Chiroyli qomat egasi bo‘lishni istaysizmi? Eng muhim qoidalar bilan tanishib oling!
Chiroyli qomat egasi bo‘lishni istaysizmi? Eng muhim qoidalar bilan tanishib oling!
Chiroyli qomat egasi bo‘lishni har bir qiz va ayol orzu qiladi. Ammo maqsadga erishish uchun orzu qilishning o‘zi yetarli emas-da! Bu boradagi asosiy qoidalar bilan tanishib olish orqali o‘zingizni tez kunlarda asl sohibjamolga aylangan qiyofada ko‘rsangiz ajab emas.

1. Harkuni ertalab och qoringa 1 stakan iliq suv iching.

2. 20-30 daqiqa o‘tgach, yengil nonushta qilasiz (meva hamda suli bo‘tqasi).

3. Har safar taomlanishdan 30 daqiqa avval 1 stakan suv ichib oling (ko‘p hollarda organizm  och qolgandek tuyulgan vaqtsizdan ovqat emas, suyuqlik bilan ta’minlashingizni “so‘rayotgan” bo‘ladi).

4.Tez-tez,ammo kam-kamdan ovqatlaning. Stoldan turganda oshqozonda yengil ochlik hissi saqlanib qolsin.

5.Taomlanish vaqti oralig‘i 2-3 soatni tashkil etishi kerak.

6.Tanovul vaqtida suyuqlik ichmang. Suyuqlikni taomdan 1 soat o‘tib ichishingiz mumkin. Aks holda yegan taomingiz foydasi ham, uning tarkibidagi temir moddalari ham suyuqlik bilan yuvilib ketaveradi.

7.Soat18:00 dan keyin ovqatlanmaslik haqidagi fikr xato! Shunchaki uyquga yotishdan 2-3 soat avval ovqatlanmasangiz bas!

8.Taomnomangizga meva, bo‘tqa hamda sabzavotlarni qo‘shing. Har kuni 1-2 ta olma yeyish organizmingizni zaharli modda va toksinlardan tozalaydi. 

9.Sport mashqlari, trenirovkadan 2 soat avval ovqatlanish kerak.

10.Trenirovkadan 1 soat o‘tib yengil tanovul qilib olaverasiz. 

11. Parranda go‘shti, baliq, tuxum salomatlik va go‘zallik uchun zaruriy mahsulotlardir.

12.Loviya, no‘xat, dukkakli o‘simliklar, yong‘oqlardan ko‘proq iste’mol qiling.

13.Tana uchun kerakli yog‘larni sut mahsulotlari, kungaboqar, zig‘ir, kunjut, soya, zaytun yog‘i ko‘rinishida tanovul qilishga odatlaning. Ular ish layoqatini va g‘ayratni oshiradi. 

14.Uglevodlarni kartoshka, yormalar, kakao, ayrim turdagi makaronlar, asal, holva ko‘rinishida yeyishingiz mumkin.

15. Birinchi va ikkinchi taomlarni birdanida ketma-ket yemang.

16.Qaynatilgan, dimlangan va bug‘da pishirilgan taomlar yeng, qovurilgan ovqatlardan voz keching.

17.Sutkasiga 1,5-2 litr toza suv ichiga organizm uchun havoday zarur.

18.Choy va qahvadan voz kechganingiz ma’qul.

19.Qanchalik qiyin bo‘lmasin, shirinliklar iste’molini qisqartirish lozim.

20.Qomatingiz uchun eng zararli mahsulotlar ro‘yhatini eslab qoling: Kolbasa, mayonez, ketchup, har qanday turdagi qayla, gazli ichimliklar, chips, qotgan non (suxarik), fast-fud,spirtli ichimliklar, buterbrodlar, konfet va shokoladlar (achchiq shokoladdan tashqari), muzqaymoq.

 

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook