Dasturxon tuzash va mehmon kutish borasidagi oltin qoidalar
Dasturxon tuzash va mehmon kutish borasidagi oltin qoidalar
Bayramni turli hil shirinliklaru tansiq taomlarsiz tasavvur qilish qiyin. Yurtimizdagi har bir bayram esa o’zgacha shukuh va ko’tarinki kayfiyatda, chiroyli bezatilgan dasturxon atrofida nishonlanadi. Shunday ekan, kelin bayram dasturxonini chin ma’noda shoxona qilib tuzaymiz. Bu borada quyida berilgan masalaxatlar sizga asqotadi, degam umiddamiz.

Tuzaladigan dasturxon albatta toza va dazmollangan bo’lishi kerak. U xontaxta yoki stol oyog’ini yarmigacha berkitib turishi lozim.

Dasturxondagi pichoq, sanchqi va qoshiqlar orasini 1 smdan ochib qo’yish lozim.

Pichoq qo’yilganda uning tig’li tomoni likopchaga qaratilib qo’yilishi kerak.

Qo’l sochiqlarini imkon qadar dasturxonga moslab tanlash tavsiya etiladi. Har bir kishiga bittadan qo’l sochig’i qo’yilishi maqsadga muvofiq.

Mexmonlarga qulay bo’lishi uchun non dasturxonning bir nechta joyiga qo’yilishi lozim.

Mehmonlarga bir necha xil taom tortiq qilishni istasangiz, ovqatlarni oz-ozdan suzing.

Xamirli ovqatlar qatiq yoki qaymoq bilan tortiladi. Qatiqqa biroz shivit to’g’rab, kichik piyolachalarga solib dasturxonga tortish mumkin.

Ovqat solinadigan idish (likopcha yoki kosa) chiroyli va bir xilda bo’lsa, dasturxonga bayramona rux bag’ishlaydi.

Agar mehmon kutishni issiq kunlarga mo’ljallayotgan bo’lsangiz, mayonezli va qaymoqli salatlar, tuzlamalar va tez buziladigan taomlarni tortish tavsiya etilmaydi.

Bayram taomnomangizda faqatgina bir turdagi xamirli taom bo’lgani ma’qul. Taomlar bir-birini takrorlamasa ziyofat yanada ajoyib o’tadi.

Dasturxonga tortiladigan taomlarning bir-biriga uyg’unligini e’tiborga olishga harakat qiling. Masalan, baliqli taom oldiga albatta, limon qo’ying. Tovuq go’shtidan tayyorlanadigan quyuq taomlarga esa, tomat qaylasini qo’yish maqsadga muvofiq bo’ladi.

Mevalar avvaldan kesib qo’yilsa, qorayib yoki quruqlashib qolishi mumkin. Shu sababdan ularni dasturxonga butunligicha qo’yib turing va taom iste’molidan so’ng likopchalarga kesib dasturxonga torting. 

Mehmon kutish ham aslida bir kichik san’atdir. Uyingizga kelgan mehmonlar sizning san’atingizga tan berib ketishsa bu juda yoqimli. Mehmon kutishingizda yuqorida keltirilgan oddiy biroq muhim bo’lgan maslaxatlarimiz sizga qo’l kelib, oz bo’lsa-da naf keltirsa bundan juda mamnun bo’lamiz.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook