5,404
просмотров
просмотров
Internetda biror narsa mashxur bo’lib ketishiga tonnalab sabalar bor. Kulgili, haqiqiy sharmandalik, yoki miyani lol qoldiradigan o’ta ijodiy va innovatsion bo’lishi mumkin. Yana kimningdir baxtini ko’rganda ko’ngilga tegadigan ta’sirli ham bo’ladi. Britaniyalik chol Jeffri Uolkerning instagramdagi sahifasi aynan shu sababdan odamlar e’tiborini tortdi.
Gap shundaki, Jeffri Instagramdagi sahifasida o’zining xotini Polinga bo’lgan muhabbati haqida gapiradi va bu ko’ngilga ta’sir qilmay iloji yo’q
U o’zining xotiralari bilan bo’lishadi
“Melburn, 4 yil oldin. Hozirgacha shu shlyapani kiyaman” – surat sharxi.
Uzoqdaligida ayolini qanchalik sog’inishi haqida aytib beradi
“Polin uyga qaytishini intizorlik bilan kutmoqdaman”
“Bu Rojdestvoga juda ham o’xshash”.
“Rojdestvo kechki taomi, 2016”
U yaxshi yangiliklar haqida ham yozadi
“Shifoxonadan kelgan analiz natijalari yaxshi chiqdi va biz Polin bilan Sent Jozefsda tushlik qildik”
Va albatta har kungi g'amxo'rlik
“Stratford-apon-Eyvonga Polin, mening ayolim va sevgilim bilan ketishdan oldin, 65 yil birga”
“Bugun Polin xuddi 16 yoshday ko’rinadi”
Jeffri 65 yil avval to’y marosimida olingan suratni ham ko’rsatdi
“65 yil avval Baguort cherkovi oldida. Tuyg’ularimiz xali ham juda kuchli”
Mana ularning muhabbati nimaga olib keldi
“Bizning evaralarimiz 3 yil oldin”
Jeffri Instagramida 20 mingta yozilganlar bor va uning Twitterda yo’qligiga qaramasdan, foydalanuvchilarning postlari sababli u yerda ham mashxur
O’ta yoqimtoy juftlik
Har bir inson Jeffri va Polinga o’xshab o’zining haqiqiy muhabbatini topishini tilaymiz.
Сообщения из Facebook