ritsar"

Birinchi bo'lib sun'iy yo'ldosh bu no'malum obyektni 1960-yilda  suratga olgan va NASA mutaxassislari uni shu zahoti "qora ritsar" deb nomlashadi. Shundan so'ng uni bir necha bor ko'rishgan: u Yer orbitasida goh paydo bo'ladi, goh yo'q bo'lib qoladi. Olimlar uni sun'iy tarasha ekanligini aytishadi.

Babushka Lady

Babushka Lady

1963-yil 22-noyabrda Dallasda Amerika prezidenti Jon Kennedi otib o'ldirishadi. O'sha kuni fotograflar jinoyat joyida ko'p suratkar olishgan, ulardan ba'zilarida qo'lida kamera ushlagan sirli ayol bo'lgan. Maxsus xizmat bu ayolni topishga ko'p harakat qilgan, chunki u prezidentning o'ldirilishini kameraga olgan bo'lishi mumkin. Lekin uni topishning iloji bo'lmadi. Notanish ayolni Babushka ayol deb atay boshlashdi, negaki u rus ayollariga o'xshab boshiga ro'mol o'rab olgan.

Qulash

Qulash

Bu suratni fotograf Richard Dryu 11-sentabr-terakt kunida olgan, bir necha soat ichida u butun dunyoga tarqalib ketgan. Ko'pchilik erkakning g'alati holatiga e'tibor bergan: u jismoniy jihatdan qilish qiyin bo'lgan, yerga qarab to'g'ri qulamoqda. Suratdagi kim ekanligi aniqlanmagan, lekin ko'pchilik amerikaliklar uni o'z yaqini deb o'ylashgan.

No'malum qo'zg'alonchi

No'malum qo'zg'alonchi

Bu surat Pekinda 1989-yilgi voqelar davrida olingan. Tyananmen maydonida noma'lum erkak tank kolonnalarini o'z tanasi bilan yarim soatga to'xtatib turgan. Bu surat dunyoning eng mashhur jurnallarining birinchi sahifasida chiqqan bo'lsa ham, bu erkakning ismi va keyingi taqdiri qanday bo'lganini hech kim bilmaydi.

Chaplin filmidagi mobil telefon

Chaplin filmidagi mobil telefon

2010-yilda Charli Chaplinning 1928-yilgi "Sirk" nomli filmining (suratga olish jarayonlari bilan) DVD disklari sotuvga chiqdi. Kadrlardan birida qo'lida telefonga o'xshash narsani ushlab turgan ayolni ko'rish mumkin. Rejesyor Jord Klark aynan shu kadrlarni - vaqtlararo sayohat borligining dalili ekanligini aytib o'tgan. Ko'pchilik esa bu kadrlar - faqatgina marketingning bir usuli ekanligini bildirishgan.

Soluey-Fertlik kosmonavt

Soluey-Fertlik kosmonavt

1964-yilda Jim Templton o'zining 5 yoshli qizchasini shahar chekkasida suratga oladi. Lekin Templtonlar u yerda o'zlaridan boshqa biror jonzot yo'qligini aytishgan. Tuzish paytida rasmda qizaloqning boshi orqasida alohida figura paydo bo'lgan. Keyingi tahlil natijalariga ko'ra, suratga hech qanday o'zgartirishlar qilinmagan.

Janob Goddarning eskadroni

Janob Goddarning eskadroni

Birinchi Jahon urushida kurashgan janob Goddar eskadronning fotoalbomida bir g'alati surat bor. Surat tayyor bo'lgandan keyin eskadron qatnashchilari eng oxirgi qatorda turgan do'stlari Freddi Jeksonni tanib qolishadi. Eng qizig'i u surat olingandan 2 kun oldin halok bo'lgan. Eskadron suratga tushgan kunda esa Freddining janoza marosimi o'tkazilgan.

Oy piramidasi

Oy piramidasi

Bu surat "Apollon-17" vazifasi jarayonida olingan va arxivda nurlanish ma'nosini beradi. Lekin mutaxassislar suratning qarama-qarshiligi ustida ishlashganida, ular piramidaga o'xshash chiziqni ko'rishadi. Bu ko'pchilikka Oyning orqa tomonida piramida borligi haqida dalil bo'ldi.

Maqolani baxolash?

Facebook Conversations