Dunyo rahbarlarining jozibador rafiqalari
Dunyo rahbarlarining jozibador rafiqalari
Malika Diana va Keyt Middlton kabi dunyoni o’ziga maftun eta olgan malika va qirolichalar soni ko’p. Mamlakat rahbarlarining rafiqalari bo’lmish birinchi raqamli xonimlar hamisha jozibadorligi va nazokatlari bilan mashhur bo’lganlar. Bu xonimlarning nafaqat go’zal qaddi-qomatlari-yu husni, balki aql-zakovati va uzoqni ko’ra bilish kabi xususiyatlari ham tahsinga sazovor. Aks holda president yoki qirolning rafiqasi bo’la olarmidilar.

Lalla Salma,Marokash malikasi

Muhammad IV ning bu malla qizg’ish sochli sohibjamolgaoshiq bo’lmasligining also ilojisi yo’q edi. Bu Lallaning yagona fazilati emas.U erkaklarga xos aqlga ega -  turmushgachiqgunga qadar muhandislik bilan shug’ullangan. Hozirda esa xayriya ishlarinifaol olib boradi.

Djetsun Pema Vangchuk, Butan qirolichasi

Bu go’zal qiz Butanning beshinchi qiroliga turmushgachiqayotganida bor yo’g’i 21 yoshda edi. Qirolning aytishiga qaraganda, yillardavomida rafiqasining donishmandligi ortib boradi va u barcha zamonlarning engbuyuk qirolichasiga aylanadi.

Li Sol Chju,Kim Chen Inning rafiqasi, Shimoliy Koreya

Bu birinchi raqamli xonimlarning ichida eng sirlisibo’lsa ajabmas. U haqda deyarli hech narsa ma’lum emas, huddi Shimoliy Koreyasingari. Biroq gap so’zlarga qaraganda bu xonim yaxshigina qo’shiqchi bo’lgan,turmushga chiqgandan so’ng esa Kim Chen Inga ikki merosxo’r tug’ib bergan.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook