Dunyoning noyob mehmonxonalari
Dunyoning noyob mehmonxonalari
Barcha mamlakatlarda turli xil mehmonxonalar bor. Quyida dunuoning 7 ta noyob mehmonxonalari bilan tanishishingiz mumkin.

Giraffe Manor oteli, Nayrobi, Keniya

Giraffe Manor oteli, Nayrobi, Keniya

Keniya poytaxti Nayrobi yaqinida ajoyib dang’illanma uy bor, huddi ertaklardagi qasrga o’xshaydi. Bu uy o’tgan asrning 30-yillarida Devid Dunkan tomonidan qurilgan. 1974 yida uni er-xotin Lesli-Melvilllar sotib olib, u yerda yo’qolish arafasida turgan Rotshikd jirafalarini qutqarish markazini tashkil qildilar. Keyinchalik bu yerda otel ham ochildi.

Otelda mehmonlar uchun o’nta xona ajratilgan bo’lib, ular qadimgi rusumda jihozlangan. Ammo otelning asosiy xususiyati –jirafalardir. Ular har tong odamlar bilan muloqot qilish uchun keladilar. Hayvonlar o’zlarini mutlaqo erkin his qiladilar, ularni silash, ovqatlantirish va ular bilan suratga tushish mumkin.

Utter Inn suv osti va suv usti oteli, Melaren ko’li, Shvetsiya

Utter Inn suv osti va suv usti oteli, Melaren ko’li, Shvetsiya

Shvetsiyada Vesteros shahri yaqinidagi Melaren ko’li o’zining ekzotik suvosti va usti oteli bilan mashhur. Bu muassasa faqatgina ikki kishi uchungina mo’ljallangan. Sharoitlari kamtarona bo’lsa ham sivilizatsiyadan uzoqroqda sokinlikdan bahra olish istagidagilar uchun ayni muddaodir.

Otelning tepa qismida oshxona, tualet va kichkina ayvoncha joylashgan. Pastki suv osti qismida ikkita bir kishilik karavot va stolcha joylashgan. Katta t’ortburchak shakldagi oynalar orqali ko’lning ostki qismini tomosha qilish mumkin.

“Kosmos” mehmonxonasi, Moskva

“Kosmos” mehmonxonasi, Moskva

“Kosmos” mehmonxonasi 1980 yilda Moskvada bo’lib o’tgan XXII Olimpiada o’yinlari munosabati bilan qurilgan edi. Bu mehmonxona shahar markazida “Bug’u oroli” nomli bog’ yaqinida barpo qilingan. Bu yerda to’xtagan mehmonlar Moskvaning turli diqqatga sazovor joylarini tomosha qilishlari uchun uzoqqa borishning keragi yo’q. Mehmonxona yaqinida Xalq xo’jaligi ko’rgazmasi, Ostankino bog’I va Ostankino teleminorasi joylashgan. Xohlovchilar kosmonavtika Muzeyini, muhandis-konstruktor S.P.Korolyovning uy-muzeyiga tashrif buyurishlari mumkin. Yaqin o’rtada shuningdek, Botanika bog’i va sport majmualari joylashgan.  

Propeller Island City Lodge Berlin, Germaniya

Propeller Island City Lodge Berlin, Germaniya

Nemis rassomi tomonidan yaratilgan ushbu joyni otel deyish sal noto’g’riroq. Tashrif buyuruvchilarga ko’ngillaridagi orzularini hamda qo’rqinchli tushlarini gavdalantiruvchi xonalarga joylashish taklif qilinadi. 45 xonalardan hech biri bir-biriga o’xshamaydi. Bu yerda olovrang xonada, qamoqxona kamerasi ko’rinishidagi xonalarda dam olish mumkin. Shuningdek, tobutdaham, ko’zgu orti mamlakatida ham uxlash mumkin. Mehmonlarga gilyotina, qafasli, ritsarli qasri, o’yin uchun kubiklardan iborat krovatlar taqdim qilinadi.

MONTANA MAGICA, Chili

MONTANA MAGICA, Chili

MONTANA MAGICA LODGE yohud Sehrli tog’ mehmonxonasi Chilining Patagoniyasidagi qo’riqxonalardan birida joylashgan bo’lib, rosmana elflarning ertakli uyiga o’xshaydi. Tosh va taxtadan qurilgan mehmonxonaning tashqi tomoni o’tlar bilan qoplangan. Yashil devor bo’ylab doimo suv oqib turadi va yaqin atrofdagi harakatdagi vulkqon haqida eslatib turadi. Mehmonxonaga osma ko’prik orqali etib olish mumkin. Uning ichi ham tabiat bilan muvofiq jihozlangan.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook