просмотров
MALMAISON OXFORD CASTLE, Oksford
Oksfordda joylashgan MALMAISON OXFORD CASTLE otelida yashovchilar kechqurunlari ko’lanka va sharpalarni ko’radilar. Gap shundaki, otel nafaqat mahbuslar saqlangan, balki qatllar ham bo’lib o’tgan XI asrning viktorian qamoqxonasida joylashgan.
Bu yerning interyerida qamoqxona tematikasi yaxshi saqlangan. Kameralar qulaygina xonalarga aylantirilgan. Bu yerda shuningdek restoran, pivo bari bor, biroq planirovka va zulmatli ko’rinish binoning o’tmishini eslatib turadi.
V8 HOTEL MOTORWORLD REGION STUTTGART Germaniya, Byoblingen
Ushbu noodatiy mehmonxona bir paytlar Byublingen shahrining aeroporti bo’lgan binoda joylashgan. Buyer avtomobil shaydolari uchun ayniqsa, qulaydir. Otelning barcha xonalari avtomobillarga xos tematikada jihozlangan. Zapravka, avtomobillar tashlandig’i, avtoustaxona, Qadimgi Garb yo’li hamda avtoyuvish xonalarga moslangan. Ba’zi xonalarda nodir avtolar, ularning detallari va aksesuarlari joylashgan
Сообщения из Facebook