Buyuk adiblarning hech kim bilmagan sirli ishtiyoq va nuqsonlari
Buyuk adiblarning hech kim bilmagan sirli ishtiyoq va nuqsonlari
“Daholik va yovuzlik – bir-biriga yot narsalardir”,-deb aytgan edi taniqli rus adibi Aleksandr Sergeyevich Pushkin. Biroq hayotda buning aksi ham bo’lar ekan. Tarix “nuqsonsiz daholar” bo’lmasligini ko’rsatib berdi. Mashhur adiblar orasida piyonistalar ham, nashavandlar ham bo’lganligi bugungi kunda hech kimga sir emas. Ammo sevimli adiblarning sodiq muxlislari uchun ular dog’ tushmagandek pok bo’lib qolaveradilar.

Vladimir Nabokov

Vladimir Nabokov
Yozuvchi va faylasuf Vladimir Nabokovning kapalaklarga ehtirosi kuchli bo’lgan. U kapalaklarni tutib, ularni o’rganar, suratlarini chizar, ularga ta’rif berib, o’z qiziqishlari haqida do’stlari bilan bo’lishishar edi. Kapalak rasmi uning shaxsiy belgisi bo’lib qoldi.

Jorj Gordon Bayron

Jorj Gordon Bayron
Britaniyalik buyuk shoir Jorj Bayron – oqsoq, semiz va turqi sovuq odam bo’lgan. Biroq shunga qaramay u ayollarni o’ziga rom etishni yaxshi bilgan. Butun hayoti davomida u Venetsiyadagi 250 nafar ayollarning ko’nglini olishga ulgurgan. U Mochenogo saroyini ijaraga olib, uni haqiqiy fohishaxonaga aylantirgan. Tarixdan ma’lumki, Bayron Karolina Lem xonimni, uning jiyanini hamda o’gay singlisini ham maftun qila olgan. Bayron 250 nafar ma’shuqasi bo’lgani haqida oshirib-toshirib yolg’on so’zlagan bo’lishi mumkin, degan fikr keladi. Biroq adib har bir ma’shuqasi haqida xotira qoldirgan – ya’ni ularning soch tolalarini ismlari ko’rsatilgan konvertlarga joylagan. Bu konvertlar bugungi kunda uning kutubxonasidan topilgan. Bayronning yana bir ehtiroslaridan biri – u bor imkoniyatlarini ishga solib, ozishni hamda “oqsuyaklar rangi” ga ega bo’lishni juda xohlar edi. Buning uchun suv bilan aralashgan sirka kislotasini ham iste’mol qilgan. Oxir-oqibat Bayron ozib-to’zib ketdi, qo’shimchasiga surunkali ko’ngil aynashi hamda ichketar kasaliga mubtalo bo’lib, hayotining ayni choqqi davrida vafot etdi.

Charlz Dikkens

Charlz Dikkens
Bir kuni Charlz Dikkens “Qandaydir tushunib bo’lmas kuch meni o’likxonaga chorlaydi”, deb tan oldi. Gap Parijdagi o’likxona haqida edi, 19- asrda u yerga shaxsi noma’lum bo’lgan o’liklar keltirilar va ommaga ko’zdan kechirib chiqish uchun taqdim qilinar edi. Ushbu o’liklar Dikkensni o’ziga rom qilgan edi, u o’likxonaga kevolib, u yerda kechasi bilan o’tirib chiqar hamda yangi keltirilgan o’liklarni tomosha qilar edi. Bu hissiyotning jirkanchligini u yaxshi bilar edi, biroq o’zini boshqarish juda mushkul edi.

Edgar Allan Po

Edgar Allan Po
Edgar Allan Po XIX asrning eng uchiga chiqqan piyonista yozuvchilardan biri bo’lgan, deb bemalol aytish mumkin. U aroq ta’siridagi alahlash alomatlari bilan bir necha marotaba kasalxonaga kelib tushgan va u yerda ko’ziga ko’ringan arvohlar bilan qahr-g’azab bilan urushgan. Hattoki vafot etayotganida ham u mast holatida bo’lgan. Saylov kuni unga katta miqdorda spirtli ichimlik olib keldilar. Gap shundaki, Po saylovda soxta nomzod sifatida qatnashgan va buning uchun unga spirtli ichimliklar tortiq qilishgan . Yozuvchi bu ichimliklarning hammasini ichib qo’ygan. Uni jarlikda mast holda topdilar va kasalxonaga keltirdilar, u yerda esa insultdan vafot etdi. 1949 yildan beri kimdir uning qabriga muntazam ravishda “Martel” yoki “Xennesi” ichimliklarining shishasini qo’yib ketadi.

Mixail Bulgakov

Mixail Bulgakov
Mixail Bulgakov tomosha qilgan har bir spektaklining chiptasini saqlab qo’yishni odat qilgan. Ammo uning yana bir jiddiy nuqsoni bo’lgan, ya’ni morfiyga bog’lanib qolgan. “Morfiydan yomonroq narsa yo’q, biroq undan yaxshisi ham yo’q”, deb ta’kidlar edi yozuvchi. Bulgakov xotinining akasi Leonid Karum o’zining kitobida shunday deb yozgan:” Mixail morfiy shaydosi bo’lgan, ba’zan har kechasi o’ziga qilinadigan bu ukoldan keyin u o’zini juda yomon hiz qilgan. Ertalabga u tuzalib qolar, biroq saldan keyin yana o’zini yomon his qilib, shu ahvol kechgacha davom etgan. Tushdan keyin doridan bir qabul qilgandan keyin ahvoli bir oz yaxshilangandek bo’lar edi. Ba’zan kechalari u alahsirar edi, o’rnidan turib ketib arvohlarnin quvib ketar edi.” U hayot bilan hayolot dunyosi bilan aralashtirib yuborgan, bu narsa uning asarlarida o’z aksini topgan.

Aleksandr Dyuma

Aleksandr Dyuma
Aleksandr Dyuma nafaqat maroqli romanlari bilan mashhur bo’lgan. Taniqli yozuvchi ayollarga suyagi yo’q xotinbozligi bilan ham nom qozongan. Butun hayoti davomida u hech bir ayolga vafodor bo’lmagan, hattoki o’z xotiniga ham. Yozuvchi 500 ta nikohsiz tug’ilgan bolasi borligi bilan maqtangan, lekin faqat uchtasinigina rasmiy tan olgan. Dyumaning uyiga ba’zan o’g’illari mehmonga kelib qolishsa, ota sarosimaga tushib qolar edi. Chunki uyiga tashrif buyurgan foxisha ayollarni berkitish harakatiga tushib qolar edi.

Onore de Balzak

Onore de Balzak
Onore de Balzakning zamondoshlari uni qahvaning ashaddiy ixlosmandi sifatida bilar edilar. Kunning istalgan paytida faqatgina qahva ichgan. Kun davomida Balzak 20 tadan oshiq finjonda qahva ichgan. Hisob-kitobga murojaat qilib, u “Kulgili voqea” asarini yozish davomida 15 000 finjon qahva ichganligini bilib olish mumkin.

Nikolay Gogol

Nikolay Gogol
Buyuk rus yozuvchisi Nikolay Gogol ajoyib asarlar bilan birga yaxshigina chevar ham edi. U o’ziga hamda singillariga kuylak tikishni xush ko’rar edi. Bundan tashqari yozuvchi pazandachilik bilan ham shug’ullanar edi. Nikolay oshxonaga kirib olib, har xil shirinliklar pishirgan hamda echki sutiga rom qo’shib ichimlik tayyorlagan.

Iogann Gyote

Iogann Gyote
Mashur shoir va faylasuf Gyote binafsha gulining ixlosmandi bo’lgan. U gullarni faqatgina tomosha qilmagan, ularni original usulda yetishtirgan. Veymar shahri bo’ylab sayr qilishga chiqar ekan, shoir binafsha gulining urug’larini o’zi bilan ovolar edi hamda duch kelgan joyga uni separ edi. Bir nech yillardan keyin Veymar shaharchasining atrofi binafsha gullari bilan burkangan edi. O’sha gullar bugungi kunlargacha ham yetib keldi va ular hozirda “Gyote gullari” deb ataladi.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook